Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti alimov jamshid abdug’affor o’G’LI


II BOB. “SIRDARYO IES” AJ MEHNATNI RAG‘BATLANTIRISH TIZIMINI SAMARADORLIGI VA SIFATI TAHLILI



Download 145,34 Kb.
bet9/25
Sana01.07.2022
Hajmi145,34 Kb.
#722777
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Bog'liq
2 5213409703941380797

II BOB. “SIRDARYO IES” AJ MEHNATNI RAG‘BATLANTIRISH TIZIMINI SAMARADORLIGI VA SIFATI TAHLILI

2.1. “Sirdaryo issiqlik energiya stansiyasi” Aksionerlik jamiyati faoliyati texnik – iqtisodiy tavsifi


Viloyatda ishlab chiqarish korxonalari mehnatni rag‘batlantirish ko‘rsatkichlarini tahlil qilishda viloyatdagi eng yirik sanoat elekt energiya ishlab chiqarish korxonasi bo‘lgan “Sirdaryo issiqlik energiya stansiyasi” sifatida ko‘rib chiqaylik. Bu viloyatdagi mustahkam bazaga ega bo‘lgan yirik ishlab chiqarish korxonalardan biridir.Shu bilan Oʻrta Osiyodagi yirik energetika inshooti hisoblanadi. Yangiyer shahridan 30 km sharqda, Oʻzbekiston va Tojikiston chegarasidagi Shirin shahrida qurilgan. Stansiya qurilishi 1966 yilda boshlangan. Quvvati 300 MVt boʻlgan birinchi energoblok 1972 yilda, oxirgisi — 10 energoblok 1981 yilda Aksionerlik jamiyati shaklida ishga tushirilgan. Stansiya bloklardan iborat va agregatlar bino ichiga o‘rnatilgan. IESdagi barcha jarayonlar avtomatlashtirilgan. "Sirdaryo IES" AJ O‘zbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish Davlat qo‘mitasining 2001 – yil 30 –avgustdagi 259 – KPO tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yhatidan o‘tkazish inspeksiyasi tomonidan 2001 – yil 17 - sentabrda 180 – son bilan ro‘yhatga olingan. "Sirdaryo IES" AJ 2 turdagi mahsulot assortimentiga ega bo‘lib, mijozlarni elektr energiya va issiqlik energiya mahsulotlar bilan ta’minlaydi. Elektr energiya to‘liq “Hududiy energiya tarmoqlari” AJ ga sotiladi. Bunda ta’riflarni “Milliy energiya tarmoqlari” AJ belgilab beradi. Korxona ishlab chiqarish potensialiga ko‘ra O‘rta Osiyo mintaqasida birinchi o‘rinda, jahonda 50 – o‘rinda turadi.
Asosiy texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlari sifatida quyidagilar ko‘rsatilishi mumkin:
Elektroenergiya ishlab chiqarish bo‘yicha dispetcherlik rejani bajarish. Korxona yagona energiya tizimiga ulangan bo‘lib “Hududiy energiya tarmoqlar” AJ operativ – dispetcherlik xizmati belgilab bergan rejalar bo‘yicha ishlaydi. Tartib oy va kun uchun belgilanadi va so‘z siz bajarilishini talab etadi.

  1. Yoqilg‘i solishtirma sarfi rejasini bajarish. Elektr energiya tannarxini 80-82 % qismini yoqilg‘i tashkil etadi. Korxonada yoqilg‘i sarfini tizimli pasaytirish uchun barcha choralar ko‘riladi. Tashkiliy – texnik tadbirlar yoqilg‘i energiya resurslaridan ratsional foydalanishga qaratilgan.

  2. Uskunalar uzluksiz ishlashi – buni ta’minlagani uchun personal qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish oladi.

  3. Uskunalardan foydalanishda texnika xavfsizligiga rioya qilish.

  4. Korxona umum yig‘ilishi va kuzatuvchi kengash tomonidan qabul qilinadigan biznes – reja parametrlarini bajarish.

  5. Yuqoridagi texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlarni bajarishga butun kollektiv harakatlari qaratilgan. Korxona O‘rta Osiyodagi eng quvvati yuqori elektr stansiyalardan biri bo‘lib, uning asosiy vositalari milliard dollarlar turadi. Shu paytni o‘zida yuqori mehanizatsiyalash va avtomatlashtirish hisobiga ozchilik operativ personal kifoya qiladi.

“Milliy energiya tarmoqlar” AJ tarkibidagi elektro stansiyalar elektr energiya ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishda mohiyatan monopol hisoblanadi. Mahsulot uchun ta’rif Moliya Vazirligi tomonidan o‘rnatiladi. Har bir elektr stansiya bir biri bilan qat’iy bog‘langan, ya’ni belgilangan rejadan kam ham ko‘p ham ishlab chiqarish mumkin emas. Korxona rentabelli, u yoqilg‘i energiya bilan ta’minlangan hududda bo‘lib, mamlakat elektr energiyasini 30-34 % qismini ishlab chiqaradi. Uning kunlik ishlab chiqarayotgan elektr energiyasi qiymati deyarli 1 milliard so‘m. Masalan, 2009 yilni o‘zida 329 mlrd so‘mlik elektr energiya ishlab chiqargan.
Korxona nizomiga ko‘ra korxona ustav kapitali 106 487 909 000 so‘mni tashkil etadi. Oddiy aksiyalar – 105 611 045 dona egasi nomi yozilgan aksiyalar, imtiyozli egasi yozilgan 876 864 dona aksiyalar chiqargan. Aksiyalarining nominal qiymati 1000 so‘m. Qonunchilikka ko‘ra jamiyat 10 000 000 000 dona oddiy va 5 000 000 000 dona imtiyozli egasi nomi yozilgan aksiyalar chiqarishi mumkin. Nizomga ko‘ra imtiyozli aksiyalarga dividend uning nominal qiymatini 25 % i miqdorida to‘lanadi. Jamiyat asosiy ish faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi 1996.04.26 No 223-I AJ larni va aksiyadorlarni huquqini himoya qilish to‘g‘risida” gi qonuni bilan tartibga solinadi. Aksiyalarning 51 % “Hududiy energiya tarmoqlari” AJ ga, 48 % Davlat aktivlari boshqarish agentligiga tegishli. Qolgan qismi stansiya kollektiviga tegishli.
2018 – yil 1 – kvartal hisobotiga ko‘ra ishlab chiqarish rejasi 4781 ming KwtG‘s bo‘lgan, dispetcherlik reja 4356 ming KwtG‘s bo‘lib, haqiqatda 4436 ming KwtG‘s elektr energiya ishlab chiqarilib, reja 101,9 % ga bajarilgan. Tannarxni pasaytirish boyicha 16 topshiriq bajarilgan. Shu jumladan rejada issiqlik energiyasi rejada 9,8 Gkal bo‘lib, haqiqatda 10,6 Gkal ishlab chiqarilgan. Tannarx rejada 81.27 so‘m bo‘lgan, haqiqatda 80.83 so‘mga tushirishga erishilgan. Ish o‘rinlariga xizmat ko‘rsatish ishlab chiqarish sharoitlarida mehnatni tashkil etishning juda muhim elementi hisoblanadi. U ish o‘rinlarini mehnat vositalari, buyumlari bilan ta’minlash va ishlab chikarish xususiyatiga ega bo‘lgan turli xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha butun bir tadbirlar tizimini qamrab oladi.
Stansiyada quyidagi sexlar bor: qozonturbina sexi №1, qozonturbina sexi №2, uskunalarni markaziy ta’mirlash sexi, qozonturbina uskunlarini sozlash va sinovdan o‘tkazish sexi, issiqlik o‘lchash va avtomatlashtirish sexi, kimyo sexi, elektr sex, disserlash – tuzlarni neytrallash sexi, metallar labarotoriyasi sexi, kadrlarni tayyorlash markazi, yoqilg‘i – transport sexi.
“Sirdaryo IES” AJ da buxgalteriyasi bo‘limida 13 kishi ishlaydi. Shulardan: 1 ta bosh buxgalter, 2 kishi bosh buxgalter o‘rinbosari, 1 kishi bank buxgalteri, 1 kishi soliq, 7 kishi moddiy, 1 kishi import va capital qurilish buxgalterlari. Belgilangan rejalarning amalda qanday bajarilayotgani yoki ishlab chiqarishni borishi to‘g‘risida real axvolni buxgalteriya hisobi yordamida o‘rganiladi. Buxgalteriya hisobida shakllangan ma'lumotlar pirovard natijada boshqaruv extiyojlari uchun ishlatiladi. Boshqaruv qarorlari esa tahlil ma'lumotlariga asoslanadi. Demak, iqtisodiy tahlil reja, bozordagi axvol va buxgalteriya hisobi ma'lumotlari asosida obyektdagi o‘zgarishni miqdor va sifat jihatdan o‘rganadi hamda baxo beradi.
“Sirdaryo IES” AJ rentabelligi darajasi o‘rtacha 5,6 % ni tashkil etadi. Foydasini taqsimlanishi quyidagicha :

Zahira fondiga ajratma:

10,00%

imtiyozli aksiyalarga:

1,02%

oddiy aksiyalaraga:

10,00%

jamiyat ish.ch.ni rivojiga:

78,98%

Rentabellikning mohiyatini faqat foyda shakllanishini tahlil qilish asosida ochib berish mumkin. Korxona mahsulotni sotish natijasida o‘z xarajatlarini qoplashdan tashqari foyda ham olgan taqdirda rentabelli hisoblanadi. Aslida korxona rentabelligi mazkur ko‘rsatkichlardan ancha yuqori bo‘lib, bu ko‘rsatkichga sabab korxona davlat strategik obyekti bo‘lgani uchun belgilangan narxlardagina “Hududiy energiya tarmoqlari” AJ ga realizatsiya qilinadi.



Download 145,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish