Ona tarbiyasi: roman va hikoyalar / Aziz Nesin



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/63
Sana11.04.2022
Hajmi1,29 Mb.
#542696
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   63
Bog'liq
Aziz Nesin. Ona tarbiyasi

BOSHLANISHI CHAKKI EMAS
Zaynab!
Yangi yil bilan tabriklab yozgan xatingni ol­
ganimga ko‘p bo‘ldi. Rahmat.
Yangi yilni biz katta amakimlarnikida kutib ol­
dik. Uylari juda keng. Hamma amakilarim shu yer­
ga yig‘ilishdi.


89
«Ona tarbiyasi»
Men har kuni erta yotishga o‘rganib qolganim 
uchun yangi yil kechasi uzoq o‘tirolmadim. Soat 
o‘n ikkidan keyin ko‘zim yumilib ketaverdi. Radio 
eshitib o‘tirib uxlab qolibman.
Ertasi kuni odatdagidek o‘tdi. Biror yangilik 
bo‘lgani yo‘q. Lekin shuni bilib qo‘yki, yangi yilning 
birinchi kuni siznikida ro‘y bergan voqea bizning 
uyda tez­tez bo‘lib turadi. Dadam ko‘chada pul 
sarflagan kuni uyda juda qurumsoq bo‘lib qoladi.
Ba’zi kunlari u ko‘chadan to‘yib keladi. Shu­
naqa paytlarda suv ichayotganinmi ko‘rib qolsa, 
darrov:
– Qaynagan suvni isrof qilma. Stakanga o‘zing 
ichadiganingni quy, tagida qolmasin, – deb tanbeh 
beradi.
Holbuki, stakanning tagida bir­ikki qultum suv 
qolgan bo‘ladi. Dadam isrofdan qo‘rqqani uchun 
qolgan suvni guldonga to‘kadi. Shunday kezlarda 
dadam o‘z hisobiga oshna­og‘aynilarini yaxshilab 
mehmon qilganini bilib olaman.
– Shuncha pastani uvol qilib nima qila san?! 
O‘zingga loyig‘ini olsang bo‘lmaydimi? – deb 
o‘dag‘aylaydi dadam tish yuvayotgan bo‘lsam. Bi­
lamanki, u kecha yana ziyofatga tushibdi.
Ba’zan dadam biror o‘rog‘liq narsa olib kelgani­
da sabrim chidamay kanopini uzmoqchi bo‘laman. 
Shunda u:
– Shoshma, kanopni sekin yechib ol. Biror joy­
ga olib qo‘y, kuningga yaraydi, – deb qoladi. Yana 
bilamanki, dadamning bugun ham ko‘chada sarfi 
katta bo‘lgan.
Dadamning qiziq odati bor – og‘aynilari bilan 
biror yerda o‘tirib qolsa, nuqul pulni o‘zi to‘lagisi 
keladi. Buni necha marta o‘z ko‘zim bilan ko‘rgan­


90
Aziz Nesin
man. «Cho‘ntakni kavlamang, qo‘ying, xafa bo‘la­
man... Mana menda bor», deb turib oladi.
Ammo ertasiga uyda tamoman o‘zgarib qoladi.
– Eski gazetalarni yirtmasdan olib qo‘yinglar. Bi­
ron narsaga yarab qoladi. Qolaversa, yig‘ib yursan­
giz, keyin sotishingiz ham mumkin. Juda bo‘lmasa 
pechkaga yoqsangiz, uyni isitadi.
«Toma­toma ko‘l bo‘lur» degan maqol sizlarniki­
da ko‘p ishlatilar ekan. Bizning uyimizda «O‘zing­
da bo‘lsa, kuningga yarar» degani tildan tushmay 
keladi.
Shunisi ham borki, ko‘cha­ko‘yda pulini sovu­
rib kelmagan kunlari dadamning qo‘li ochiq bo‘la­
di. Yangi yil kechasidayam, ertasigayam shunaqa 
bo‘ldi. Dadam yangi yilda menga akvarel bo‘yoq olib 
berdilar. Fevralda ikki haftaga kanikulga chiqa miz. 
Shunda maza qilib surat chizaman.
Yangi yilda butun uy ichingiz bilan hammangiz­
ga baxt­saodat tilayman.
Ahmad Tarbay

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish