36.Rossiya imperiyasi tadqiqotchilarining o‘lka tarixiga oid etnografik ma’lumotlari
38-savolning javobi to’g’ri keladi
37.Rossiya va Yevropa tadqiqotchilari tomonidan o‘lkamiz etnografiyasining o‘rganilishi
38-savoldagi Rus tadqiqotchilari mavzusi tog’ri keladi. Yana ma’lumot Yevropa tadqiqotchilari haqida:
XIX asr birinchi yarmida ham bo„lmagan xorijliklar yoxud ular yollagan sayyohlarning O„rta Osiyoga tashriflari buyurdilar va o„lka haqida qimmatli ma‟lumotlar to„plashgan. O„rta Osiyoga jo„natilgan diplomatik missiya, elchilik va ekspeditsiyalarga doir ma‟lumotlar ko„pchilikni tashkil etadi. Bu davrda O„rta Osiyoga tashrif buyurgan sayyohlarning diqqat markazida Buxoro, Xiva, Qo„qon xonliklari, uning ijtimoiy-siyosiy, xo„jalik hayotini o„rganish bo„lgan. Shu asosda o„lkaning boy tarixi, etnografiyasi, statistikasi bo„yicha ko„plab tafsilotlarga boy yozma asarlarini qoldirishgan. Garchand XIX asrning boshlarida bu jarayon biroz sekin kechgan bo„lsa-da, o„lkani chuqur, mukammal ilmiy tadqiq qilish XIX asrning 20-30-yillaridan faollashdi. Mir Izzatulla. 1812 yilda Hindistondagi ingliz koloniyasining taniqli vakili Vilyam Murkroft topshirig„iga ko„ra Qo„qon xonligiga, shuningdek, Markaziy va O„rta Osiyoning qator yerlariga Mir Izzatulla tashrif buyuradi. Uning sayohati 1812 yil 20 apreldan boshlanib, 1813 yil 16 dekabrgacha – qariyb bir yildan ko„proq vaqt davom etadi. U O„rta Osiyoning Qo„qon, Samarqand va Buxoro yo„nalishlari orqali o„tib o„z sayohatnomasini ham yozib qoldirgan. Ushbu sayohatnoma o„lkaga oid qimmatli tarixiy geografik va tarixiy-etnografik ma‟lumotlar berishini hisobga olib, uning kundalik sayohatnomasiga to„xtalishni lozim ko„rdik. Chunki aynan Mir Izzatullaning O„rta Osiyoga tashrifidan so„ng XIX asrda Ost-Indiya kompaniyasining zobit va xizmatchilari o„lkani o„rganish maqsadida ko„plab sayohatlar uyushtirishdi. Ana shunday sayohatchilar sirasiga Mir Izzatullaning sayohatini uyushtirgan V. Murkroftning o„zi ham bo„lib, u Amudaryoning yuqori oqimini shaxsan o„zi tadqiq etgan. Mir Izzatulla o„zi kezib o„tgan barcha manzillarga alohida tavsif bergan. U qayd etgan bekatlar deganda nomi yo„q manzillar tushuniladi. U yerda yoqilg„i, yem-xashak va suv zaxiralari mavjud bo„lib, karvon yo„llari bo„yida joylashgani bois yo„lovchilar, sayohatchilar u yerlarda to„xtab, o„zlariga kerakli narsalarni g„amlab olishgan. Mir Izzatullaning Qo„qon xonligiga qarashli O„sh, Marg„ilon va Qo„qon shaharlari haqidagi ma‟lumotlari qimmatlidir. Ayniqsa, Qo„qon shahri, uning siyosiy hayoti haqidagi bayoni mazmunlidir: “...devorlar bilan o„ralmagan bu yirik shaharning shakllanishi Norbo„tabiy davriga to„g„ri keladi; avvallari qo„rg„ondan uncha katta bo„lmagan. Suvlar shaharning barcha ko„chalari bo„ylab oqadi (har bir uy oldidan). Hozirgi hukmdorning nomi – Umarxon. Ikki yil avval 1228 hijriyda (1813 yil 4 yanvar) uning katta akasi Olimxon (sobiq xon)ning butun mamlakat aholisini ezishi natijasida qo„l ostidagi qo„shinlari uning Toshkentda ekanligidan foydalanib, Umarxonni xon etib saylashdi. Shundan so„ng xon Olimxon bir o„zi hokimiyatni qarshiliksiz qaytarib olish maqsadida poytaxtga yo„l oldi. Biroq shaharga yetmay yo„lda o„ldirildi. U va ukasi Umarxon Norbo„tabiyning o„g„illari edi”. Shuningdek, Mir Izzatulla Qo„qon armiyasi, aholisi, tili, ularning diniy e‟tiqodlari, pul munosabatlari haqida ham ma‟lumot bergan. Qo„qon xonligiga qarashli shaharlarni to„g„ri qayd etgan: O„sh, Namangan, Koson, Chust, Andijon, Marg„ilon, Konibodom, Isfara, Xo„jand, Toshkent, Sayram, Turkiston. Mir Izattullaning sayohatnomasi bilan tanishib shunga amin bo„lishimiz mumkinki, u asosan ma‟lum maqsadlar uchun tuzilgan. Ya‟ni u Qo„qon xonligining harbiy holati, aholisi, daryolari, yem-xashak, yoqilg„i manbalari, qulay yo„llarini batafsil yoritgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |