Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 1-kurs talabasi Qo’chqarova Gavharoy Rustam qizining ilmiy referati


Majburiyatlarning vujudga kelish asoslari



Download 61,92 Kb.
bet10/14
Sana15.06.2022
Hajmi61,92 Kb.
#675469
TuriReferat
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Quchqarova Gavharoy Rustam qizi

2. Majburiyatlarning vujudga kelish asoslari 
Fuqarolik huquqlari va burchlarini keltirib chiqaradigan holatlar majburiyatga oid huquqiy 
munosabatlarni ham vujudga keltiradigan asoslar bo’lib, ular FKning 8-moddasida ko’rsatilgan. 
FKning 234-moddasida normalanganidek, majburiyatlar shartnomadan, ziyon etkazish natijasida 
hamda fuqarolik qonunlarida nazarda tutilgan boshqa asoslardan kelib chiqadi. 
Malumki, FKning deyarli barcha meyorlari shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni 
tartibga solishga qaratilgan. Bu huquqiy normalar vositasida tartibga solinadigan majburiyatlar 
jumlasiga mulkni boshqa shaxsning egaligiga topshirish (oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya 
shartnomalari)dan, mulkni operativ boshqarish huquqini o’tkazish (mahsulot etkazib berish 
shartnomasi)dan, foydalanish huquqini o’tkazish (mulk ijarasi va uy-joy ijarasi, tekin foydalanish 
to’g’risidagi shartnomalar)dan, biror ishni bajarish yoki xizmat ko’rsatish (pudrat, yuk tashish, 
topshiriq, vositachilik, sug’urta, transport ekspeditsiyasi shartnomalari)dan va boshqa shartnomalardan 
kelib chiqadigan majburiyatlar kiradi. Hozirgi bozor munosabatlari sharoitida turi tadbirkorlik 
subektlari o’rtasida tuziladigan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlar alohida ahamiyatga 
egadir. 
Davlat organlarining qonunda fuqarolik huquq va majburiyatlari vujudga kelishining asosi 
sifatida nazarda tutilgan hujjatlari ham majburiyatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bunday hujjatlar 
turli ko’rinishlarda – davlat buyurtmasi yoki mamuriy hujjatlar shaklida bo’lishi mumkin. 
Masalan, “Qishloq xo’jaligi ekinlarini bahorgi ekishni uyushqoqlik bilan o’tkazish hamda 2000 
yilda davlat ehtiyojlari uchun harid qilinadigan qishloq xo’jaligi mahsulotlari uchun hisob-kitoblarni 
o’z vaqtida taminlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2000 yil 4 martdagi qarori
1
ga ko’ra, 2000 yil uchun paxta tolasining davlat haridlari 
hajmi uni etishtirish hajmining 30 foizi darajasida saqlab qolingan. Davlat haridlari asosan FKning 
457-464-moddalarida belgilangan davlat ehtiyojlari uchun tovarlar etkazib bo’yicha davlat kontrakti 
(shartnomalari) asosida amalga oshiriladi. Ushbu davlat buyurtmasi uning taraflari mahsulot etkazib 
beruvchi (ijrochi) va davlat tayyorlov tashkiloti o’rtasida tegishli majburiyatlarni yuzaga keltiradi. 
Fuqarolarga uy-joylardan foydalanish huquqini beradigan order ham mamuriy dalolatnoma 
sifatida uy boshqarmasi bilan order olgan fuqaro o’rtasida uy-joy ijarasi shartnomasini tuzishga va shu 
bilan muayyan majburiyatlarni vujudga keltirishga asos bo’ladi. 
Fuqarolik huquqiy majburiyat sudlar tomonidan chiqarilgan hujjatlar (hal qiluv qarorlari, 
ajrimlar, hukmlar) asosida ham vujudga kelishi mumkin. Qonun yo’l qo’ygan asoslarda mol-mulkning 
mulk sifatida olinishi natijasida ham (masalan, egalik huquqini vujudga keltiruvchi muddat hosil 

1
/Халқ сўзи, 2000 йил 7 март сони. 


112
bo’lganligi sababli) majburiyat kelib chiqishi mumkin. Bir tomonlama bitimlar ham fuqarolik huquqiy 


majburiyatlarni keltirib chiqaruvchi yuridik faktlar jumlasiga kiradi. Bunday bitimga muvofiq 
shaxsning erki ikkinchi bir shaxsga huquq va majburiyat keltirib chiqaradi. Bir tomonlama bitimlarga 
misol qilib vasiyatnomani ko’rsatish mumkin. Vasiyat bo’yicha, masalan, mulk olish huquqi va 
marhumning qarzlarini to’lash majburiyati vujudga kelishi mumkin. 
Yaratilgan ixtiro va foydali model, buyumlarning sanoat namunalari, fan, adabiyot hamda sanat 
asarlari qonun talablariga javob berishi kerak. Tegishli qonunlardagi normalarga muvofiq bu yaratilgan 
narsalar uni yaratgan shaxs bilan o’zga shaxslar, shuningdek tegishli davlat tashkilotlari o’rtasida 
majburiyatlarning kelib chiqishiga asos bo’ladi. 
FKning 234-moddasida ko’rsatilganidek, fuqaroga yoki tashkilotga ziyon etkazish ham muayyan 
majburiyatlar tug’diradi. Bunday majburiyatlar, odatda, shartlashilmagan majburiyatlar deb ataladi. 
Majburiyatlar qonunlarda belgilanganidek, hech bir asoslarsiz boshqa shaxsning mol-mulkini 
egallab olishi yoki tejab qolishidan kelib chiqadi. Asossiz olingan yoki tejab qolingan mol-mulk 
jabrlanuvchiga asl holida qaytarilishi lozim, agar buning imkoniyati bo’lmasa, mol-mulk qo’lga 
kiritilishi paytidagi haqiqiy qiymatini to’lash, agar qo’lga kirituvchi orttirilgan boylikning asossizligini 
bilganidan keyin darhol uning qiymatini to’lamagan bo’lsa, mol-mulk qiymatining keyingi o’zgarishi 
tufayli ko’rilgan zararni to’lash majburiyati vujudga keladi. 
Boshqa shaxslarning ishlarini topshiriqsiz bajarganlik sababli kelib chiqadigan majburiyatlar 
to’g’risidagi qoidalar ham qonunlarda mavjud. 
Qonunlarda ko’rsatilishicha, boshqa shaxs manfaatlarini ko’zlab topshiriq olmay harakat qilgan 
shaxs, shu munosabat bilan qilgan zarur xarajatlarning, shuningdek boshqa haqiqiy zararni to’lanishini 
talab qilishga haqli. Agar manfaatdor shaxs topshiriq olmay harakat qilgan shaxsning ishini maqullasa, 
bunday hollarda FKning topshiriq shartnoma to’g’risidagi qoidalari qo’llaniladi va majburiyatlarning 
kelib chiqishiga asos bo’ladi. 
Fuqarolik huquqiy majburiyatlari tanlov elon qilishdan ham kelib chiqishi mumkin. Mukofot 
to’lashni oshkora vada qilish ommaviy tanlov elon qilishdan kelib chiqadigan majburiyatlarda 
muayyan ishni eng yaxshi bajarganlik yoki boshqa natijalarga erishganlik pul mukofoti to’lash yoki 
boshqa mukofot berish to’g’risida ommaviyy tanlov elon qilgan shaxs tanlovni o’tkazish shartlariga 
muvofiq uning g’olibi deb topilgan shaxsga shartlashilgan mukofotni to’lashi lozim. 
Majburiyatga oid huquqiy munosabatlar hodisalardan ham kelib chiqadi. Bunga misol qilib 
tabiiy hodisalar, masalan, yong’in yoki zilzila natijasi ijaraga topshirilgan mulkning zararlanishi tufayli 
sug’urta organiga nisbatan kelib chiqadigan majburiyatlarni ko’rsatish mumkin. 
Majburiyatlar qonunda ko’rsatilgan hollarda boshqa asoslardan ham kelib chiqishi mumkin. 

Download 61,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish