Ona tarbiyasi: roman va hikoyalar / Aziz Nesin



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/63
Sana11.04.2022
Hajmi1,29 Mb.
#542696
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   63
Bog'liq
Aziz Nesin. Ona tarbiyasi

LABBAY, JONIM!
Ahmad!
30­yanvarda yuborgan xatingni oldim. Katta 
rahmat. Naq kanikul boshlangan kuni qo‘limga 
tegdi. Kulaverib, ko‘zimda yosh qolmadi.
Bizning oilada aqlda tanho bo‘ladi, deb dastlab 
opamga rosa umid bog‘lab yurishdi. Ammo shirin 
orzular sarob bo‘lib chiqqanidan keyin uydagilar 
qo‘lni yuvib qo‘ltiqqa urishdi. Kattasidan chiqma­
gan, kichigidan chiqadimi, degan andisha bilan 
Metin ikkovimizdan butunlay umidlarini uzishdi.


137
«Ona tarbiyasi»
Opam baland dorga osilib yurgan paytlar ha­
li­hali esimda. Men u mahalda juda yosh edim, 
o‘qishga bormasdim. Dadam har kuni ishdan 
qaytgach, opam bilan fransuzchadan mashq qilar­
di. Opamning fransuzcha bir she’rni hecham yod­
lolmay, ikki­uch haftagacha qiynalib yurganlari 
shundoq esimda turibdi. Men ularning oldida o‘ti­
rardim. She’r qayta­qayta o‘qilaverganidan men­
ga yod bo‘lib ketgan edi. Mana, oradan qancha yil 
o‘tdi, lekin o‘sha she’r hamon qulog‘imda jarang­
laydi. Ma’nosini bilmasam ham, so‘zlari dilimga jo 
bo‘lib ketgan. Bu she’rni yodlatish uchun dadam 
rosa ter to‘kkan edi. Dadamning mehnati zoye ket­
gani yo‘q – mendan bo‘lak uni oyim bilan oqsoch 
xotin ham binoyidek yodlab olishdi.
Dadamning bir o‘rtog‘i bo‘lardi. Yevropada o‘qi­
gan ekan. O‘sha odam bir kuni dadamga:
– Chet tilini o‘rganish uchun alohida qobiliyat 
kerak. Fransuz tilini o‘rgataman deb bolani bekor­
ga qiynama, qo‘y bu ishni, – deb maslahat beribdi. 
– Men Parijda bo‘lganman. Binobarin, Parijda ming 
yil tursayam fransuzchani o‘rganolmagan odamlar­
ni ko‘p ko‘rganman. Ularning umri qah vaxonada 
o‘tardi. Oqibatda ular fransuzchani emas, balki 
ofitsiantlar turkchani o‘rganib oli shardi. Ayrim 
kishilarda chet tilini o‘rganishga layoqat bo‘lmay­
di, lekin ular o‘z tillarini boshqalarga o‘rgatishga 
usta bo‘ladilar. Ehtimol, sening qizing ham shu­
lar jumlasidandir... Har qanday bolada biror nar­
saga qobiliyat bo‘ladi. Lekin u bolaning ich­ichida 
yashirinib yotadi. Shunga ko‘ra bolada yashirinib 
yotgan mana shu haqiqiy qobiliyatni seza bilish, 
uni yuzaga chiqarish, qolaversa, har tomonlama 
kamol toptirish kerak bo‘ladi.


138
Aziz Nesin
Shu gapdan keyin dadam opamdagi ichki qobili­
yatni yuzaga chiqarish maqsadida uyga o‘qituvchi 
yollab, unga skripkadan dars uyushtirib berdi. 
Ammo opamdagi yashirin qobiliyatning skripkaga 
sirayam aloqasi yo‘q ekan.
– Bu qizning qulog‘i juda og‘ir ekan, – debdi bir 
kuni o‘qituvchi. – Hatto meniyam ishdan chiqa­
rib qo‘ydi. Unga dars bera boshlaganimdan buyon 
«do»ni «si»dan ajratolmay qoldim. Eshikning g‘ijir­
lashi menga skripka chalgandek bo‘lib tuyulyapti.
Chindan ham opam ovozni yaxshi ajratolmay­
di. Oshxonada stakan sinsa, birov keldimi, deb 
eshikka yuguradi. Maktabda o‘qib yurganidayoq 
muallimi unga:
– Hamma ashula aytayotganida sen tek tur
qizim. Boshqalarni ham yanglishtirib yuboryapsan, 
– deb aytgan ekan.
Shundan keyin opamni rassomlikka o‘qitmoq­
chi bo‘lishdi. Bundan ham biror naf chiqmadi. 
Endi navbat raqsga keldi. Ammo raqs darslarin­
ing opamga foydasi katta bo‘ldi. U ilgarilari uyda 
har narsaga qoqilib yurar, og‘ir jomadon ko‘targan 
odamday nuqul o‘zini stol­stullarga urib olardi. 
Raqs mashg‘ulotlaridan keyin u gavdasini ko‘tarib, 
orqa­o‘ngiga qarab yuradigan bo‘lib qoldi.
Oyim bilan dadam nechog‘lik harakat qilishma­
sin, opamdagi yashirin iste’dodini hecham yuzaga 
chiqarib bo‘lmadi.
– Ha, mayli, qizimizning iste’dodi bir kunmas­bir 
kun o‘zi lop etib chiqib qolar. Oldin o‘qishini bitir­
sin­chi, – deyishdi ular oxiri kutaverishdan char­
chab.
Opam bir sinfda ikki yil o‘qishni o‘ziga odat qilib 
olgan edi, negadir litseyga borganda shuniyam eplol­


139
«Ona tarbiyasi»
madi. Litseyning ikkinchi sinfida ketma-ket uch yil 
o‘tirib qoldi. Darhol kavushini to‘g‘rilab qo‘yishdi.
– Qizimning o‘qishga havasi yo‘q, xuddi ro‘zg‘or 
ishlariga tug‘ilganga o‘xshaydi, – dedi shunda oyim.
Har qalay opamning shu sohadagi qobiliyatini 
sinab ko‘rishmagan edi. Ammo sinov muddati ko‘pga 
cho‘zilmadi – opam oshxonadan ham quvildi. Saba­
bi – opam oshxonaga birrov kirib chiqquday bo‘lsa, 
hamma yoq alg‘ov­dalg‘ov bo‘lib ketardi. Biror nar­
sani qo‘ygan joydan topib bo‘lmay qoldi. Hatto qo­
zon­kastryullar ham g‘oyib bo‘lib qolar, ikki­uch 
kundan keyin esa kutilmagan joydan chiqardi.
Opamni vrachga ko‘rsatishdi.
– Boladan iste’dod izlab, enka­tenkasini chiqa­
rib qo‘yibsizlar. Ovsar bo‘lib qolibdi. Endi uni tinch 
qo‘yinglar, o‘ziga kelsin, – deb maslahat beribdi u.
Ana shundan keyin opamni o‘z holiga tashlab 
qo‘yishdi. Boyoqish ancha o‘ziga kelib qoldi.
Ammo Metin ikkovimiz opamning kasriga qol­
dik. Dadam bilan oyim opam bilan ko‘p ovora 
bo‘lib charchashgan ekan, bizga sira e’tibor ber­
may qo‘yishdi. Men­ku, mayli­ya, ammo Metinga 
jabr bo‘ldi. Chunki Metin texnikaga juda qiziqadi. 
Uyda nima bo‘lsa, hammasiga uning qo‘li tekkan. 
Radiopriyomnik, kir yuvish mashinasi, dadam ning 
soqol oladigan asbobi, muzlatkich, changyutkich, 
gaz plitasi va hokazolar Metinni ko‘rsa qaltirab 
turadi, deyman. Ukam soatning biror murvatini 
olib kastryulga o‘rnatadi yoki tikuv mashinasining 
ichidagi lash­lushini radiopriyomnikka joylaydi. 
Shu vajdan dadam uni ustabuzarmon deb chaqi­
radi. Aslida esa Metinning qo‘li qichib turishiga sa­
bab uning texnikaga bo‘lgan zo‘r ishtiyoqidir...
Qo‘shnilarimizdan birining Nurton degan qizi 
bor. Mana buni antiqa desa bo‘ladi. Nurton bir o‘ti­


140
Aziz Nesin
rishda besh kishining ovqatini pok­pokiza tushirib 
qo‘yadi. Shundayam onasining ko‘ngli to‘lmaydi.
– Bolaginamga ko‘z tegdi, ishtahasining maza­
si yo‘q, – deb zorlanadi. Keyin unga xilma­xil shar­ 
bat, vitamin, baliq moyi tiqishtiradi. Baq­baqaloq qiz 
bo‘lgan. Otasiyam uning xuddi o‘zi – xo‘ppasemiz.
Odatda, ular biror joyga borishadigan bo‘lsa, Nur­
tonni biznikiga tashlab ketishadi. Metin ham shun­
day. Dadam bilan oyim kinoga ketgan kuni ularni­
kiga chiqishga majbur. Uyda uni qoldirib bo‘lmay­
di: binoyidek ishlab turgan priyomnik yoki muzlat­
kich birpasda rasvoyi jahon bo‘ladi. Men ham unga 
bas kelolmayman, ko‘ngilbo‘shlik qilib qo‘yaman. 
Axir kastryulning qopqog‘iga soat ulayman, necha 
daqiqada ovqat tayyor bo‘larkin, ko‘ramiz, deb tur­
sa qandoq qilib yo‘q deyman?! Mana shu ning uchun 
ham uydagilar kinoga boradigan bo‘lishsa, Metin ik­
kovimiz Nurtonlarnikiga chiqamiz.
Tunov kuniyam Nurtonlarning uyida edik. Men 
Metin bilan Nurtonga ertak o‘qib berayotgan edim. 
Bir mahal Nurton suv ichib kelaman, deb chiqib 
ketdi. Darrov iziga qaytdi.
– Oyim bilan dadam urishayotgan ekan. Yuring­
lar, tomosha qilamiz, – deb qoldi Nurton.
– Qayerdan bilding?
– Ha, o‘zim bilaman­da... Suv ichgani ketayotuv­
dim, oyim ko‘rib qoldilar. Darrov dadamga qarab: 
«Jonginam», dedi. Dadam ham: «Sevgan yorim, 
asalim», deb javob berdilar. Ikkovlari janjallashib 
turishgan bo‘lsa, meni ko‘rishlari bilan nuqul shu­
naqa deyishadi. Bir­birlariga shunday muomala 
qilishmasa, mening tarbiyam buzilarkan. Boshqa 
paytlari bir­birlarining otini aytib chaqirishadi. 
Qani, yu ringlar, tomosha qilamiz.


141
«Ona tarbiyasi»
– Biz endi uyga chiqaylik. Hademay kinodan 
qaytib qolishadi, – dedim bunga ko‘nmay. Nurton­
ning ota­onasi bilan xayrlashgani qo‘shni xonaga 
chiqdik. Ammo shu yerdayoq pushaymon bo‘ldim. 
Bilganimda bu yoqqa kirmasdim. Endi vaqt o‘tdi, 
orqaga qaytib bo‘lmaydi.
Dastlab poldagi ko‘zaga ko‘zim tushdi. Chil­chil 
sinib yotibdi. Nurtonning oyisi yoqavayron, sochlari 
to‘zg‘igan. Dadasining esa yuz­ko‘zi tirnalgan.
– Ko‘zani supurib ol, azizim, – dedi Nurtonning 
dadasi muloyimlik bilan.
Oyisi orqasiga o‘girilib qaragan edi, bizni ko‘rdi. 
Keyin qiziga tanbeh berdi:
– Eshikni taqillatib kirgin, deb aytaman-ku sen­
ga. Namuncha quloqsiz bo‘lmasang. – So‘ng eridan 
so‘radi: – Qahva olib kelaymi, jonginam?
– Mayli, azizim, mayli... Ammo juda shirin qilib 
yubormang, asalim.
Nurtonning dadasi o‘tirgan joyda ayol kishining 
shippagi yotibdi.
– Oyi, Zaynab opamlar ketishmoqchi, – dedi 
Nurton.
– Yomon yiqilganga o‘xshayman, haliyam og‘ri­
yapti, – dedi dadasi yuzini burishtirib.
Uyga chiqdik. Metin o‘rniga kirib yotdi. Men xat 
yozishga o‘tirdim. Ana, dadamning yo‘tali eshitildi. 
Kinodan qaytishibdi.
Xo‘p, ko‘rishguncha xayr. Sog‘ bo‘l, Ahmad.
Zaynab Yolqir,
Anqara, 3-fevral, 1964-yil


142
Aziz Nesin

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish