Olkashunoslik


Rossiya tadqiqotchilari tomonidan oik am iz



Download 6,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/139
Sana29.05.2022
Hajmi6,29 Mb.
#616230
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   139
Bog'liq
Tarixiy o\'lkashunoslik.Ochildiyev F.B.

3. Rossiya tadqiqotchilari tomonidan oik am iz
etnografiyasining o ‘rganilishi
XVI-XVII asrlarda Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklan tashkil top- 
gandan so‘ng Rossiya davlati bilan muntazam ravishda savdo va dip- 
lomatik munosabatlar o'rnatila boshlandi. XVI asming ikkinchi yarmi- 
da 0 ‘rta Osiyodan Rossiyaga sakkiz marta elchilar yuborilgan bo'lsa. 
XVII asrda Xiva xonligidan 12 marta, Buxorodan esa 13 marta elchilar 
jo'natilgan. Bunga javoban Rossiya davlati ham o ‘z elchilarini o ‘zbek 
xonliklanga yuboradi va ularga diplomatik vazifalardan tashqari, maz- 
kur o ik alar to‘g'risida har xil m a’lumotlar to ‘plash ham topshiriladi.
0 ‘zbek xalqi etnografiyasiga oid ilmiy aliamiyatga ega ma’lumotlar 
to ‘plash XIX asrdan boshlanadi. XIX asming birinchi yarmida 
N.N. Muravyov, A.F. Negri, N.V. Xanikov, G.I. Danilevskiy va boshqalar 
tomonidan ohb borilgan tadqiqotlar 0 ‘rta Osiyo xalqlari, shu jumladan 
o ‘zbeklar etnografiyasini oiganishda muhim ilmiy izlanishlar ohb bor- 
gan. 1820-yili Buxoroga kelgan A.F. Negri boshchiligidagi diplomatik 
missiya qatnashchilaridan E.A. Eversman, X. Pander, P.Yakovlev, Budrin, 
polkovmk G. Meyendorflaming kitob va xotiralari nihoyatda boy tarixiy- 
etnografik ma’lumotlarga ega. G.Meyendorfning turli tillarda nashr qilin- 
!^an «Orenburgdan Buxoroga sayohat» nomli kitobida Buxoro xonligi- 
ning geografik o‘mi, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli. davlat tuzilishi, aholisi va 
mashg‘ulotlari, qishloq xo‘jaligi, sug‘orish tizimi, hunarmandcliilik, ichki 
va tashqi savdo, oila va xotin-qizlarning turmushi haqida qimmatbaho 
maium otlar keltirilgan. Muallif o ‘zining shaxsiy mushohadasi, kishilar- 
dan eshitgan va so‘rab to ‘plagan materiallari bilan cheklanib qolmay, har 
xil tarixiy manba va adabiyotlardan ham foydalangan. Bu davrda 0 ‘rta 
Osiyo xalqlari to‘g risida to‘plangan bilimlami umumlashtirgan dastlabki 
ilmiy asarlar ham paydo boiadi. Chet el mualliflaridan bin, fors tilini 
yaxshi bilgan ingliz sayohatchisi Aleksandr Byonis Ost-Hind kompani- 
yasining maxfiy topshirigi bilan 1831-1832-yillarda Buxoroga kelib, 
muhim siyosiy, iqtisodiy, harbiy va etnografik materiallami to‘playdi. 
Byoms yozib qoldiigan sayohatnomada ko‘chmanchi o‘zbeklar haqida 
nihoyatda qiziqarli etnografik maiumotlar mavjud.
0 ‘sha yillarda atoqli sharqshunos olim V.V. Grigoryev ham bir 
qancha asarlar yaratgan. U Rossiyada birinchi b o iib sharq xalqlari ta-
122


rixi kursini o'qita boshlaydi. Uning 20 dan ortiq ilmiy ishlari orasida 
0 ‘rta Osiyo xalqlariga, jumladan urug‘-qabila tartiblarini saqlab qolgan 
o ‘zbeklarga tegishli asarlar ham mavjud. 1858-yilda polkovnik N.P. Ig­
natyev boshchiligida Xiva va Buxoroga vuborilgan yirik diplomatik 
missiya ham ancha samarali ishlar olib borgan edi. Missiya qatnash- 
chilaridan N.G. Zalesov, M.N. Galkin, E.Y. Kileveyn, A.I. Butakov, 
P.I.Lerxlaming yozib qoldirgan sayohatnoma va maqolalarida qimmat- 
baho etnografik m a’lumotlar keltiriladi.
0 ‘rta Osiyo yurishlari davrida V.Radlov, A.Fedchenko, A.Kun, 
M. Middendorf kabi tadqiqotchilar samarali mehnat qildilar. Atoq- 
li tilshunos va folklorshunos Vasiliy Vasilyevich Radlov 0 ‘rta Osiyo 
xalqlarining tili va etnografiyasi haqida ancha qimmatbaho materiallar 
to‘plagan edi. U 1868-yilda Zarafshon vodiysi bo'ylab sayohat qilib, 
o ‘zining shaxsiy kuzatishlari va qisman mahalliy aholining hikoya qilib 
bergan m a’lumotlari asosida 0 ‘rta Zarafshon vodiysiga doir qiziqarli 
ocherklar yozdi. Bu asarlarda o ‘zbek, tojik, qoraqalpoq, turkman va 
boshqa xalqlar to ‘g'nsida tarixiy va etnografik ma'lumotlar berilgan. 
Ocherklarda sun’iy sug‘orishni uyushtirish masalalariga alohida e ’tibor 
beriladi. Muallif tomonidan shahar va qishloqlaming nomlari, aholining 
tiplari, kiyim va taomlari, xotin-qizlaming ahvoli, ichki hayot, iaqslar 
hamda o ‘zbekIaming urug‘ toifalariga oid m a’lumotlar berilgan.
Yirik tadqiqotchilardan Aleksey Pavlovich Fedchenko ham o ‘zbek 
etnografiyasini o‘rganishga o ‘z hissasini qo‘shdi. U Moskva universi- 
tetida o ‘qib yurgan davridayoq ilmiy to ‘garaklarda faol ishtirok etib, 
tabiatshunoslik, antropologiya va etnografiya havaskorlari jamiyatining 
kotibi b o iib ishlaydi. Universitetni tugatgach, ikki yil (1864-1866) 
davomida o ‘sha yerda tabiatshunoslikdan dars beradi. Zarafshon eks- 
peditsiyasi vaqtida keng tadqiqotlar oikazilib, har xil etnografik kol- 
leksiyalar, hunarmandchilik mahsulotlari va asboblarini to ‘plagan va 
rasmlar albomini tuzgan. Shuningdek, uning «Qo‘qon xonligida» degan 
asarida Qo‘qon xonligi tarixi, geografiyasi, etnografiya va iqtisodiyotga 
oid m aium otlar berilganligini ko‘rishimiz mumkin.
1872-yilda Moskvada 0 ‘rta Osiyo xalqlarining turmush tarziga 
bagishlangan koigazm a ochiladi. Ko‘igazmada 0 ‘rta Osiyo xalqlari­
ning kiyim-kechaklari, hunarmandchilik mahsulotlari va asboblari kabi 
eksponatlar qo‘yildi. V.V. Stasov koigazm aning Turkiston boiim iga
123


yuksak baho berib, unda ko‘rsatifgan predmetlar: gilam, kumush be- 
zaklar, juda ko'p metall va sopoldan yasalgan buvumlar, gazlama, qu- 
rol-aslaha va son-sanoqsiz maishiy buyumlar «o‘zining rang-barangligi 
bilan kishiga badiiy lazzat baxsh etadi», deb yozgan edi
Ko‘rgazma munosabati bilan tayyorlangan Turkiston fotoaibomi 
katta ahamiyatga ega. U 1200 dan ortiq rasmni o ‘z ichiga qarnrab ol­
gan. A’bom bir necha nusxadangina tuzilgan bo‘lib, uning bir nusxasi 
hozir Alisher Navoiy nomidagi 0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasida saq- 
lanmoqda va XIX asrdagi 0 ‘rta Osiyo xalqlarining tarixi va etnogra­
fiyasini o ‘rganishda noyob manba bo‘lib xizmat qilmoqda.
Mazkur to'plamda ishtirok etgan va keyinchalik bir qancha ilmiy 
ishlar yaratgan. A N. Xoroshxin ham o ‘zbek etnografiyasiga o ‘z hissa- 
sini qo‘shdi. Nijneuralskda yoshlik davrini o tkazib, qozoq va qalmiq 
tillarini to‘l'.q egallagan A.N. Xoroshxin ofitser sifatida Buxoro (1868- 
yil) va X iva (1873-yil) yurishlarida ishtirok qiladi. U o‘z asarlarini 
shaxsiy tuassurotlari, mahalliy aholi turmushim bevosita kuzatishi va 
yerli ki.sViilardan olgan m a’lumotlari asosida yozgan. Uning «Zarafshon 
vodiysi» nomli ishi va bir qancha tarixiy-etnografik, o ‘zbek qabila va 
urug, -aymoqlariga tegishli turli xil etnografik m a’lumotlar mavjud.
A. 
Kun 1865-yilda Peterburg universitetinijig sharq tillari fakulte- 
tini tugatib, 1868-yili sharqshunos V.V.Grigoryevning tavsiyasi bilan 
etnografik va statistik tadqiqotlar 
0
‘tkazish, Rossiya ilmiy jamiyatlari 
uchun material va kolleksiyalar to ‘plash maqsadida Turkiston general- 
gubematorining ixtiyoriga jo natildi U 1870-yilda Iskandaiko‘l ekspe- 
ditsiyasi hamda Xiva va Qo‘qon \Tjrishlarida ishtirok qilgan. Qo'qon 
yurishlaridan keyin Kun Turkiston o ‘lkasidagi maktablar bo‘yicha bosh 
inspektor etib tayinlanadi va bu lavozimda 1882-yilgacha ishlaydi.
U ko‘p yerlaiga sayohat qildi va o‘z zimmasiga \uklangan asosiy 
vazifani bajarish bilan biiga mahalliy aholi haqida, ayniqsa, Xiva xon­
ligi aholisi haqida etnografik ma’lumotlar to'playdi. A.Kun yozib qol- 
diigan ilrtiiy maqolalar hoziigacha o‘z qiymatini yo‘qotmadi. Uning 
xonliklaidan to'plagan davlat hujjatlari, noyob qo‘lyozmalari 

Download 6,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish