Qishloq aholisi antropologik tip jihatidan o ‘zgarishlaiga uchramay-
di va bronza hamda ilk temir davri aholisiga xos irqiy xususiyatlami
saqlab qoladi (T. Xodjayev). Shahar aholisi esa o‘z tarkibida qishloq
aholisiga xos irqiy xususiyatlar bilan bir qatorda, 0 ‘rta Osiyoning shi
moliy hududlardagi chorvador aholi ko‘pincha
mongoloid aralashma-
siga ega bo‘lgan yevropeoid urug‘ining ta sinda shakllandi, u hozirgi
o'zbeklar va tekisliklarda vashovchi tojiklarda namoyon bo‘ladi. Ku
shon Baqtriyasining paleoantropologik ashyolarda butun 0 ‘rta Osiyo
uchun xos bo‘lgan tarixiy qonuniyatni ko‘rish mumkin. Antik davrda
kelgan ko'chmanchi-chorvador qabilalar
shahar muhitiga kirib borib
mahalliy aholi bilan aralasha borgan.
0 ‘rta Osiyo mintaqalarida qadimda mahalliy yevropeoid irqning
mavjudligi antropologik materiallar asosida isbotlandi. 1947-1948-yil-
larda professor M.M. Dvakonov rahbarligidagi Kofimihon arxeologik
ekspeditsiya guruhi tomonidan qadimgi Baqtriya tarkibiga kirgan janu
biy Tojikistonning Hisor tumanidagi To‘pxona deb nomlangan joydan
37 ta qabr ochilgan edi. Qabrlardagi jasadlarning qo‘yilish xususiyat-
larini
va sanasini hisobga olib, M. Dyakonov ulami to 'rt tipga bo‘lgan
edi: 1. Milodiy VI-VIII asrlarga; 2. Milodiy IV-VI asrlarga; 3. Milo
diy I—
III asrlarga; 4. Miloddan avvalgi I - milodiy I asrlarga. Olim qa
dimgi Baqtriya aholisining asosiy qismi yevropeoid irqining braxikran
(dumaloq boshli) tipidagi ( 0 ‘rta Osiyo daryo oralig'idagi tip)
kishilari
bo‘lganligini va irqiy jihatdan qo‘shni So‘g ‘diyonaning hozirgi aholi
siga juda o‘xshashligini ta’kidlaydi. V. Ginzburg, yuqorida aytilganlar-
dan xulosa qilib, hozirgi kunlarda (ya’ni bizning davrimizda) «Hisor
tog laridan shimolda va uning janubidagi mintaqalarda yashovchi xalq-
lar qadimgi Baqtriya va So‘g ‘diyona aholisining keyingi avlodlaridir»,
deb yozgan edi.
Demak, hozirgi o ‘zbek va tojik xalqlarining antropologik jihatdan
o ‘xshashliklari qadimgi davrlarda hosil bo‘lgan. Ko‘p
asrlar davomi-
da bular bir-birkri bilan aralashib kelishlari natijasida Markaziy Osiyo
vohalarida (tog‘li tojiklar bundan mustasno) Pomir-Farg‘ona ( 0 ‘rta
Osiyoning ikki daryo oralig‘idagi) antropologik tip vujudga kelgan.
0 ‘rta Osiyoda daryo oralig‘idagi (Pomir-Farg‘ona) antropologik tipi
mahalliy (avtoxton) antropologik tip ekanligini, bu tip kishilari bosh
qa yerdan kelmaganligi, uning hozirgi 0 ‘zbekiston hududida qo‘shni
103
viloyatlar bilan etnogenetik aloqada b o iib
kelishi natijasida vujudga
kelganligini L. Oshanin bir necha marotaba ta ’kidlab o ‘tgan edi.
O 'rta Osiyo ikki daryo oralig‘i xalqlarining antropologik kelib
chiqishi va shakllanishi muhim masala hisoblanadi. Bu haqda har xil
fikr-mulohazalar yuritilgan boisa-da, hozirgi kungacha aniq bir isbo-
tini topgani yo'q. Antropologik tadqiqotlarga ko'ra,
mongoloid irqiy
tipi Markaziy Osiyoning, xususan, Movarounnahming barcha hudud
larida bir xilda (bir maromda) tarqalmagan Antik davrlarda Yettisuv
va Tyanshan etaklarida yashovchi sak, usun qabilalarining antropologik
tiplarida yevropeoid irqining braxikran turi hukmronlik qilgan. Shu bi
lan birga, ularda juda oz miqdorda mongoloid irqidan ham qo‘shilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: