OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QO’QON PEDAGOGIKA INSTITUTI
Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 1-kurs talabasi
Qo’chqarova Gavharoy Rustam qizining
ILMIY REFERATI
Majburiyat
Majburiyat (huquqda) — fuqarolik huquqiy munosabati. Unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirish (mol-mulkni topshirish, ishni bajarish va h. k.)ga yoki muayyan harakatdan oʻzini saqlashga majbur boʻladi, kreditor esa qarzdordan oʻzining Majburiyatini bajarishni talab qilish huquqiga ega. Majburiyatning kelib chiqish asoslari, javobgarlik shartlari va shakllariga koʻra, 2 guruhga boʻlinadi: shartnomaga asoslangan Majburiyat, shartnomaga asoslanmagan (delikt) Majburiyat. Shartnomaga asoslangan Majburiyatning turlari, predmeti, yaʼni qaysi maqsadga erishishga qaratilgan boʻlishi, taraflari va ularning huquq-burchlari, Majburiyatni bajarmaslikning oqibatlari va boshqa jihatlari OʻzR Fuqarolik kodeksida bayon qilingan (29— 56-boblar.). Shartnomaga asoslanmagan, yaʼni zarar yetkazishdan kelib chiqadigan Majburiyatga kodeksning 57—58-boblari bagʻishlanadi. Ularda zarar yetkazishdan kelib chiqadigan Majburiyatga xos umumiy qoidalar; fuqaroning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplash Majburiyati; tovarlar, ishlar, xizmatlardagi nuqsonlar oqibatida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash Majburiyati koʻrsatib berilgan. Shartnomaga asoslangan Majburiyat taraflarning erkiga asosan va kelishuvi bilan vujudga keladi, bunday Majburiyatning taraflari va uning predmeti, qanday maqsadga qaratilishi oldindan maʼlum va aniq belgilangan boʻladi, Majburiyat bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun javobgarlikni belgilashda taraflarning aybi hisobga olinadi. Shartnomaga asoslanmagan Majburiyat taraflarning erki, xohishidan tashqari vujudga keladi, taraflar zarar yetkazilgandan keyin maʼlum boʻladi, predmeti zararning turi, hajmi, darajasiga qarab belgilanadi, javobgarlik zarar yetkazuvchining aybi boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar belgilanadi. Zarar yetkazuvchi faqat qonunda nazarda tutilgan hollardagina javobgarliqdan ozod boʻlishi mumkin.
Burch
Burch — kishining biror shaxs, oila, jamoa, el-yurt, Vatan oldidagi majburiyatini anglatuvchi axloqiy tushuncha. Bizda obyektiv munosabatlar ifodalanadi, yaʼni u jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va axloqiy negizlari bilan belgilanadi. Buning oziga xos xususiyatlari mavjud bolib, u insonning ichki kechinmalari, tashqaridan turib nazorat qilinmaydigan murakkab ruhiy holatini ifodalaydi. Bu iymon-eʼtiqod, onglilik, halollik, vijdon kabi tushunchalar bilan chambarchas bogʻliq. Burch qanday vazifa, kimning oldidagi majburiyat ekanligiga qarab turlicha boʻladi (milliy burch, ijtimoiy burch, umuminsoniy burch va boshqalar). Ijtimoiy va shaxsiy burch, oilada ota-onalik burchi, farzandlik burchi va boshqa burch lar bor. Burch nisbiy tushuncha. U ijtimoiy taraqqiyot jarayonida mazmunan boyib, shaklan oʻzgarib boradi. Hozirgi sharoitda insonning tabiat va avlodlar oldidagi burchi yangicha mazmun kasb etmoqda. Oilaviy burch esa jamiyat oldida turgan maqsadlar bilan yaiada uygʻunlashmoqda. Ona Vatanga, xalqqa xizmat qilish eng ulugʻ va sharafli burch hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |