Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sadulla Avezbayev, Otabek Sadullayevich Avezbayev geoma’lumotlar bazasi va arxitekturasi


 Ma’lumotni replikalashga tayyorlash



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/131
Sana15.04.2022
Hajmi2,63 Mb.
#554310
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   131
Bog'liq
V8xRJw0Jh3k7eLLeXMnEoXt9RMkgC0PCmuG8XA08

6.2.1. Ma’lumotni replikalashga tayyorlash 
Maʼlumotlarni replikatsiya uchun tayyorlashda quyidagilarni bajarish lozim. 
 
Replikatsiya uchun maʼlumotlar to‘plamini aniqlash. 
Geomaʼlumotlar 
bazasi replikatsiyasi sizga geomaʼlumotlar bazangizdagi barcha maʼlumotlar 
to‘plamlarini yoki to‘plamosti maʼlumotlarni replikalash imkonini beradi. Shu 
maʼlumotlar to‘plamlari replikalanishi mumkin bo‘lishi uchun ular quyidagi 
talablarga javob berishi kerak: 

maʼlumotlar bazasi foydalanuvchisi maʼlumotlarni yozish uchun kirish 
huquqiga ega bo‘lishi kerak; 

barcha maʼlumotlar to‘liq versiyalangan bo‘lib, ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi 
kerak. Ularni bazaga o‘zgarishlarni ko‘chirish opsiyasi orqali versiyalangan qilib 
bo‘lmaydi. 
Ajratilgan va bir taraflama replikalar uchun sizda versiyalangan va 
versiyalanmagan maʼlumotlarni ajratish opsiyasi majvud. Ikki taraflama va bir 
taraflama replikalar qo‘shimcha talablarga ega: 

har bir maʼlumotlar to‘plamida GlobalID ustuni bo‘lishi shart. Bu ustun 
geomaʼlumotlar bazasida qatorning noyobligini saqlash uchun ishlatiladi; 


165 

barcha fazoviy maʼlumotlar yuqori aniqlikdagi fazoviy bog‘lanishda 
saqlanishi shart. 
Ushbu talablarni qanoatlantirmaydigan istalganmaʼlumotlar to‘plami 
replikaga kiritilmaydi. Replikatsiyalanadigan maʼlumotlar ro‘yxati avtomat tarzda 
tegishli maʼlumotlar to‘plamini kiritish uchun kengaytiriladi. Masalan, hech 
bo‘lmasa bitta tarmoq, topologiya, fazoviy obyektlar sinfi yoki obyektlar sinfi 
to‘plami replikatsiya uchun tanlanadigan bo‘lsa, unda barcha shu geometrik 
tarmoq, topologiya yoki shu obyektlar sinfi to‘plamining barcha fazoviy obyektlar 
sinflari replikatsiyalanadi. 
 
Replikatsiyalanishi kerak bo‘lgan maʼlumotlarni aniqlash.
Har bir 
maʼlumotlar to‘plami uchun siz barcha maʼlumotlar, qatorlar to‘plami yoki faqat 
sxema replikatsiyasi opsiyasini tanlashingiz mumkin. O‘zingizga kerak bo‘ladigan 
maʼlumotlarhajmi uchun replikatsiyaning bajarilishini rejalashtiring. Replikaning 
foydalanish vaqtini hisoblang va barcha talablaringiz qanoatlantirilganligini 
tekshiring.
Replikani yaratish jarayoni ikkita usul– filtrlar va munosabatlar sinflari 
yordamida replikalanishi kerak bo‘lgan maʼlumotlarni aniqlaydi. 
Filtrlarning uchta turi mavjud: 
1. Fazoviy (Spatial): replikatsiya hududini aniqlash uchun geometriyadan 
foydalaniladi.
2. Tanlovlar (Selections): maʼlumotlar alohida fazoviy obyektlar sinflari va 
jadvallardan tanlovlarni to‘plash asosida replikatsiyalanadi. 
3. So‘rovlarni aniqlovchi (Querydefs): alohida fazoviy obyektlar sinflari va 
jadvallar uchun so‘rovlarni aniqlovchi (definition queries) dan foydalaniladi. 
ArcMap da replikatsiya bajarilayotganida fazoviy filtr ArcMap hujjati 
ekstentining joriy ko‘rinishi bo‘yicha yoki grafik obyektning hozirgi vaqtdagi 
chegarasi bo‘yicha aniqlanadi. Filtr o‘z ichiga shu hududlar bilan kesishadigan 
obyektlarni oladi. Alohida qatlamlar va jadvallar uchun ham so‘rovlarni 
aniqlovchi va tanlovlar qo‘llaniladi. Agar bir necha filtrlar ishlatiladigan bo‘lsa, 
unda barcha filtrlarning kesishuvi qo‘llaniladi.


166 
Replikaga ishlov beruvchi filtrlardan maʼlumotlar qo‘shilishi bilan 
munosabatlar 
sinflari 
mantig‘idan 
foydalaniladi. 
Munosabatlar 
sinfida 
qatnashuvchi har bir maʼlumotlar to‘plami uchun qo‘shimcha qatorlar qo‘shiladi, 
agar ular replikadagi mavjud bo‘lgan maʼlumotlar bilan aloqador bo‘lsa. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish