Botir Zokirov



Download 72,96 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi72,96 Kb.
#249248
Bog'liq
реферат Botir Zokirov


Botir Zokirov (1936. 26.4, Moskva — 1985.23.1, Toshkent) — xonanda (lirik-dramatik tenor), aktyor, rassom. Oʻzbekiston xalq artis-ti (1965). Oʻzbek zamonaviy professional estrada qoʻshiqchi (ijrochi)ligining asoschisi. Toshkent davlat konservatoriyasining vokal fakulteti (1952— 57), Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati institutining rejissyorlik fakulteti (1958—62)da taʼlim olgan. "Yoshlik" ansambli (1957), Oʻzbek davlat estrada orkestri (1958—70) yak-kaxon xonandasi. Toshkent myuzikxollining tashkilotchisi, yakkaxoni va badiiy rahbari (1972—78). 1978 yildan "Oʻzbekkonsert"ning yakkaxon xonandasi. B.Z. oʻta taʼsirchan tembrli, shirador ovozga ega boʻlgan. Ijro etgan qoʻshiklarining aksariyatini tugal va teran lirik-dramatik asar darajasiga koʻtara olgan. Repertuaridagi qator qoʻshiqlar kompozitorlar tomonidan B. 3. hamkorligida, uning ovoziga moʻljallab yaratilgan. Ijodida oʻzbek kompozitorlarining romans va qoʻshiqlari muhim oʻrin tutadi: M. Burhonov — "Maftun boʻldim", "Namedonam, chi nom dorad"; I. Akbarov — "Yor kel", "Raʼno", "Gazli", "Seni eslayman"; Sayfi Jalil — "Majnun monologi", "Kechalar yulduz sanab" va boshqa Shuningdek, estrada uslubida kayta ishlangan hind ("Nechun xayolga choʻmding?", "Dil orzusi", "Meychale"), eron ("Maro bebus", "Ayriliq qoʻshigʻi"), misr ("Arabcha tango", "Uyqum oʻgʻrisi"), suriya ("Oʻtmishimga yigʻlayman"), livan ("Goʻzal qiz"), meksikan ("Alvido muhabbat"), italyan ("Yashasin muhabbat") qoʻshikdarini, chet el mualliflaridan E. Masias, J. Brel (Fransiya), Choudhuri, R. Shankar (Hindiston), Fatxulla Sulaymon (Suriya), Farid al-Atrash (Misr), aka-uka Rahboniylar (Livan), D. Ristich (Yugoslaviya) asarlarini original (har birini oʻz tilida) ijro etgan. B. Z.ning rassom sifatida yaratgan "Avtoportret", "Saraton", "Gumbazlar", "Bolalik koʻchasi", "Chor minor" kabi asarlari maʼlum. Bir qancha hikoya, ocherk va sheʼrlar, shuningdek, "Soʻgʻd elining qoploni" operasi (Ik. Akbarov)ning librettosini yozgan. "Kichik shahzoda" (A. de Sent-Ekzyuperi), "Soya" (Ye. Shvars) asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Kinoaktyor sifatida Yosh muhandis ("Gullar ochilganda"), Rabindranat Tagor ("Olovli yoʻllar"), Abdullo ("Dahoning yoshligi") kabi obrazlar yaratgan. "Oʻzbektelefilm" studiyasi B. Z.ga bagʻishlangan "Menga qoʻshiqchizib ber" va "Aytilmay qolgan qushiq" hujjatli filmlarni, oʻgʻli Bahodir Zokirov "Oʻsha, oʻtgan kunlar" filmini suratga olgan. Toshkent koʻchalaridan bi-riga B. 3. nomi berilgan. Shuningdek, Jizzaxdagi sanʼat bilim yurti, Samarqanddagi yoshlar sanʼat markazi uning nomi bilan yuritiladi. 1994 yil B. 3. nomida estrada orkestri tashkil etildi (hozirgi "Oʻzbeknavo" qoshida). Fransiya, Avstriya, Germaniya, Kuba, shuningdek, Afrika mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. 1995 yil "Botir Zokirov jamgʻar-masi" tashkil etidsi. 1989 yil dan uning nomida zamonaviy estrada qoʻshiqchilari tanlovi oʻtkaziladi.



REFERAT

MAVZU: BOTIR ZOKIROV



Raxmonberdiyev Farhod
Download 72,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish