118
Aziz Nesin
Senga men «Maktab va oila ittifoqi»ning bir maj
lisini gapirib bermoqchi bo‘lib yurgan edim. Mana,
bugun shunga imkon tug‘ildi, vaqt juda bemalol.
Ukol sal og‘rib, isitma chiqarib turibdiyu, lekin
chidasa bo‘ladi.
Yaqinda maktabda otaonalar majlisi bo‘ldi. O‘zi
har oyda bir marta o‘tkazib turiladi. Beshinchi sinfdan
besh bola navbatchilik qiladigan bo‘ldik. Uchta qiz va
ikkita o‘g‘il bola. O‘sha kuni majlisda bo‘lgan hamma
gaplarni o‘z qulog‘im bilan eshitdim. Juda g‘alati gaplar
bo‘ldi. Senga shularni aytib bermoqchiman.
Navbatchilarning ishi majlis tugaganidan ke
yin mehmonlarga choy, limonad, pecheniy
ula shib
chiqishdan iborat. Shuning uchun bizni ichkari
qo‘yishmadi. Koridorga chiqib turdik. Zal otaona
lar bilan liq to‘lgani uchun dimiqib ketdi, axiyri
eshikning ikkala tavaqasini lang ochib yuborishdi.
Koridorda turib, hamma gaplarni eshitib oldik.
Direktor janoblari majlisda birinchi bo‘lib nutq
so‘zladi. U nutqni
muloyim ohangda boshlagan
bo‘lsa, keyin o‘dag‘aylashga o‘tdi. Gapning asosiy
mazmuni shu bo‘ldi: otaonalar farzandlarini o‘z
holiga tashlab qo‘yishgan, natijada, hamma og‘irlik
maktabga tushyapti. Shuni unutmaslik ke rakki,
maktab aslida oiladan boshlanadi. Otaona uyda
bolani
tergab turishi, vaqtida dars qildirishi, mak
tabga kelib, uning o‘qishidan, yurishturishidan
xabar olib turishi lozim.
Zalda pichirpichir gaplar o‘ralashib qoldi. Di
rektor maktab ishlariga sho‘ng‘ib ketgani uchun
o‘ziga vaqti qolmayotganidan nolib gapirdi.
– O‘g‘lim litseyning birinchi sinfida o‘qiydi. Shu
maktab ishlaridan bo‘shab litseyga borolmayman.
O‘g‘limning o‘qishlari qanaqa, bilmayman. Bir ke
119
«Ona tarbiyasi»
lib keting, deb ko‘p xat yuborishdi,
ammo vaqt qani
bunga... Ishim boshimdan oshib yotgan bo‘lsa...
«Maktab va oila ittifoqi»ning raisi qilib bir ayol
saylangan. Direktordan keyin u otaonalarga so‘z
berdi. O‘tirganlardan biri minbarga chiqdi. Bu
odam o‘quvchilar ona tillarini yaxshi bilmaydilar,
deb shikoyat qildi.
– Bu qandoq gap, afandim, o‘g‘limga nima uchun
ona tilini yomon o‘qitishadi?
Bu kishining tili biram g‘alati ekanki... Gaplari
poymapoy, hecham tushunib bo‘lmaydi. Bir jum
laning o‘zida uchala zamon fe’li ketmaket keladi.
Gapi
qayerda boshlanib, qayerda tugaganini bilol
maysan.
– Aslo mumkin bo‘lmaydi, afandim. Fransuz tili
bo‘lganida go‘rga erdi, nega bo‘sh saboq olishini bil
masdim. Balki to‘g‘ri bo‘lajak bu. Ammolekin ona
tilidan yomon o‘qidi, mumkin emas. Adolatsizlik
bo‘ladi... Innaykeyin, mening o‘g‘lim boshqa millat
farzandi bo‘ldi, turkcha bilmay qolajak.
U mening
o‘g‘lim, binobarin, turk farzandi, shundoq ekan,
turkcha bilgan shart... Nega u ona tilini bilmaya
jak? Tilni g‘oyat zo‘r o‘qitadi, demaganmishman...
Lekin har qanday turk bolasi kerak kamida o‘rta
tilni biladi. O‘g‘lim gapiradi, turkcha tushungan
man, uni onasi tushundi, o‘rtoqlari tushunajak,
demak, o‘qituvchisi ham tushungan kerak, albat
ta. Tildan kamida o‘rta baho olgan kerak.
– Kechirasiz, gapingizga tushunolmadim, – luqma
tashladi sinf o‘qituvchisi. – O‘g‘lingiz turk bo‘lgani va
turk tili unga ona tili bo‘lgani uchun bu fandan ka
mida o‘rta
baho olish kerak, demoqchimisiz?
– Ha, to‘g‘ri, shuni gapir. O‘g‘limning gapiga ham
ma tushundi, o‘qituvchisi ham tushungan lozim...