29.O’lkaning o’rta asrlar davri tarixini o’rganishda rasmiy hujjatlarning o’rni
1. Oliy va mahalliy hukmdorlar mahkamasidan chiqqan rasmiy hujjatlar (yorliqlar, farmonlar, inoyatnomalar, moliyaviy-hisobot daftarlari, rasmiy yozishmalar). Ijtimoiy-siyosiy, ayniqsa, iqtisodiy munosabatlarga oid masalalarni o„rganishda rasmiy hujjatlar, moliyaviy - hisobot daftarlari va yozishmalarning ahamiyati benihoya kattadir. Rasmiy hujjatlar ijtimoiy-siyosiy hayotni ma‟lum yuridik shaklda bevosita va ko„p hollallarda aynan qayd etishi bilan qimmatlidir. Lekin ularning orasida, ayniqsa, rasmiy yozishmalarda sohtalari ham uchrab turadi. Shuning uchun ham ulardan foydalanilganda diqqat-e‟tibor va zo„r ehtiyotkorlik talab qilinadi. Hujjatlar ustida ish olib borganda, undan biron ijtimoiy-siyosiy voqea yoki faktni talqin etish uchun foydalanish jarayonida, bittasi bilan kifoyalanmasdan, o„xshash bir necha hujjat, manbalarni qo„shib o„rganmoq zarur, chunki bitta hujjatda faqat bir kelishuv yoki fakt ustida gap boradi. Shuning uchun faqat bir hujjat bilan ma‟lum ijtimoiysiyosiy masala ustada qat‟iy fikr yuritib, umumlashtirib qat‟iy xulosaga kelib bo„lmaydi.
30.O’rta asrlar sayyoh va elchilar kundaliklarida O‘rta Osiyo
38-savoldagi javob to’g’ri keladi
31.Qadimgi Baqtriya va Zarafshon aholisi.
Zarafshon vohasi hududida Yevrosiyoning yevropeoid va mongoloid kabi ikki asosiy irq o'rtasida chegara mintaqasini tashkil etadi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, 1971-yilda arxeolog G. Shishkin Afrosiyobning shimoliy qismidan miloddan avvalgi V asrga oid odam skeletini topdi. Skelet qadimgi so'g'dhk boiib, bo‘yi 172 sm, tiriklikdagi vazni 68 kg ga yaqin boigan. Ulaming bosh tuzilishi hozirgi o‘zbek va tojiklarga o‘xshash va orqa tomoni yassi boigan. Bu esa 0 ‘rta Osiyoda bolani beshikka yotqizish qadimdayoq keng tarqalganini ko‘rsatadi. So‘g‘dliklaming peshonasi tik va keng, qirraburun boigan, yuzi o‘rtacha kenglikda, lekin mongoloid irqiga xos, yuzining yapaloqligi ko‘rinmaydi. Bu belgilar so‘g‘dhklaming yevropeoid irqiga mansub ekanligidan dalolat beradi, ular o‘zining irqiy xususiyatlari bilan shu davrdagi Shimoliy Baqtriya odamlariga o‘xshaydi. Demak, yevropeoid irqiga mansub 0 ‘rta Osiyo ikki daryo oraligi tipi, ya’ni hozirgi o‘zbeklarga va tekislikda yashovchi tojiklaiga xos tip miloddan avvalgi 1 mingyillik o‘rtalaridayoq So g'd hududida tarqalgan. Shuni ta’kidlash kerakki, yuqorida keltirilgan antropologik tipdan tashqari, so‘g‘dliklar orasida uzun boshli 0 ‘rtayer dengizi irqiga mansub boiganlar ham uchraydi. Samarqand yaqinidagi Kofirqal’a va Buxoro viloyatidagi Poykentda olib borilgan arxeologik qazishmalar paytida topilgan o‘rta asrga oid odam suyaklari So‘g‘d hududida yashovchi xalqlar yevropeoid irqining 0 ‘rta Osiyo ikki daryo oraligi antropologik tipi bilan tavsiflanishini ko‘rsatadi. Miloddan awalgi 1 mingvillik o‘rtalaridan to milodning VI asrlarigacha, ya’ni taxminan ming yil davomida So‘g‘dda yashagan Kushon Baqtriyasi aholisi to‘g‘risida o‘tgan asr 50-yillaming boshlaridagina ilk paleoantropologik ashyolar topilgan va ular 0 ‘rta Osiyo antropologiyasining bilimdoni B.V. Ginzburg tomonidan tadqiq etilib, nashr qilindi. Keyinroq janubiy Tojikistonda Kushon Baqtriyasining ko‘chmanchi-chorvador aholisidan qolgan so‘nggi Tulxar va Orixtov qo‘rg‘on qabrlaridan ko‘plab antropologik ashyolar topildi. Ulami tadqiq etish natijalari Kushon Baqtriyasi aholisi yevropeoid irqining har xil guruhlari bilan, xususan, qishloq aholisi, asosan, Sharqiy O 'rtayer dengizi tipi belgilari bilan ifodalangan. Qishloq aholisi uchun boshning cho‘zinchoq shaklda boiishi, «dolixokefaliya» (dolixo - uzun, «kefaliya» - bosh), yuzi mgichka, cho‘ziq yoki o‘rtacha darajada cho‘ziq boiib, bumi tor, lekin sezilarli darajada bo‘rtib turishi kabi morfologik belgilar xosQishloq aholisi antropologik tip jihatidan o‘zgarishlaiga uchramaydi va bronza hamda ilk temir davri aholisiga xos irqiy xususiyatlami saqlab qoladi (T. Xodjayev). Shahar aholisi esa o‘z tarkibida qishloq aholisiga xos irqiy xususiyatlar bilan bir qatorda, 0 ‘rta Osiyoning shimoliy hududlardagi chorvador aholi ko‘pincha mongoloid aralashmasiga ega bo‘lgan yevropeoid urug‘ining ta sinda shakllandi, u hozirgi o'zbeklar va tekisliklarda vashovchi tojiklarda namoyon bo‘ladi. Kushon Baqtriyasining paleoantropologik ashyolarda butun 0 ‘rta Osiyo uchun xos bo‘lgan tarixiy qonuniyatni ko‘rish mumkin. Antik davrda kelgan ko'chmanchi-chorvador qabilalar shahar muhitiga kirib borib mahalliy aholi bilan aralasha borgan. 0 ‘rta Osiyo mintaqalarida qadimda mahalliy yevropeoid irqning mavjudligi antropologik materiallar asosida isbotlandi. 1947-1948-yillarda professor M.M. Dvakonov rahbarligidagi Kofimihon arxeologik ekspeditsiya guruhi tomonidan qadimgi Baqtriya tarkibiga kirgan janubiy Tojikistonning Hisor tumanidagi To‘pxona deb nomlangan joydan 37 ta qabr ochilgan edi. Qabrlardagi jasadlarning qo‘yilish xususiyatlarini va sanasini hisobga olib, M. Dyakonov ulami to'rt tipga bo‘lgan edi: 1. Milodiy VI-VIII asrlarga; 2. Milodiy IV-VI asrlarga; 3. Milodiy I—III asrlarga; 4. Miloddan avvalgi I - milodiy I asrlarga. Olim qadimgi Baqtriya aholisining asosiy qismi yevropeoid irqining braxikran (dumaloq boshli) tipidagi ( 0 ‘rta Osiyo daryo oralig'idagi tip) kishilari bo‘lganligini va irqiy jihatdan qo‘shni So‘g ‘diyonaning hozirgi aholisiga juda o‘xshashligini ta’kidlaydi. V. Ginzburg, yuqorida aytilganlardan xulosa qilib, hozirgi kunlarda (ya’ni bizning davrimizda) «Hisor tog laridan shimolda va uning janubidagi mintaqalarda yashovchi xalqlar qadimgi Baqtriya va So‘g ‘diyona aholisining keyingi avlodlaridir», deb yozgan edi. Demak, hozirgi o‘zbek va tojik xalqlarining antropologik jihatdan o‘xshashliklari qadimgi davrlarda hosil bo‘lgan. Ko‘p asrlar davomida bular bir-birkri bilan aralashib kelishlari natijasida Markaziy Osiyo vohalarida (tog‘li tojiklar bundan mustasno) Pomir-Farg‘ona ( 0 ‘rta Osiyoning ikki daryo oralig‘idagi) antropologik tip vujudga kelgan. 0 ‘rta Osiyoda daryo oralig‘idagi (Pomir-Farg‘ona) antropologik tipi mahalliy (avtoxton) antropologik tip ekanligini, bu tip kishilari boshqa yerdan kelmaganligi, uning hozirgi 0 ‘zbekiston hududida qo‘shni
Do'stlaringiz bilan baham: |