2.Antik davri migratsiyalari va etnik jarayonlari (yuechjilar, usunlar, xioniylar, toxarlar, eftalitlar va b.). O'rta Osiyo xalqlarining etnik shakllanishida bu hududga ko'chib kelgan turli elat va qabilalar ham ma'lum ma'noda ishtirok etganlar. Yuechjilar, xioniylar, kidariylar, eftaliylar shular jumlasidandir. O'rta Osiyo ikki daryo oralig'i tipi Sirdaryoning o'rta havzasida aniq antropologik tip bo'lib shakllangan davrda bu hududlarda "Qovunchi madaniyati" shakllanadi. So'nggi arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko'ra milodiy II-III asrlardan boshlab Farg'ona vodiysi, Samarqand hududlari, IV-V asrda esa Buxoro vohasi, Qashqadaryo va Surxon vohalarida Qovunchi madaniyatining ta'siri seziladi. IV asrning oxirlaridan boshlab, O'rta
Osiyoda yirik turkiy etnoslar xioniylar va eftaliylarning o'troqlashuv jarayonlari kuchayadi. V-VI asrlarga kelib, eftaliylar va xioniylarning asosiy qismi turg'un hayotga o'tadilar. Bu qabilalar o'troq hayot kechirib an'anaviy chorvachilik bilan bir vaqtda dehqonchilik bilan shug'ullanganliklari haqida yozma va arxeologik manbalar ma'lumotlar beradi.
T. mil. av. 2-asr oʻrtalarida bir guruh koʻchmanchi qabilalarning Sharqiy Turkistondan chiqib, jan.gʻarbda YunonBaqtriya podsholigshsh bosib olishida ishtirok etadilar va Amudaryoning yuqori havzasida joylashib qoladilar. Ptolemey (mil. 1-asr) T.ni "Baqtriyaning eng katta xalqi" sifatida tilga oladi. Ilk oʻrta asrlarda Baktriya oʻlkasining Toxarispgon nomi bilan yuritila boshlanishi ham ularning milodning ilk asrlaridan boshlab Baqtriya aholisining koʻp sonli va hukmron tabaqasini tashkil etganligini koʻrsatadi. Baqtriya oʻlkasi qad. Xitoy yilnomalarida Dasya shaklida qayd etiladiki, tadqiqotchilar uning toxar soʻzining xitoycha talaffuzidir, deb hisoblaydilar.
T.ning ilk vatani masalasi bahsli. Bir qism tadqiqotchilar fikricha, ularning ilk ona yurti Shim. Qora dengizboʻyi yoki Volgaboʻyi dashtlari boʻlib, mil. av. 3ming yillikda Old Osiyo orqali sharqqa, Oʻrta Osiyo orqali Sharqiy Turkistonga borib joylashganlar. Boshqa tadqiqotchilar fikriga koʻra, T.ning ilk vatani aynan Sharqiy Turkiston boʻlib, ular bu yerning avtoxton (tub joy) aholisi bulgan va mil. av. soʻnggi asrlarda Oʻrta Osiyo va Baqtriyaga koʻchib oʻtishgan. Bir qancha tadqiqotchilar qad. Xitoy yilnomalaridagi yuechji va yunonrim manbalaridagi T.ni bitta xalq deb, hisoblashadi va ular dastlab hozirgi Xitoydagi Gansu (Kengsuv) viloyatida yashaganliklarini taʼkidlaydilar. Aynan Sharqiy Turkiston hududida T.ga mansub braxmiy xatida bitilgan koʻplab qad. yozma yodgorliklar topilgan. Ushbu yozma asarlarning asosiy qismi mil. 5—10-asrlarda yaratilgan boʻlib, aksariyati buddaviy asarlar va matnlarning toxarcha tarjimalari yoki qayta ishlanmalaridir. Bundan tashqari, Lobnor koʻli atrofidan topilgan Krorayna davlatining mil. 3—4-asrlarga mansub prakrit tilidagi hujjatlarida toxarcha suzlarning uchrashi toxar tilining ushbu davrgacha tarqalganligini koʻrsatadi.
Eftaliylar (eftalitlar, eftallar, xaytallar, abdallar, yeda) — Oʻrta Osiyoning shimoli-sharqidan Movarounnahrning ichki viloyatlariga kirib, milodiy V asr - VI asrlarda davlat barpo etgan qabila ittifoqi.
E. Oʻrta Osiyo, shimoliy Hindiston, Afgʻonistonva Sharqiy Turkiston tarixida muhim rol oʻynagan. E.ning ilk ajdodlari hunlardanboʻlishi taxmin etiladi.
Miloddan avvalgi 7-asrda Xitoyning shim.gʻarbi (Xesi)da yashovchi mallasoch, koʻzi koʻk hunlarning bir qismi yashab turgan yerlarini tashlab, Pomirning togʻli viloyatlariga kelib yashaydilar. Keyinchalik ular mahalliy aholiga aralashib, tillarini ham oʻzgartiradi. Hunlarning boshqa bir guruhi Hunlar davlati yemirilgach, Jungʻoriyaga, Ila havzalariga kelib oʻrnashgan va bu yerda Yuyeban etnik uyushmasini tashkil qilgan. Yuyebandan eftal etnik nomi bilan atalgan yirik bir guruh ajralib, 3-asrda Movarounnahrga kelib oʻrnashdi/
Xioniylar — turkiy qabila. Baʼzi tadqiqotchilarfikriga kura, dastlab Oltoy togʻlari atrofida yashashgan va 4-asrning 1-yarmida jan.gʻarbga siljib, Amudaryo va Sirdaryooraligʻiga kirib kelishgan.
Xioniylar V asrda
Bu yerda dastlab ular Zarafshon vohasiniegallab, Janubga harakat qilishgan va ancha zaiflashib, sosoniylar Eroniga qaram boʻlib qolgan Kushon podsholigi oʻrnini egallaganlar hamda markazi Toxariston boʻlgan Shim.Hindiston, Afgʻoniston, Xurosonning bir kismini ham oʻz ichiga olgan X. (Xioniylar) davlatini (4— V-asrlar) barpo qilishgan. Boshqa bir guruh tadqiqotchilar esa X.ning dastlab Orol dengizi shimolida yashaganligi va yirik massaget qabilalar ittifoqiga mansub boʻlib, hunlar bilan aralashganligini taʼkidlaydilar (L.N. Gumilev, SP. Tolstov, K.V. Trever). Ularning fikricha, yunon va lotin tilidagi asarlarda X. "oq hunlar" deb atalgan. 4-asrning 70-yillarida X. sosoniylar Eroniga qarshi hujum uyushtirib, muvaffakdyatga erishganlar. Shuningdek, sosoniy podsholarVaraxran (418— 438), Yazdigard II (438—457) davrlarida ular Eronning eng yirik raqibiga aylanganlar. X. hukmronligi davom etayotgan bir paytda yangi bir sulola — kidariylar oʻrtaga chiqqan. Ular Oltoy togʻlari va Sharqiy Turkiston oraligʻidan jan.gʻarbga siljib, 420yilda Bolo (Naxshab) shahrini oʻziga karorgohqilishgan va Xioniylar davlati bilan qoʻshni boʻlib qolganlar.
Usunlar - Markaziy va Oʻrta Osiyodagi koʻchmanchi qabilalar. U. xitoy manbalariga kura, mil. av. 3-asrda yueyjilar bilan birga Dunxuan (Doʻngxuang) bilan Tangritogʻning sharqi, Qorongʻu togʻ (Kunlun)ning shim.dagi Chilan togʻi orasidagi kichik bir davlat aholisi boʻlgan. Mil. av. 177 y. ular yueyjilarning tazyiqi natijasida sharqqa siljib, xunlar orasiga (hozirgi Gansu oʻlkasining shim.sharqidagi Ersin yaylovi) borib joylashgan. U. gunmosi (kunbeyi, xoni) Nandubey oʻldirilgan. Mil. av. 160 y. uning oʻgʻli LiyeJiaobek hunlar yordamida yueyjilarni magʻlub etib, ularning hududini egallab gʻarbga siljiganlar. Yettisuvda ular kuchli davlat tashkil etgan. Uning markazi xitoy manbalarida Ili daryosining jan.dagi Chigu (Qirgʻizistondagi qad. Kizil koʻrgʻon sh.) deb yuritilgan. Mil. av. 3-asrda Usun xonligi Fargʻonaning shim.da, Kangqiya (Kangyuy, Kangʻ) ning gʻarbida bulib, uning hududiga Issiqkoʻlning shim., Balxash koʻlining jan.dagi yerlar kirgan. U.ning bir kismi kuchmasdan uz yurtlarida qolgan. Arxeologik maʼlumotlarga kura, 5-asrda U. yueyjilar bilan birga Xesi yulagida yashashgan. U.ning Xitoy bilan ittifoq bulib hunlarga qarshi uzoq muddat kurashi ularning parchalanishiga olib kelgan. Natijada Usun xonligi avar (jujan)lardan yengilib, mil. 404—410 ylarda Pomir togʻlari atrofiga borib joylashgan. 420—854 yillarda Usun xonligi aholisi 630 ming kishini tashkil qilgan. 938 y. mazkur xonlik qoraxitoylar xoniga bojxiroj toʻlaganligi haqida xitoy manbalarida maʼlumot berilgan.
U. chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullanishgan, ularning davlat tuzilishi, urfodatlari hunlar bilan uxshash bulgan.
Turkiy xalqlar, jumladan, uzbek, qozoq, qirgʻizlar tarkibiga kirgan uyshun qabilasi U. bilan aynan bir deb taxmin etiladi.Mil. aw. II asrning ikkinchi yarmida Sharqiy Turkiston hududlarida yashovchi turkiy etnik guruhlarning So'g'diyona, Baqtriya, Farg'ona vohalariga kirib kelishi sodir bo'ladi. Ular Xitoy manbalarida yuechjilar deb ataladi. Yuechjilar mahalliy hukmdorlar ustidan g'olib kelib, hokimiyatni egallaydilar va milodiy IV asrgacha davlat hokimiyatini boshqaradilar. Bir necha asrlik bu tarixiy jarayon davomida yuechjilar deb nomlangan turkiy etnik guruhlar mahalliy aholi bilan aralashib, qo'shilib ketadilar.
Milodiy IV-V asrlarda O'rta Osiyo hududiga xioniylar, kidariylar, eftaliylar nomli turkiy etnik guruhlar kirib keladilar. Kushonlar sulolasi ag'darilib, hokimiyat awal kidariylar, keyinroq eftaliylar qo'liga o'tadi. Bu suronli tarixiy jarayonda O'rta Osiyoda yana etnik aralashuv yuz beradi. Tashqaridan kirib kelgan bu turkiy etnik guruhlar mahalliy aholi tarkibiga qo'shilib ketadilar.