Saqlash
Kreditor ma'lum bir qiymatni oladi, uni qarzdor barcha majburiyatlarni bajarguniga qadar saqlaydi. Agar majburiyatlar bajarilmasa, qarzdor mulkni yo'qotadi, chunki u uni olishga haqli emas.
Ushbu ta'minot shakli garovning yanada rivojlangan shaklini eslatadi. Agar garovga qo'yilgan bo'lsa, kreditor garovga qo'yilgan mol-mulkka nisbatan mulk huquqiga ega bo'lmasa, unda ushlab qolish bu muammoni hal qiladi.
Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik nima?
Agar qarzdor majburiyatni bajarmagan bo'lsa, unda jarima va zararlar undiriladi.
Qarzdor, agar u majburiyatlarni bajarish uchun barcha choralarni ko'rgan bo'lsa, lekin ular hali ham bajarilmagan bo'lsa, aybsiz deb hisoblanadi.
Javobgarlik nafaqat o'z majburiyatlarini bajarmaganligi uchun, balki uchinchi tomonning aybi uchun ham mumkin, agar bu kelishuvga mos keladigan bo'lsa.
Majburiyatlarni bekor qilish
Qarzdor va kreditor o'rtasidagi majburiyatlar belgilangan shartlar bajarilgan taqdirda avtomatik ravishda bekor qilinadi.
Shuningdek, majburiyatlarni bekor qilish tomonlarning o'zlari majburiyatlarni bekor qilish to'g'risida kelishuvga erishgan taqdirda sodir bo'ladi.
Bundan tashqari, majburiyatlarning bekor qilinishi, agar qarzdor jismonan shartnoma shartlarini bajara olmasa. Qoida tariqasida, bu qarzdor vafot etgan taqdirda yoki qarzdor qonuniy qobiliyatsiz deb topilgan taqdirda sodir bo'ladi.
Agar yuridik shaxs tugatilgan bo'lsa, unda barcha majburiyatlar ularni boshqa yuridik shaxsga berish imkoniyatisiz bekor qilinadi.
1. Majburiyat va majburiyat huquqi tushunchalari
Fuqarolik huquqida majburiyat deb shunday fuqarolik huquqiy munosabatga aytiladiki, unga
asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatlarni amalga oshirishga,
chunonchi: mol-mulk topshirish, ishni bajarish, xizmatlar ko’rsatish, pul to’lash va hokazo yoki
muayyan harakatdan o’zini saqlashga majbur bo’ladi, kreditor esa – qarzdordan o’zining
majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega bo’ladi (FKning 234-moddasi).
Yuqorida berilgan tarifga ko’ra, majburiyat keng manoda huquq subektlari hisoblangan shaxslar
(tashkilotlar va fuqarolar) o’rtasida bo’ladigan fuqarolik-huquqiy xarakterdagi munosabatlarni
bildiradi.
Majburiyat tushunchasi huquqning boshqa sohalarida ham, chunonchi, mamuriy huquq, oila
huquqi, mehnat huquqi sohalarida ham beriladi. “Majburiyat” atamasi boshqa manolarda ham
ishlatiladi, masalan, majburiyat deb faqat muayyan bir harakatni qilishga, chunonchi, ijara haqini
to’lashga, sotib olingan narsaning qiymatini to’lashga qaratilgan burchga ham aytiladi.
Majburiyat subektlari va obektlari uning muhim unsurlari hisoblanadi.
Majburiyat subektlari muayyan huquqlarga ega bo’lgan va zimmasiga majburiyat olgan
shaxslardir. Har bir majburiyatda albatta, ikki taraf ishtirok etadi. Muayyan bir harakatning qilinishini
yoki muayyan harakatni qilishdan saqlanishni talab etishga haqli bo’lgan taraf – kreditor deb ataladi.
Muayyan harakatni qilishga yoki harakat qilishdan saqlanishga majbur bo’lgan taraf esa qarzdor deb
ataladi.
Majburiyatda ishtirok etuvchi kreditorning huquqi nisbiy huquq bo’ladi, chunki kreditor faqat
malum shaxs yoki shaxslarga (bir qarzdor yoki bir necha qarzdorlarga) nisbatan talab qo’yish
huquqiga ega.
Majburiyatda kreditorning talab qilish huquqi va shunga yarasha qarzdorning burchi nimaga
qarata belgilangan bo’lsa, shuning o’zi majburiyat obekti hisoblanadi. Jumladan, huquq va burchlar
Biron-bir ashyoni olishga, topshirishga, muayyan pul summasini to’lashga, biron-bir ishning
bajarilishiga qaratilgan huquqiy harakatlardan iborat bo’lishi mumkin.
Majburiyatlar majburiyat huquqi tushunchasini keltirib chiqaradi. Majburiyat huquqi – mulk
topshirish, ishlarni bajarish, xizmat ko’rsatish yoki pul to’lash bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy
munosabatlarni tartibga soladigan fuqarolik huquqiy normalar yig’indisidir. Majburiyat huquqi
jamiyatimizda mulkiy munosabatlarning eng muhim va keng sohasini, o’zining fuqarolik-huquqiy
xarakteridagi qoidalari bilan tartibga soladi. U tashkilotlar bilan fuqarolar o’rtasidagi munosabatlarni
ham, chunonchi, fuqarolarga xilma-xil tovarlar, oziq-ovqat mahsulotlarini sotishda, ularga har turdagi
xizmatlar ko’rsatish, uy-joylar berish va boshqa hollarda vujudga keladigan munosabatlarni ham
tartibga soladi.
Majburiyat huquqi fuqarolar bilan fuqarolar o’rtasidagi munosabatlarni ham, jumladan,
bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlarini olishda, uy-joy sotib olish va boshqa hollarda bo’ladigan o’zaro
munosabatlarni ham tartibga soladi. U tashkilot va fuqarolarga etkazilgan mulkiy zararning
to’lanishini, shuningdek qonun yoki shartnomalar bilan belgilangan asoslar bo’lmay turib olingan
narsalarning qaytarilishini taminlaydigan huquqlarni ham o’z ichiga oladi.
Majburiyat huquqining tizimini ikki asosiy bo’limdan: majburiyatlar to’g’risidagi umumiy
qoidalar va majburiyatlarning ayrim turlariga oid maxsus qoidalardan iborat.
Majburiyat to’g’risidagi umumiy qoidalarda (FKning 234-385-moddalari) majburiyatlarning
kelib chiqishi va bajarilishi, majburiyatlarning bajarilishini taminlash, talab qilish huquqini birovga
o’tkazish va qarzni ko’chirish, majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik va nihoyat
majburiyatlarning bekor qilinishi asoslari, majburiyat munosabatlarini vujudga keltiruvchi asosiy
huquqiy vosita hisoblangan shartnomalar va ularni tuzish, o’zgartirish hamda bekor qilish tartibi kabi
masalalar belgilanadi.
109
Majburiyatlarning ayrim turlariga bag’ishlangan FK normalari majburiyat huquqi tomonidan
tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar nihoyatda ko’p va xilma xil bo’lganligi tufayli Kodeksda
salmoqli o’rinni egallaydi. Majburiyat huquqining mazkur maxsus qismi normalari mazmuni va hajmi
bo’yicha teng bo’lmagan ikki turkumga: shartnomali majburiyatlar institutlariga va shartnomasiz
(shartnomadan tashqari) majburiyatlar institutlariga bo’lingan.
Shartnomali majburiyatlarga oid huquqiy institutlar jumlasiga oldi-sotdi, mahsulot etkazib
berish, qarz, kontraktatsiya, pudrat, mulk ijarasi, lizing, uy-joy ijarasi, yuk va yo’lovchilar tashish,
franshizing, sug’urta kabi bir qator shartnomalar asosida bo’ladigan munosabatlarni tartibga soladigan
huquqiy normalarga taalluqlidir.
Shartnomadan tashqari majburiyatlarga oid huquqiy institutlarni asosan quyidagilar: zarar
etkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar, asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan
majburiyatlar tashkil etadi.
Majburiyat mazmuni deganda, kreditorning qarzdor tomonidan muayyan harakatlar qilinishini
(yoki qilinmasligini) talab etishga bo’lgan huquqi va qarzdorning shunga yarasha bo’lgan burchi
tushuniladi. Qarzdor tomonidan qilinishi lozim bo’lgan harakatlar har hil: ashyoni egasiga (kreditorga)
topshirish, ashyolarni foydalanish uchun topshirish, malum summa pulni to’lash, biron-bir ishni
bajarish yoki xizmat ko’rsatish, qarzdor tomonidan bitimning tuzilishini taminlash, birovga etkazilgan
zararni to’lash, asossiz orttirilgan boylikni o’z egasiga qaytarish to’g’risida bo’lishi mumkin.
Yuqorida ko’rsatilgan majburiyat obektlaridan ko’rinishicha, majburiyatning mazmuni asosan
mulkiy xarakterdagi huquq va burchlardan iborat bo’lsada, huquq subektlari o’zaro mulkiy xarakterda
bo’lmagan majburiyatlar ham belgilashlari mumkin. Masalan, malum asar mualliflardan biri o’zaro
kelishuv bo’yicha muayyan vaqt ichida asarning bir qismini tuzatib, qayta ishlab kelish to’g’risida o’z
zimmasiga majburiyat olishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, majburiyatlarning mazmunida qonunga hilof bo’lmagan har qanday
mulkiy va nomulkiy harakatlarni qilishni talab etishga qaratilgan huquqlar va bu harakatlarni qilish
yuzasidan olingan majburiyatlar bo’lishi mumkin.
Majburiyat taraflarining bir-birlariga nisbatan belgilangan huquq va majburiyatlari ularning
xarakteriga qarab farqlanadi. Ular mazmuni, obektlari va subektlariga qarab quyidagi turlarga
bo’linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |