Milliy-hududiy chegaralash va o'zbekiston ssrning tuzilishi



Download 19,59 Kb.
Sana05.03.2022
Hajmi19,59 Kb.
#483383
Bog'liq
Milliy


Milliy-hududiy chegaralash va o'zbekiston ssrning tuzilishi
Turkiston — mintaqa xalq-larining yagona makoni, umumiy vatani
Markaziy Osiyo, jumladan, Turkiston, Buxoro va Xo-razm davlatlarining tubxalqlari necha asrlar davomi-
da turmush tarzi va an'analari jihatidan bir-biriga yaqinbo'lib keldilar. Buxoro va Xorazm XX asr 20-yillariningboshiga qadar mustaqil davlatlar bo'lgan. Bu mintaqayagona zamini, o'z xo'jaligi, an'analari, dini, madaniya-tining mushtarakligi bilan ajralib turgan. O'rta Osiyodavlatlaridan har birining ko'p millatli ekanligi, o'z-beklar, turkmanlar, tojiklar, qoraqalpoqlar, qirg'izlar, , qozoqlar va boshqa yerli xalqlarning uchala davlathududlarida tarqalib yashashii tarixan an'anaviy bo'lgan.Mana shu davlat tuzilmalari doirasida har bir xalq yoki alohida urug'lar xo'jalik hayoti tizimidagi o'z o'rniniegallab, o'zining ishlab chiqarish va xo'jalik faoliyatibilan davlat va mintaqa ijtimoiy hayotining yaxlit zan-jiridagi uzilmas halqani tashkil etgan. Turkistonmintaqasining xalqlari shu zaminni qadimdan o'zlari-ning asl vatanl deb bilganlar. Vatan yagonaligi hissi xalqijodiyotida, an'analarida, madaniyatida o'z aksini topganva shu mintaqada yashashb turgan barcha xalqlarningabadiy qadriyatiga aylangan.
Bu mintaqaning xalqlari birdir degan g'oya avloddan-avlodga o'tib, milliy yetakchilar, jamoat arboblari vamilliy ziyolilarning qaraslilari hamda amaliy faoliyatla-rida aks etdi. Hudud yaxlitligiga, xalqning birligiga xavf-xatar tug'ilgan kezlarda ana shu g'oya xuddi bir qalqon-dek bo'lib turdi, xalqlarning bir-biridan ajralib, uzoq-lashib ketishining oldini oluvchi omil bo'lib qoldi.
Tarixan tarkib topgan uchtadavlatni tugatib turib, ular-ning o'rniga yangi davlatlartuzish fikri o'lka va markaz-ning rahbar xodimlaridanchiqdi. 1920-yilning boshlaridayoq TSRni bo'lib Tashlash va milliy til belgisiga qarabmuxtor (avtonom) respublikalar tuzish masalasi qo'yil-gan edi. Bu g'oya Turkkomissiya raisi Ya.RudzutakTashabbusi bilan 1920-yil 15-yanvarda qabul qilingantezislarda aytiladi. Bu tezislar o'sha yilning iyun oyidaRKP(b) Markaziy Komitetining «Partiyaning Turkistondagi vazifalari haqida» degan qarori loyihasiga kiritil-di. Bu taklifni V.I. Lenin qo'llab-qu vvatladi. Loyihagabildirgan o'z mulohazalarida u Turkistonning «O'zbe-kiya, Qirg'iziya, Turkmaniya»ga bo'lingan kartasinituzish zarur deb ko'rsatdi. V.I. Lenin birmuncha keyin-roq o'zi tayyorlagan boshqa bir loyihada o'z nuqtainazarini o'zgartirib: «Respublikani (ya'ni Turkistonni) 3qismga bo'lish oldindan hal qilib qo'yilmasin», debuqtirdi.
Turkistonning ma'muriy-hududiy kartasini qaytadanko'rib chiqish bolsheviklarning qaytadan tuzish siyosati-dan o'lkada norozilik kuchayib borgan, mustaqiUik
Milliy respublikalar vaviloyatlar tuzishga ko'r-satma berilishi va uningsiyosiy jihatdan asoslanishi
uchun harakat ko'lami kengayib kelayotgani, milliymasala yuzasidan Kavkazortida boshlangan kurash akssadosi va boshqa sabablarga ko'ra orqaga surilib turdi.1920-yilga kelib O'rta Osiyoda TSRdan Tashqari Buxorova Xorazm Xalq Sovet respublikalari tuzilganligi hammuhim omil bo'ldi. Bu respublikalar tuzilganidan keyinma'lum rahbarlar guruhi ularni ham hududiy qaytabichish doirasiga tortish rejalarini ilgari surdilar.
Milliy respublikalar tuzish zarurligi g'oyasi Tashab-buschilari uni (ya'ni, bu g'oyani) yerli xalqlar hayotidatengsizlik mavjudligi, milliy mojarolar kuchayib borayot-gani bilan asosladilar. Bu mojarolardan qutulish yo'liturkmanlar, qirg'izlar va boshqalarning milliy davlatinituzish, deb e'lon qildilar, amalda esa bu chora-tadbirxalqlarni bir-biridan ajratib qo'yishdan boshqa narsaemas edi. Hududlarni qaytadan belgilash va chegaralashtarafdorlari til tafovutlari, milliy tafovutlarga diqqatniko'proq qaratib, ho'jalikka oid, iqtisodiy omillarni, mavjud suv resurslari, sug'orish tizimlarining umumiyekanligini kamroq hisobga oldilar. Umuman, siyosiyjihatlar birinchi darajali hisoblandi. Rahbar xodimlarorasidagi yevropaliklar bilan tub xalqlar vakillario'rtasidagi ixtiloflar, shuningdek, ayrim guruhbozlikko'rinishlari mexanik tarzda O'rta Osiyo mintaqasixalqlari o'rtasidagi munosabatlarga ko'chdi. Rudzutak, Stalin va boshqalar O'rta Osiyoda milliy mojaromavjudligini uqtirdilar. Milliy masala sun'iy ravishdabo'rttirib yuborildi va davlatlar hududini tubdan qaytabelgilash uchun hal qiluvchi asosiy dalil sifatida ilgarisurildi.
Turor Risqulov
Turkkomissiya va Ya.Rudzustak tezislariga qarama-qarshi o'laroq, va bir guruh milliy yetakchilar 1920-yildayoq turkiyzabon xalqlar yagona bo'lib, ular-ning tarixiy ildizlari, dinlari, an'analari va madaniyatimushtarakdir, Turkistonni alohida qismlarga ajratibbo'lmaydi, degan g'oyani ilgari surdilar. Biroq bu fikrnibolshevikcha Markaz inkor etib, uni panturkizm, panis-lomizm, burjua millatchiligi deb baholadi.
Mintaqani milliy-hududiy jihatdan qayta tuzishmasalasi partiya organlari tomonidan ishlab chiqildi vaamalga oshirildi. O'rta Osiyo byurosi (Sredazbyuro)umummintaqani qarnrab oladigan chegaralanish zarurli-gi to'g'risidagi masalani respublikalar partiya organlari, partiya xodimlari muhokamasiga qo'yishga zo'r beribintildi. Bu holat, xususan, SSSR tuzilgach (1922-yil 30-dekabr) kuchaydi.
1922-yili, va ayniqsa,1923-yili yerli millatlar vakil-larining bir qancha rahbar xodimlari O'rta Osiyodaamalga oshirilayotgan milliy siyosatdan qoniqmayotgan-liklarini ochiq-oydin ma'lum qila boshladilar. 1923-yiloxirida Turkiston xodimlarining bir guruhi Markazga xatbilan murojaat qilib, unda milliy nizolar o'lkada tugatil-masdan, ko'proq avj oldirilmoqda, deb qayd etdilar.Ushbu maktubda milliy yetakchilar mavjud bo'lganma'lum milhy-hududiy nizolarni tarixan tarkib topganhududlar, aloqalar, davlat tuzumini keskin buzmasdan, har bir alohida respublika doirasida hal qilish zarur, degan fikrni ilgari surdilar. Ba'zi joylarda bu g'oyaamaliy jihatdan yuzaga chaqarildi. 1923-yil oktabridaBuxoro respublikasida turkman va tojik viloyatlari Tash-kil etildi. Keyinchalik Xorazm respublikasida muxtorturkman va muxtor qirg'iz-qozoq-qoraqalpoq viloyatla-rini tashkil etishga qaror qilindi. 1923-yil dekabrida Farg'ona vodiysi vakillari RSFSR tarkibida Farg'ona muxtor viloyati tashkil etish to'g'risida taklif bilanchiqdilar. Biroq bu fikrni o'lkadagi rahbar organlar, a vvalo partiya organlari xato fikr deb rad etdi.Chegaralash g'oyasini ishlab chiqib, maromiga yetkazishyo'li va boshqa bir qancha takliflar ham olg'a surildi.Biroq Markaz va RKP(b) Markaziy Komiteti O'rtaOsiyo byurosi yaxlit va ulkan mintaqada, a vvalo uchtaO'rta Osiyo respublikalari hududlarida yalpi hududiychegaralash chora-tadbirlarini qat'iy ilgari surdilar.
1924-yilgi milliy-hududiy chegaralash
O'rta Osiyoni chegaralab bo'lish va milliy respublikalar tuzish g'oyasi 1924-yilda amalga oshirila boshlandi. Biroq bu masalaga doir zid-diyatlar ayni davrda ham davom etaverdi. Bu kampaniyada ishtirok etishdan bo'yin tovlashga ochiq-oydinintilish hollari takrorlanaverdi, yangi loyihalar taklif etil-di. Lekin Markaz, O'rta Osiyo byurosi qattiq turib oldi.
Ammo O'rta Osiyo respublikalaridagi hukumat vapartiya organlarining nuqtai nazarlari yakdil emas edi.Turkiy xalqlar bir-biriga yaqin, degan fikr o'rtagaqo'yilar, boshqa dalillar keltirilardi. 1924-yil fevralidaBuxoro Kompartiyasi chegaralanish masalasini ko'ribchiqdi. Unda O'rta Osiyoning ma'muriy tuzih'shi yuzasi-dan taldif etilayotgan, barcha turkiy xalqlarning ildizibirligini hisobga olmaydigan siyosat o'tmish istilochilarisiyosati bilan aslida bir deb aytildi. O'rta Osiyo byurositezislardagi bu fikrlarni xato deb e'lon qilib, qattiq tan-qid ostiga oldi. Turkiston Markaziy Ijroiya Komiteti vaTurkiston kompartiyasining 10-martdagi birlashgan ken-gasliida atoqli partiya xodimlari S.Xo'janov, S.Asfandiyorov, N.Paskutskiy O'rta Osiyodagi mavjud sovetrespublikalari o'rnida O'rta Osiyo federatsiyasini tuzishto'g'risida taklif kiritdilar. Shu bilan birga S.Xo'janov Turkiston yagona, bir butun va uning yaxlithgini buzishmaqsadga muvofiq emas, deb qo'shimcha qildi.
Xorazm rahbarlarida ham alohida fikrlar mavjud edi.1924-yil martida ular respublika doirasida: turkmanlar, o'zbeklar, qirg'izlarning «sud ishlari... shariat bo'yichaolib boriladigan, milliy tillardagi... maktablari bo'lgan»muxtor viloyatlarini tuzishni takhf etdilar. 8-may kunibir guruh Xorazm rahbarlari RKP(b) MarkaziyKomitetiga «Xorazmda milliy masalani hal qilishto'g'risida maktub» yuborib, unda Xorazmni chegarala-nishga qo'shmashkni iltimos qildilar. Ular o'zlariningshu nuqtai nazarlarini respublikaning olisda joylashgan-ligi, iqtisodiy jihatdan ajralib turganligi bilan asosladilar.Bu nuqtai nazarni Xorazm Kompartiyasi MarkaziyKomiteti, jumladan, Qalandar Odinayev (1897—1938)ham qo'llab-qu vvatladi. Qalandar Odinayev 1922-yiloktabriga qadar Amudaryo viloyatida, so'ngra XorazmdaRKP(b) Markaziy Komiteti O'rta Osiyo byurosi vakilibo'lib ishladi. 1924-yil iyulda Q. Odinayev XorazmKompartiyasi mas'ul kotib vazifasidan olib Tashlandi.
O'zbekiston SSRning Tash-kil etilishi. Chegaralanishyakunlari
Turkistonda, Buxoro va Xo-razm respublikalarida amaliyish boshlab yuborildi. Komis-siyalar va kichik komissiyalarbo'lg'usi tuzilmalarning hududlari va chegaralari to'g'-risidagi masalani ishlab chiqdilar. Boshqaruv apparatlarituzib, rejalar, iqtisodiyot, byudjet, yer-suv muammolari-ni, maorif, sog'liqni saqlashni tashkil qilish muammola-rini va boshqalarni hal qildilar. Siyosiy tushuntirish ish-lari olib borildi. Materiallar matbuotda e'lon qilinar, miting va yig'ilishlar o'tkazilar edi. Milliy-hududiy che-garalanish o'tkazilishini ma'qullab rezolyutsiyalar qabulqUindi. 1924-yil 31-oktabrda O'zbekiston SSR InqilobiyKomiteti (revkom) tuzildi, u O'zbekiston respublikasituzishni boshqarib bordi. Munozaralar tobora qizib bordi. Stalin «Millatlaro'rtasidagi nizolarga xotima berish» uchun chegarala-nishni amalga oshirishga kirishishni taklif etdi. 1924-yil12-iyunda RKP(b) Markaziy Komiteti Siyosiy byurosiO'rta Osiyoda chegaralanish to'g'risidagi masalani yanabir ko'rib chiqdi va uni o'tkazish to'g'risida qaror qabulqildi. Xorazm respublikasi chegaralanishga kiritilmadi, lekin 1924-yil 26-iyulda Xorazm Kompartiyasi respub-likaning chegaralanishga kiritilishiga o'zining roziliginibildirdi.
Buxoroda maxsus qurilgan Xalq uyida 1925-yil 13-fevralda Sovetlarning I umumo'zbek qurultoyi ochildi.Unda «O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilgani to'g'risidagi deklaratsiya» qabul qilindi. O'zbe-kiston hukumatining boshlig'i qilib Fayzulla Xo'jayev saylandi. S'yezd respublika hokimiyatining oliy organla-rini rasmiylashtirdi. Respublika sovetlari Markaziy Ijroiya Komiteti raisi etib Farg'ona vodiysidan chiqqandehqon, «Qo'shchi» ittifoqining raisi Yo'ldosh Oxunboboyev (1885—1943) saylandi. Jamoat tashkilotlari hamtuzildi. O'zbekiston SSRning dastlabki poytaxti Buxorobo'lgan. Biroq ko'p o'tmay — 1925-yil aprelida poytaxtSamarqandga ko'chirildi. O'zbekiston SSR keyincha-lik- 1925-yil mayda SSSR tarkibiga kirdi. 1929-yilgachaTojikiston ASSR O'zbekiston SSR tarkibida bo'lgan.
Tuzilgan O'zbekiston SSRga TSSRdan Sirdaryo, Farg'ona va Samarqand viloyatlarining katta qismi, sobiqBuxoro Xalq Sovet Respublikasidan uning markaziy vag'arbiy qismlari, ya'ni Zarafshon, Surxondaryo vaQasliqadaryo vodiylari, shuningdek, Xorazm vohasi kirdi.O'zbekiston SSR hududi 312394 kv.km ni ishg'ol qildi.O'zbekiston SSR tarkibida Tojikiston ASSR tuzildi, bumuxtor respublika keyinchalik Tojikiston SSRga aylanti-rildi. O'zbekiston SSRning o'z aholisi,1926-yildagiro'yxatga olish ma'lumotlariga qaraganda,4447555 kishi-ni tashkil etdi, ularning 74,2 foizi o'zbeklar edi.Respublikaga 1195 ming desyatina sug'oriladigan yer, ishlab turgan 185 ta sanoat korxonalari kirdi. Bu korxonalar orasida 39 ta paxta tozalash zavodi bor edi. O'zbe-kiston SSR sanoatida 87 ming ishchi ishlardi.
Milliy-hududiy chegaralash O'zbekiston xalqlariuchun har tomonlama boshqacha ahamiyatga ega bo'ldi.U xalqning ijtimoiy-siyosiy hayotiga, madaniyatiga, an'analariga katta ta'sir ko'rsatdi. Mintaqa kartasi qay-tadan tuzildi. O'zbekiston SSRning tuzilishi esa O'zbe-kiston xalqi davlat tuzilishi tarixida diqqatga sazovorvoqealarning biri bo'lib qoldi. Lekin bu o'zbek dav-latchiligi tarixiga asos solindi, degan ma'noni anglat-maydi, albatta. Xalqimizning davlatchiligi ko'p asrlik ta-rixga ega. O'zbekiston SSR esa amalda hech qandaymustaqil siyosiy huquqlarga ega emas edi, chunki umustabid sovet tuzumining yangi shaklidagi bir qismiedi, xolos.
Milliy-hududiy chegaralash va o'zbekiston ssrning tuzilishi Turkiston — mintaqa xalq-larining yagona makoni, umumiy vatani (denemetr.com)
Download 19,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish