DONISHMAND
Zaynab!
Sengayam, ukanggayam salomatlik tilayman.
Bundan keyin kasal bo‘lmanglar. Oying meni
eslabdilar. Rahmat. Juda xursand bo‘ldim.
Atamanning tug‘ilgan kuni qanday o‘tganini
juda chiroyli qilib ta’riflabsan.
Bilasanmi, men shu vaqtga qadar biror marta
ham tug‘ilgan kunimni nishonlagan emasman. Biz
ning uyimizda bunaqa odat yo‘q, qolaversa, men
ham boshqalarning tug‘ilgan kuniga bormayman.
Rostini aytsam. umrimda bir marta shunaqa ma
rosimda bo‘lganman. O‘shanda oyim bilan qarin
doshimiznikiga mehmonga borgan edik. Qarin
doshimizning qizi meni bir dugonasining tug‘ilgan
kuniga olib bordi. Mehmonga borganimizda ikkita
qiziq voqea ro‘y berdi. Halihali buni eslab yuraman.
80
Aziz Nesin
Kelganlarning orasida bir shum bola bor ekan,
o‘sha ko‘p mashmashalarga sababchi bo‘ldi. Bu bola
shunaqayam bezori ekanki, uyni birpasda ag‘dar
to‘ntar qilib tashladi. Shumligining cheki yo‘q ekan.
Hamma o‘tirgan edi, bir payt hojatxonaning eshigi
ichkaridan gumburlab qoldi. O‘tirganlar yugurib bo
rishdi. Eshikni birov qulflab qo‘yibdi. Qamalib qol
gan ayol bir tomondan jonholatda eshikni gumbur
latib ursa, ikkinchi tomondan:
– Kimdir ustimdan qulflab ketibdi! Oching tez
roq, – deb dod solardi.
Uy egalari gir aylanib kalitni qidirishdi.
– Mening o‘g‘lim qilgan bu ishni... O‘g‘ilchani
topinglar, o‘g‘ilchani, – deydi zo‘r berib baqbaqa
loq pakana bir odam.
Hamma qidirish bilan ovorayu, u bo‘lsa og‘zini
ko‘pirtirib arzandasini maqtaydi:
– Zang‘ar juda o‘tkir bola chiqdida, turganbit
gani o‘ta, o‘t... Meni aytdi deysiz, xonim afandimni
ustidan qulflab ketgan ham o‘sha.
Juvon hojatxona eshigini teshib yuboray deyap
tiyu, buning bo‘lsa jag‘i tinmaydi.
– Ishqilib, ko‘z tegmasinu juda aqlli bolada.
Qo‘liga kitob olganini bilmaymanu, ammolekin
imtihondan o‘tib ketaveradi. Kitobga bir qarasa
bo‘ldi, miyasiga yopishib qoladi. Yoshlik paytimda
men ham shunaqa edim. Kitob o‘qib o‘tirmasdim.
Otasiga tortgan bachchag‘ar. O‘rtoqlari kitobdan
bosh ko‘tarmaydi, nuqul o‘qigani o‘qigan. Bizning
o‘g‘il kitob betini ko‘rmaydiyu, lekin sinfda ham
qolmaydi. Aslida o‘zim muk tushib dars qiladigan
bolalarni yoqtirmayman...
Uydagilarning hammasi mana shu miyasi o‘tkir
bolani qidirish bilan ovora.
81
«Ona tarbiyasi»
– Karavotning tagini qarab ko‘ringlar. Uyda
hamisha karavotning tagiga bekinib olar edi, – deb
qoldi bir payt baqaloq odam.
Uyning egasi uning aytganini qilib endi engash
gan ham ediki, tepadan bir narsa taraq etib boshiga
tushdi. Xayriyat, kalit ekan. Shu zahotiyoq shkaf
tepasidan bir bola o‘zini karavotga otdi.
– Ana, aytmadimmi, bu o‘shaning qilig‘i deb. Aqli
ko‘pda, nuqul sho‘xlik qiladi.
Otasi suygan bezori o‘sha kuni hammaning jo
niga tegdi...
Ikkinchi bir voqeaning qahramoni – donishmand
lik maktabini o‘tayotgan bola.
O‘sha kuni mehmonda bir bola bilan tanish
dim. Ko‘zoynak taqib olgan chuvakkina bola ekan.
Qo‘l berib so‘rashdik. Ismini so‘rasam, g‘ing de
madi. Ham ko‘zdan, ham quloqdan qolgan bo‘lsa
kerak, deb o‘yladim. Balandroq ovoz bilan savol
ni qaytardim. Xuddi nozik masalani yechib be
rayotgan odamday o‘ylanib qoldi, anchadan keyin
zo‘rg‘a ismini aytdi. Men nechanchi sinfda o‘qishi
ni so‘radim. Bu gal ham rosa o‘ylab, keyin javob
berdi. O‘zicha biror gap aytmaydiyu, lekin savol
bersang, javob olguncha xunob bo‘lib ketasan. Bir
pas gaplashib, yuragim siqilib ketdi, yonidan sekin
nari ketdim.
– Bu bolang ovsarga o‘xshaydi, – dedim meni bu
yerga olib kelgan qarindoshimga.
Qarindoshim kulib yubordi.
– Bu nima deganing. Axir otasi uni donishmand
qilmoqchiku.
Gapga uning o‘rtog‘i aralashdi.
– Maktabda hamma uni kichik donishmand deb
chaqiradi.
82
Aziz Nesin
– Iya, ismini so‘rasang, topolmay anqayib tura
diyu, bu qanaqa donishmand bo‘ldi?
– Hamma gap shunda emish. Donishmandlar
sukut saqlab turishi kerak ekan. Otasi aytibdi.
Birov isming nima deb so‘rasayam darhol javob
berma, picha o‘ylab ol, donolar: «Oldin o‘yla, keyin
so‘yla», deyishgan deb uqtiribdi.
Qizlar bu kichkina donishmandni menga rosa
ta’riflab berishdi. Aytishlaricha, uning otasi ancha
bama’ni odam emish. Ko‘p yil zahmat chekib dun
yoda o‘tgan jamiki donishmandlarning tarjimayi
holini o‘rganib chiqibdi. Shundan keyin unda do
nishmand bolaning otasi bo‘lish havasi uyg‘onibdi.
Uzoq yillik tadqiqot ishlaridan ma’lum bo‘lishicha,
ko‘p donishmandlar otalari qartayib qolganda dun
yoga kelgan ekanlar. O‘ylab qo‘ygan niyatini amal
ga oshirish uchun u ham sochiga oq tushib, yoshi
anchaga borib qolgandan keyin uylanibdi.
– Bu gaplarni sizga kim aytdi? Donishmandning
o‘zimi? – hayron bo‘lib so‘radim.
Ma’lum bo‘lishicha, bundan butun mahalla xa
bardor ekan. Buni qizlar kattalardan eshitishibdi.
Bo‘lg‘usi donishmandning otasi uylanishga
uylanibdiyu, lekin ancha vaqt farzand ko‘rolmay
yuribdi. Boyoqish donishmandning otasi deb nom
chiqarish ishtiyoqida keragidan ortiq qarib qolgan
ekanmi, xullas, farzand hasratida ko‘p kuyunib
yuribdi. Oxiri, kunlardan birida xotini bosh
qorong‘i bo‘lganini aytibdi. Endi u: «Ishqilib, bola
zaif tug‘ilsin», deb iltijo qiladigan bo‘libdi. Nega de
ganda, aksariyat donishmandlar bolaligidan nim
jon bo‘lgan ekan.
Xotinning ko‘zi yoribdi. Tilab olgan chaqalog‘i
shunaqayam nimjon ekanki, uning tirik qolishi
83
«Ona tarbiyasi»
ga hech kimning ko‘zi yetmabdi. Haytovur, bola
o‘lmay qopti. Qadim zamonlarda bir donishmand
shoir o‘tgan ekan. Qalin bir kitobda naql etilishi
cha, o‘sha zukko shoir juda yoshligida ona sutidan
mahrum bo‘lgan ekan. Donishmand bolaning ota
si shu kitobni topib o‘qigach, bir oylik chaqaloqni
ona ko‘kragidan ajratib olibdi. Bola bir yoshida be
lanchakdan yiqilib, ko‘zi shikastlangan ekan, ota
si bag‘oyat xursand bo‘libdi. Sababi – allaqaysi bir
donishmand ham g‘ilay o‘tgan ekan. Endi uning
yagona tilagi qolibdi. Ishqilib, o‘g‘limning bo‘yi
o‘smasin, deb ohvoh chekib yurganmish. Zotan,
uning bilishicha, donishmand xalqi aksariyat past
bo‘yli bo‘lar ekan.
Shu gaplardan keyin men bu bola nima uchun
o‘zining isminiyam darrov aytib berolmasligiga
tushundim. Nazarimda, u sukut saqlab javob be
rishdan ko‘ra, ko‘proq otini eslashga harakat qi
layotganga o‘xshaydi.
Hikmat maktabga kelmay qo‘yganini eshitib,
qattiq xafa bo‘ldim. Bechora qizning ahvoli nima
kechdiykin?
Kecha maktabda bizni emlab ketishdi. Shuning
uchun bugun darsga bormadim. Hozir xatni quti
ga tashlab kelaman. Keyin arifmetikadan misollar
yechaman. O‘qituvchimiz uyga ancha vazifa ber
gan edi. Chap qo‘lim rosa og‘riyapti. Hatto qimirla
tolmayapman.
Omon bo‘l, Zaynab. Senga hamisha muvaffaqi
yat tilayman.
Ahmad Tarbay
84
Aziz Nesin
Do'stlaringiz bilan baham: |