HALI YOSHLIK QILASAN
Zaynab!
Xatingni o‘qir ekanman, yig‘lashimniyam,
kulishimniyam bilmay qoldim. Dugonang Hikmat
ga qattiq achindim. U bechoraning ahvoli nima ke
chadi endi? Oilasida biror yangilik ro‘y bersa, men
ga ham xabar qil, bilay.
66
Aziz Nesin
Baxt degan narsa qiz yoki o‘g‘il bo‘lib tug‘ilish
ga bog‘liq ekani ilgari hecham xayolimga kelmagan
ekan. Shuning uchun dadamdan fikr so‘radim.
Dadam buni uzoq tushuntirib berdilar. Gaplari
ning asosiy mazmuni shu bo‘ldi: o‘rtada hech qan
day farq yo‘q, insoniyat erkak va ayoldan tashkil
topgan.
– Gapingiz to‘g‘ri, dada, – dedim. – Ammo siz qiz
bola bo‘lishni xohlarmidingiz?
Dadam o‘shqirib berdi:
– Bu nima bema’nilik!
Nimaga jahli chiqqanini tushunolmadim. Go‘yo
hozir dadam qayta tug‘iladiganday. Ayni shu savol
ni oyimga ham berdim.
– Koshkiydi erkak bo‘lib tug‘ilsam, – dedi u uh
tortib.
Kecha o‘qituvchimiz bizni muzeyga olib bordi.
Qaytishimizda undan ham shuni so‘radim.
– Nega so‘rayapsan buni? – hayron bo‘ldi u.
Men bor gapni aytib berdim.
– Bu – kattalarning ishi, sen hali tushunmay
san, qo‘y bu gapni, – dedi u oxiri.
Shunaqa gapni eshitsam, qonim qaynaydi. Bizni
nuqul hech narsaga aqli yetmaydi, deb o‘ylashadi.
Bir kuni uyimizda qiziq gap bo‘ldi. Ukam nima
nidir tushunmay dadamdan so‘radi. Dadam bo‘lsa:
– Sen hali yoshsan, bunday narsalarga tu
shunmaysan, – deb qo‘ya qolgan edi, ukam yana
qistalang qildi:
– Siz tushuntirishga urinib ko‘ring, dada, tushu
nib qolarman balki.
Dadam uning gapini halihali eslab qo‘yadi.
Men bir narsaga hayronman. Kattalar biror gap
ni tushuntirib berish o‘rniga nega bizga nuqul:
«Hali yoshsan, aqling yetmaydi», deyisharkina?
67
«Ona tarbiyasi»
Yaqinda qiziq bir gap bo‘ldi. Mana eshit, gapirib
beraman.
Oyim ukamni olib qo‘shnilarnikiga chiqibdi. Bir
gala xotinxalaj o‘tirgan ekan. Shulardan biri ho
milador bo‘lib, bola ko‘rishni istamas ekan. Ham
ma o‘z bilganicha unga maslahat beribdi. Ukam
bularning gapiga parvo qilmay bir burchakda tinch
gina o‘ynab o‘tirgan ekan, bir juvon: «Hoy ovsin,
yosh bola bora, eshitib qolmasin tag‘in», debdi.
Ukam bu gapni eshitib, qulog‘ini ding qilibdi. «E,
parvo qilmang, go‘dak narsa nimani tushunardi»,
debdi ikkinchisi. Bu gap ukamga qattiq bo tibdi.
O‘yinchoqlarini o‘ynab o‘tirgan bo‘lib, hamma gap
ni eshitib olibdi. «Qo‘ying, eshitib qoladi», «Eshitgan
bilan baribir tushunmaydi, aqli kirdichiqdi hali»,
degan gapso‘zlar ham qulog‘iga chalinibdi.
Keyin bilsak, ukam hamma narsaga aqli yetishini
ko‘rsatib qo‘yish uchun payt poylab yurgan ekan.
Tunov kuni uyimizga mehmonlar kelishdi. Ham
ma o‘tirgan edi, ukam mehmonlardan biriga qarab
to‘satdan:
– Homilador ekansiza, xola? – deb qolsa bo‘la dimi.
– Shunday, o‘g‘lim, – dedi boyagi juvon o‘ng‘aysiz
lanib.
– Endi tug‘asizmi?
Dadam bilan oyim ko‘z urishtirib olishdi. Ukam
hamma narsaga aqli yetishini isbotlamoqchi bo‘ldi
shekilli, yana valdiray boshladi:
– Bitta xolani ko‘rdim, qorni kattayu, lekin
tug‘mayman, dedi. Oyi, to‘g‘rimi gapim?
Oyim lavlagidek qizarib ketdi. Bu noqulay ah
voldan chiqish uchun erkaklar gapni boshqa yoq
qa burishdi. Lekin ukamning jag‘i tinmadi.
68
Aziz Nesin
Hamma eshitgan gaplarini oqizmaytomizmay
so‘zlab berdi:
– Bas endi, jim bo‘l! – jerkib berdi oyim.
Ukam yana javray ketdi. Eshitgan-bilgan nar
salarini to‘kib soldi. Mehmonlar kulishgan bo‘ldi.
Oxiri oyim uni qo‘lidan ushlab, narigi xonaga olib
ketdi. Ukam ho‘ngho‘ng yig‘lab:
– Ha, hech narsaga tushunmas ekanmanmi...
Hammasiga aqlim yetibdiku... Nimaga meni tu
shunmaydi deysizlar, – deb uyni boshiga ko‘tardi.
Oyim ukamni tinchitgach, xonaga qaytib kirdi.
– Shu zamonning bolalariga hayronman. Hamma
narsaga aqli yetadiya, – dedi boyagi juvonning eri.
Men oldinroq lip etib o‘rnimdan turib ketgan
edim.
To‘g‘risini aytsam, ukamning bu qilig‘idan ko‘p
xursand bo‘ldim.
Dars paytida o‘qituvchimiz men nima xayolda
o‘tirganimni sezganday:
– Yurtimizda respublika e’lon qilingach, erkak
lar bilan ayollar teng huquqqa ega bo‘ldi. Endi har
sohada ularning huquqi teng, o‘rtada zarracha
farq yo‘q, – dedi.
Bu gap Yasharning erkaklik nafsoniyatiga og‘ir
botdi.
– Hecham farq yo‘qmi?
– Aslo.
– Rostdanmi?
– Ha! – o‘shqirdi o‘qituvchi.
– Unday bo‘lsa, nimaga «Xotinqizlarning huquqini
himoya qilish jamiyati» tuzilgan? Nega erkaklarniki
yo‘q? Oyim shu jamiyatga a’zo, bilaman buni.
Befarosat Nash’a luqma tashladi:
– Jonivorlarni himoya qiladigan jamiyat ham
tuzilgan...
69
«Ona tarbiyasi»
Uyga qaytayotganda ham nuqul shu haqda
gaplashib keldik.
Kechki ovqatdan keyin dadam gazeta o‘qib o‘tir
gan edi. E’longa ko‘zim tushdi. Yangi kazino ochilib
di. Striptizga tushadigan xotinlarning yalang‘och
rasmi ilova qilingan.
– Dada, erkaklar nega striptiz o‘ynamaydi?
Dadam gazetani bir chekkaga uloqtirib, menga
g‘alati qilib tikildi.
– Esing joyidami, o‘g‘lim? Erkak kishiga balo
bormi striptiz o‘ynab?!
– O‘qituvchimiz erkaklar bilan ayollar teng
huquqli bo‘lgan, deb aytdiku axir. Huquq teng
bo‘lgandan keyin erkaklar ham striptiz tushi shi
kerakda.
– Er kishining yo‘rig‘i boshqa, o‘g‘lim. Har hol
da erkak bilan xotin kishining o‘rtasida qandaydir
farq bo‘lishi kerak.
Ish tikib o‘tirgan joyida oyim gap tashladi:
– Nimasini aytasiz. Erkak kishi kechasi bilan
ko‘chada sang‘ib yursa, hech kim hech narsa de
maydi. Ayol kishi qilsaya, shu ishni... Darrov bad
nom bo‘ladi. Bunisiga nima deysiz? To‘g‘rimi shu?
Dadam bilan oyim gap talashib qolishdi.
Menga bergan savoling haqida ko‘p o‘ylab
ko‘rdim. Tagiga yetolmadim. Kimdan so‘ramay,
tuzukroq javob ololmadim. Menimcha, ayol kishi
ning ham, erkak kishining ham o‘ziga yarasha
baxti bor. Tarixda juda ko‘p oqila, buyuk ayollar
o‘tgan. Agar shu ayollardan: «Erkak bo‘lib tug‘i-
lishni istarmidingiz?» deb so‘ralganida nima deb
javob bergan bo‘lishardi, bilasanmi? Chamamda,
yo‘q, istamayman, degan bo‘lardi. O‘g‘il yoki qiz
bo‘lib tug‘ilishning ahamiyati yo‘q. Eng muhimi –
70
Aziz Nesin
har kim o‘zidan, o‘z ishidan rozi bo‘lsin. Baxt mana
shunda.
Senga chin yurakdan muvaffaqiyat tilayman.
Ahmad Tarbay,
Istanbul, 14-dekabr, 1963-yil
Do'stlaringiz bilan baham: |