126
Aziz Nesin
Senga aytadigan bir xushxabarim bor – zukkolar
musobaqasida uloqni bizning donishmand ilib ketdi.
Gapimga tushunmagan bo‘lsang kerak. Do
nishmand kim, bilasanmi? Singlim Fato‘sh. O‘tgan
yakshanba kuni oltita zukko bola o‘zaro
muso baqa
o‘tkazishdi. To‘g‘rirog‘i, ularni birbiriga kattalar
cho‘qishtirdi. Shu musobaqada birinchi o‘rinni
o‘zimizning Fato‘sh oldi. Haloli ham shu.
Mening ikkita amakim bor. Katta amakim bir
o‘g‘ilu bir qiz, kichigi esa bir o‘g‘il ko‘rgan. O‘sha
yakshanba kuni amakimlar uy ichi bilan bizniki
ga kelishdi. Dadam bir muhandis o‘rtog‘ini ham
chaqirgan ekan. Keyin qo‘shnimiz chiqdi. Bular
ham arzandalarini olib kelishibdi. Xullas, uyimiz
da olti bola jam bo‘ldi.
Katta amakimning qiziq bir odati bor: kimni
ko‘rsa, shunga o‘g‘ilqizini maqtaydi,
juda miyasi
o‘tkir, balo bola bo‘lishgan, deb keriladi. Har gal
ularning yangiyangi qilmishlarini gapirib beradi.
– Tunov kuni kichigi nima hunar ko‘rsatdi deng?
Og‘zim ochilib qolibdi. Xudo haqqi,
birov eshitsa
ishonmaydi.
Katta amakim nuqul gapni shundan boshlay
di. Kenjatoyning qilgan ishi shu bo‘ptiki, amakim
kech qurun uyga kelishi bilan yugurib borib ship
pagini olib kelibdi.
– Mushtday bolaning shunga aqli yetganiga hay
ronman. Tavba, deb yoqamni ushlayman. Shippak
kiyishimni bilganini qarang... Voy farosatingdan
o‘rgilayey... G‘ujg‘uj miya ekan buning boshi.
Shippakka farosati yetgan
bu zukko bola necha
voshda, bilasanmi?
Ho‘kizday bo‘lib qolgan, Fato‘shdan bir yosh katta.
Injener gapni ilib ketdi.
127
«Ona tarbiyasi»
– Shu zamonning bolalari juda o‘tkir bo‘lib ket
gan. Bizning qizcha ham shunday. Hali yettiga
to‘lgani yo‘g‘u fransuzchani bidirlab gapiradi.
– Yopiray! Alomatku!
– Balli, juda alomat qiz! Fransuzchani qotirib
tashlaydi.
Katta amakim gap oqimini yana o‘g‘liga burdi:
– Kenjamiz juda o‘tkir bo‘lganda, ko‘z tegma
sin. Opasidan o‘tib ketdi.
Opasiyam lekin chakki
emas. Ikkoviyam baloyi azim... Qaysi kuniyam uyga
kechroq qaytgan edim, oyisi o‘g‘ilchadan nolib gapir
di. Hech so‘zimga kirmayapti, katta bo‘lib kuchim yet
may qoldi, ko‘chadan
beri kelmaydi, o‘zing chaqirib
kelmasang bo‘lmaydi, deb qoldi. Borsam, ko‘cha
changitib koptok o‘ynayotgan ekan. Terlab ketibdi,
hamma yog‘i changto‘zon. Uyga kir, de sam unamay
di. Zo‘rlab olib ketmoqchi bo‘ldim.
Yaqinroq borgan
edim, biram tiraqaylab qochdiki... Quvib yetolma dim.
Bir qarich bolaning shunchalik tez chopishini ko‘rib
hayron qoldim. Toza antiqa chiqdida bu o‘g‘il.
– Mening qizimni aytmaysizmi... Shunaqayam
aqlli bo‘lganki...
Qo‘shnimiz endi qizini ta’riflamoqchi bo‘lib tur
gan edi, katta amakim fursatni qo‘ldan chiqargisi
kelmadi.
– Kechirasiz, gapingizni oldim... Keyin orqasidan
rosa yugurdim. Yetolmadim. «Uyga yur, bo‘lmasa
kaltak yeysan», deb oxiri dag‘dag‘a qilishga majbur
bo‘ldim. «Nima,
siz oyimmisiz, meni tuqqanmisiz?
Ishingiz bo‘lmasin», desa bo‘ladimi! Bu xumpar
ning gapidagi mantiqqa qarang! O‘zi zo‘rda, zo‘r...
Katta odamning aqliga kelmaydi bu gap...
Amakim gap orasida o‘qtino‘qtin o‘g‘ilchasi
ga qarab, mamnun jilmayib qo‘yadi. Buni ko‘rib,
boshqa mehmonlar ham noiloj kulgan bo‘ladi.