O’lkashunoslik fanidan oraliq savollariga javoblar. Antik davri arxeologiyasi


Rus manbalarida O‘rta Osiyo tavsifi



Download 69,43 Kb.
bet22/25
Sana15.06.2022
Hajmi69,43 Kb.
#673713
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
O‘lkashunoslik oraliq javoblar

38.Rus manbalarida O‘rta Osiyo tavsifi
N. Muravev Xiva xonligi, uning tarixi va xo„jaligi-madaniyatini batafsil tavsifini yozib qoldirgan. Uning “1819 va 1829 yillarda muzokaralar uchun Turkmaniston va Xiva mamlakatlariga jo„natilgan Gvardiya bosh shtabining kapitani Nikolay Muravevning sayohati” (“Puteshestviye v Turkmeniyu i Xivu v 1819 i 1820 gg. Gvardeyskogo generalnogo shtaba kapitana Nikolaya Muraveva, poslannogo sii strani dlya peregovorov”)ikki qismdan iborat kitobi 1822 yilda Moskvada nashr etilgan. Kitob ikki qismdan iborat. Birinchi qismi 3 bobdan iborat: 1. Sohilbo„yi Turkmanistonga sayohat. 2. Xivaga sayohat va Xiva xonligida bo„lish. 3. Ortga qaytish. Ikkinchi qismi 5 ta bobdan iborat. Birinchi bobda Xiva xonligi hududi haqida umumiy ma‟lumot berilgan. Jumladan, “Xiva xonligi shimolda Orol dengizi va uning shimoli-sharqida joylashgan cho„l bilan chegaradosh. Cho„lda qozoqlar istiqomat qiladilar. Shimoli-sharqiy hududi Amudaryo bilan tutash. Shimoli-g„arbiy tarafi cho„l va qumliklardan iborat. Bu hududda turkmanlarning Taka qavmi istiqomat qiladi”. “Xiva – poytaxt shahar. Aytishlaricha, qadimda Xivaq deb atalgan. Amudaryo o„z o„zanini o„zgartirmasdan burun, bunyod etilgan. U katta shahar. Mashhur imoratlari: madrasa, xon saroyi va ibodat qiladigan masjid bo„lib, masjid gumbazi feruza rangli koshin bilan qoplangan. Xonning hovlisi ko„p ham katta bo„lmay, unda ham bir necha kichik masjid mavjud. Uylari loydan qurilgan, ko„chalari tor. Shaharda bir necha kichik do„konlar ham bo„lib, (bozorida) haftada ikki marta oldi-sotdi bo„ladi. [Xivada] 3000 ga yaqin xonadon bo„lib, xalqi 10000 kishi atrofida”. N.Muravev kitobning ikkinchi bobida xonlikdagi o„zaro urushlar, xon va uning boshqaruvi, sudlar, mirshablar va o„lim jazosi haqida batafsil ma‟lumot keltirilgan. Uchinchi bobda xonlikning iqtisodiy ahvoli tahlil etilgan: “Xiva xonligida istiqomat qilgan xalq ko„proq g„alla yetishtirish va bog„dorchilik bilan mashg„ul. Ularning daromadi asosan g„alladandir. Hamma yerda obod qishloqlar, kanal va ariqlarning bo„ylarida ekinzorlar, uzumzorlar va sarhosil bog„lar...Sabzavotdan, Rossiyada o„sadigan karam, sholg„om va kartoshkadan boshqa ham sabzavot yetishtiriladi. Piyozi yirik bo„ladi. Xivaning qovuni va tarvuzi katta va shirin bo„ladi”. To„rtinchi bobda esa xonlikning harbiy salohiyati bayon etilib, shunday ma‟lumot keliriladi: “Xivaliklarda muntazam qo„shin yo„q. Urush chiqib qolgudek bo„lsa, qo„shin o„zbeklar va turkmanlardan tuziladi. Qo„shin asosan sipohiylar tabaqasidan. U xonning buyrug„i bilan belgilangan yerga to„planadi va asosan otliq asardan iborat bo„ladi”. Beshinchi bobda esa urf-odat, an‟ana, diniy e‟tiqodlar va etnik ma‟lumotlarni berib, o„zbeklarni quyidagicha ta‟riflaydi: “O„zbeklar umuman aqlli va yoqimli, hazil-mutoyibali yaxshi ko„radigan, biron ishga jazm qilgudek bo„lsa, qarorida qat‟iy, to„g„riso„z, yolg„onni va egrilikni yomon ko„radigan, ruhi tetik, xushbichim va jismoniy kuchli xalq”. Yegor Kazimirovich Meyendorf (1794 – 1863) harbiy sohadan tashqari ilmiy faoliyat bilan shug„ullangan, ayniqsa matematikaga katta qiziqish bilan qaragan. O„rta Osiyoga uyushtirilgan elchilikda Ye.K.Meyendorfga alohida vazifa yuklatilgan, xususan, u Troitskdan Buxorogacha bo„lgan yo„lning tavsifini yozishi, astronomik kuzatishlar o„tkazishi, bosib o„tilgan yo„nalishlarini sharhlashi, “umumiy batafsil karta” tuzishi hamda Buxaroga borish va ortga qaytish chog„ida kundalik yozib borishi lozim bo„lgan. Peterburgga qaytgach, Ye.K.Meyendorf “Rossiya elchiligining Orenburgdan Buxoroga 1820 yilgi sayohati” (“Puteshestviya Rossiyskogo posolstva iz Orenburga v Buxaru v 1820 godu”) nomli monografik tavsifini tayyorlagan va 1826 yili ushbu asarni Parijda fransuz tilida chop ettirgan. Mazkur asar keng jamoatchilik e‟tiboriga tushgan va o„sha yili Yena shahri (Germaniya sharqi)da nemis tilida chop qilingan. Kitobining rus tiliga to„liq tarjimasi taniqli bibliograf-olim Ye.K.Betger tomonidan amalga oshirilgan. Bunga qadar asarning faqat ayrim lavhalari tarjima qilinib, nashr qilingan. Kitobning birinchi qismi kundalik shaklida yozilgan. Ikkinchi qismida esa ma‟lumotlar tizimlashtirilgan. Buxoro, Xiva, Qo„qon xonliklarining hududi, tabiati, aholisi to„g„risida ma‟lumotlar berilib, Buxoro, Yangi Urganch, Xiva, Qo„qon, Toshkent, Samarqand, Termiz, Boysun, Sherobod va boshqa shaharlar haqida qiziqarli sharhlar keltirilgan. Shuningdek, asarda O„rta Osiyodagi yirik gidrografik ob‟ektlar – Orol dengizi, Amudaryo va Sirdaryo, Zarafshon, Murg„ob daryolari bilan bog„liq ma‟lumotlar berilgan. Xonliklarning geografik joylashuvi, iqlimi, aholisi soni, etnik tarkibi va mashg„ulotlari, shaharlarining tuzilishi, devor va darvozalari, savdo inshootlari, me‟moriy obidalari, qishloq joylari va ulardagi aholining kasb-kori, turmushi to„g„risida guvohlik beruvchi, shuningdek, amir va uning Shayboniyxon davridan boshlangan ajdodlari to„g„risida tarixiy ma‟lumotlar keltirilgan. Masalan, Xiva haqida shunday yozilgan: “Xiva aholisi – o„zbeklar, mamlakatni zabt etganlar va egalari, ko„chmanchi va yarimko„chmanchi turkmanlar, qoraqalpoqlar, orolliklar, biroz yahudiy va nihoyat tojiklar, yoki sartlar bo„lib, ...Xiva iqlimi, Buxoriyanikiga qaraganda, birmuncha salqinroq. Tabiiy sharoitlari o„xshash, har ikkala mamlakatda ham bir xil mahsulot ishlab chiqariladi, biroq, Xivada ishlab chiqarish kam miqdorda. Ayniqsa, Xivada shoyi kam to„qiladi, shu bois undan na xom ashyo, na matolar olib chiqiladi. Odatda, Buxoroga qaraganda u yerda non qimmatroq”. Ye.K.Meyendorf Buxoro hududini “Buxariya” deb atagan va amirligidagi shaharlar, joylarning relefi, devorlar, ko„chalar, xonadonlar, arklar, saroylar, madrasalar, masjidlar, bozorlar, qimmatbaho toshlar, bozorlardagi qullar haqida ma‟lumot keltirgan. Rus, hind, ingliz, qozoq, eroniy mahsulotlarini sanab o„tadi. Buxoro shahrining o„zbek, tojik va yahudiy aholisiga batafsil tavsif bergan: “Mamlakat cho„llar bilan o„ralgan va o„zida ham ko„plab cho„llar bor, u sababdan Buxariya aniq chegarasiga ega emas... Faqat ikkita daryosi bor bo„lib, ular juda uzun va qishloq xo„jaligi uchun nihoyatda ahamiyatlidir, bu – Zarafshon va Qashqa... ...Buxoro vohalari daraxtlar hamda ko„pgina bog„lar bilan qoplangani bois uni uzoqdan ko„rish mushkul. Vobkent tomonidan keladigan bo„lsa, u faqat taxminan 3 verst qolgandagina ko„zga tashlanadi. Bu manzara yevropalikni hayratga soladi. Shahar ichki qismida qad ko„targan gumbazlar, masjid, baland peshtoqlar, madrasalar, minoralar, saroylar, ular atrofidagi dandanali devor, devor yaqinidagi hovuz hamda tekis tomli uylar va ularning chiroyli tomorqa, bog„chalari, va nihoyat, dala, bog„, daraxtlar, hamda butun poytaxt bo„ylab va uning atrofida hukm surgan harakat, – bularning bari juda yoqimli taassurot uyg„otadi. Buxoroning ilm shahri sifatidagi qadimiy nufuzi uni juda uzoq vaqtlardan buyon ma‟rifat o„chog„i bo„lganini isbotlaydi. Bunga, u shubhasiz, savdo hamda boyliklari tufayli erishgan, zero bular sivilizatsiya taraqqiyotiga katta ta‟sir ko„rsatadi”. Ye.K.Meyendorfning “Rossiya elchiligining Orenburgdan Buxoroga 1820 yilgi sayohati” asari va unda O„rta Osiyo xonliklari hamda shaharlariga berilgan tafsilotlar o„lka xalqlari tarixi, hududning tabiati, iqtisodiy holatini yoritishda muhim manba bo„lib xizmat qiladi. E.A.Eversman. O„rta Osiyoni mukammal ilmiy tadqiq qilish XIX asrning 20-30- yillaridagina boshlanib, bu yangi bosqichni Rossiyaning Buxoroga A.Negri boshliq uyushtirgan elchilari tarkibidagi mutaxassis tabiatshunoslar X.Pander va E.A.Eversmanlar boshlab berdilar. Eduard Aleksandrovich Eversman (1794 – 1860) bir qator universitetlarda tahsil ko„rgan (Magdeburg, Berlin, Drezden). 1816 yilda Derpt universitetida esa tibbiyot doktori darjasini olgan. 1818 yilda ruslarning xizmatiga o„tgan. 1820 yilda Orenburgga kelib, bu yerda shifokorlik bo„lib, yetti yil yashagan. 1828 – 1860 yilllarda Qozon universitetida zoologiya va botanika professori bo„lib ishlagan. 1820 yilgi Negri boshchiligidagi “missiya” va 1825 yilgi Berg ekspeditsiyasida ishtirok etgan. Qozon universitetida ishlash davomida Qirg„iz (qozoq) cho„llariga yirik safarlarni amalga oshirgan. Uning“Orenburgdan Buxoroga sayohat” (“Puteshestviye iz Orenburga v Buxaru”) nomli asari 1823 yil Berlinda nemis tilida chop qilingan. Kitobning ikkinchi qismida Buxoroning tavsifi berilgan. Asarning rus tiliga yangi tarjimasi Ye.K.Betger amalga oshirgan bo„lib, u tibbiyot sohasida taniqli olim, akademik V.N.Ternovskiy tomonidan ko„rib berilgan. Sababi, unda muallif Buxorodagi an‟anaviy tibbiyot haqida boy ma‟lumotlar bergan. A.E.Eversman ma‟lumotlari B.V.Lunin tomonidan 1988 yilda e‟lon qilingan kitobga ham kiritilgan. A.E.Eversman tibbiy sohada Buxoro maktabining ilg„or ekanligini alohida ta‟kidlab, shunday yozadi: “Buxoroda shifokorlar haddan tashqari ko„p, doridarmonlar esa undan ham ko„p. Har bir o„qimishli kishi tibbiy kitoblarni o„qiganidan qaysidir ma‟noda shifokor sanaladi. Bu yerdagi shifokorlar amalda qo„llaydigan tizim va unga ko„ra davolash Braun izimiga o„xshab, hamma kasalliklarni davolash yoki davolashga xohishlarida bo„lib: dori-darmonlarni va taomlarn singari kasalliklarni ham issiq va sovuqqa ajratishadi”. Hududdagi kasalliklar haqida so„z borganda muallif birinchi bo„lib, teri osti qurti (reshta) kasalligi haqida alohida to„xtalib o„tgan. Taniqli sharqshunos, O„rta Osiyo tadqiqotchisi. Pyotr Ivanovich Demezonning (1807 – 1873) otasi asli meditsina doktori bo„lib, rus fuqaroligini qabul qilgan. Pyotr Qozon universitetiga o„qib, keyin Sankt-Peterburgda sharqshunos olim G.M.Vlangali rahbarligida sharq tillarini o„rganadi. 1829 – 1831 yillarda avval Qozon universitetida ishlab, keyin esa Orenburgga yo„llangan. Bu yerda u harbiy bilim yurtida sharq tillarini o„qitish bo„yicha katta o„qituvchi hamda Orenburg chegara komissiyasida tarjimon bo„lib ishlaydi. 1833–1834 yillarda, Orenburg harbiy gubernatori V.A.Perovskiy topshirig„iga ko„ra, Ja‟far ismi bilan, tatar mulla kiyimida Buxoroga tashrif buyuradi. Sayyohat davomida P.Demezon tadqiqot ishlarini amalga oshiradi, Markaziy Osiyo g„arbiy qismining geografiya va etnografiyasi bo„yicha qimmatli materiallarni to„plashga muvaffaq bo„ladi. 1836–1856 yillarda P.Demezon Peterburgda yashab, Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Osiyo departamenti sharq tillari bo„limining turk tillari kafedrasida faoliyat olib boradi. 1843 yildan P.Demezon butun o„quv bo„limini boshqaradi. 1846 yilda u imperatorlik Moskva Arxeologiya jamiyatini tashkil etishda ishtirok etadi va uning a‟zosi bo„lgan. 1857 yildan to umrining oxirigacha P.Demezon Parijda yashagan. Bu davrda u Xiva xoni Abulg„ozixonning turkiy tildagi “Shajarayi turk” asarini fransuz tiliga tarjima qilib, Peterburgda nashr ettiradi (1871 – 1874). P.Demezonning sayohat qaydlari 1983 yilda N.A.Xalfin muharrirligi ostida rus tilida, Moskvada chop etilgan. Buxoro haqida shunday yozadi: “Buxariya (Buxoro) yettita viloyatga bo„linadi: 1. Qorakul; 2. Yettita okrugi (tumanlari) bilan birgalikdagi Buxoro; 3. Karmana; 4. Miyonkol yoki Kattaqo„rg„on; 5. Samarkand; 6. Jizzax; 7. Qarshi; 8. Sabia (Sabiab) – Oksus daryosi qirg„oqlarida; 9. Janubiy okruglari bilan birga Balx. Buxoro shahri dengiz sathidan 1 200 fut balandlikda joylashgan. U 30 fut balandlikdagi va 26 fut qalinlikdagi devor bilan o„ralgan. Devorining 11 darvoza mavjud. ...Buxoroning bosh maydoni – Registon bo„lib, to„g„ri saroy darvozasining ro„parasida joylashgan. Ushbu maydon ancha katta bo„lsa-da, odamlar, tuyalar, otlar, eshaklar, kichik chodirlar, mahsulotlar va turli ishlab chiqarish turlari bilan shunchaki to„lib toshganki, harakat uchun atigi ikkita tor yo„lak qolgan; ulardan biri saroydan uning ro„parasidagi hovuzga qadar bo„lsa, ikkinchisi Dor-ush-shifo madrasasidan To„ko„mdo„z bozoriga qadar davom etgan”. P.Demezonning sayohat qaydlarida amirlikda ipak qurti, paxta, qorako„l terilari ishlab chiqarish haqida boy ma‟lumotlar berilgan: “Ipak qurtini Buxoro va uning atrofidagi Karmana, Miyonkol hamda umuman, suvi yetarlicha bo„lgan va tut daraxti yaxshi o„sadigan boshqa yerlarda yetishtirishadi. Buxoroda bu daraxtning ba‟zilari nihoyatda qalin bo„lib, ularni Buxorodagi anhor va barcha suv havzalari bo„ylarida uchratish mumkin. Ipak qurtlari bargi bilan oziqlanadigan tut daraxtining balandligi kamdan-kam hollarda 10 – 14 futdan oshadi. ...Paxta odatda 15 dan 25 aprelgacha oraliqda ekiladi, 15 avgustdan 10 sentabr oralig„ida esa yig„ishtirib olinadi. Hech bo„lmaganda haftada bir marta chopiq qilish (o„simlik atrofida o„sgan va Buxoroda balandligi 3 – 4 futga yetadigan begona o„tlarni o„toq qilish) lozimligi tufayli paxtakorning ishi ko„p e‟tiborni talab qiladi. ...Qora qorako„l terilari eksporti so„nggi vaqtlarda Xuroson va Koshg„arda sodir bo„lgan tartibsizliklar tufayli anchagina ziyon ko„rsa-da, bugungi kunda ham Buxoro uchun savdoning eng daromadli sohasi hisoblanadi. Karvonlar xavf to„la bo„lgani uchun yo„lga chiqishga botinmadilar: ba‟zi karvonlar butunlay talon-taroj qilingani sababli Buxoroda terining bahosi tushib ketdi”.

Download 69,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish