Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston milliy universiteti


“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g ‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunidan



Download 0,55 Mb.
bet18/103
Sana26.07.2021
Hajmi0,55 Mb.
#129400
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   103
Bog'liq
O'zbek tili nashrga-конвертирован

“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g ‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunidan


(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016 y., 37-son, 426-modda; 2017 y., 24-son, 487-modda)

Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 -yil 12- avgustda qabul qilingan Senat tomonidan 2016- yil 24- avgustda ma’qullangan

***


  1. modda. Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy prinsiplari Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

ochiqlik va shaffoflik;

yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda yoshlarning ishtirok etishi;

yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish; ma’naviy, axloqiy va madaniy qadriyatlarning ustuvorligi; yoshlarning kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmasligi.


  1. modda. Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash; yoshlarning hayoti va sog‘ligini saqlash;

yoshlarning ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko‘maklashish;

yoshlar uchun ochiq va sifatli ta’limni ta’minlash;

yoshlarni ishga joylashtirish va ularning bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish;

yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash;

yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan, terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo‘ravonlik va shafqatsizlik g‘oyalaridan himoya qilish;

yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish; iqtidorli va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish;

yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

yoshlarda sog‘lom turmush tarziga intilishni shakllantirish, shuningdek yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va yoshlar sportini ommaviy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish; yosh oilalarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish;

yoshlarning huquqlari va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.



Topshiriq. Matnni o‘qing, matn yuzasidan o‘z fikrlaringizni bayon qiling.

Yoshlarga o‘n besh nasihat

Yaxshi vatanparvar bo‘lish, hayotda muvaffaqiyat qozonish, jisman va ruhan mukammal bo‘lish uchun mehnatni sev, ish odami bo‘l.

Yalqovlikdan uzoqlash, g‘ayratli bo‘l, vujudingni harakatga bag‘ishla, tinma olg‘a bos!

Ehtiyot bo‘l, hamma ishingda tartib va intizomga rioya qil.

Senga jamiyat tomonidan topshirilgan vazifani bekamu ko‘st ado

qil.

Sharafing, nomusing va hayotingni qo‘riqla, boshqalarning ham



sharaf va nomuslarini hurmat qil.

Haqiqatni sev, yurish-turshingda sodda va tabiiy yo‘lni tut. Samimiy, pok qalbli va haqiqatgo‘y bo‘l.

Muloyim, lutfli, marhamatli va do‘stparvar bo‘l.

Qanoatli, hammaga mehribon bo‘l. Hurmatga sazovor bo‘lgan kishilar va narsalarga ehtirom qilishni unutma.

Mardlik, jasorat va shijoatni o‘zingga shior qilib ol.

Sharaf va nomusingga dog‘ tushirish ehtimoli bo‘lgan turli kayf- safodan kech.

Lug‘at

ajdodlar – предки

ehtirom – уважение, почтение, почет, честь shijoat – храбрость, смелость, отвага samara – плод, результат

vijdon – совесть

Suhbat matni

Do‘stlik haqida

Men do‘stlik haqida juda ko‘p eshitganman. Mening do‘stlarim hammadan yaxshi, hammaning do‘stlaridan ko‘ra mehribonroq. O‘ylaymanki, do‘stlik bu bebaho ne’mat. Do‘stlarimni yaxshi va yomon kunimda yonimda turuvchi eng yaqin sirdoshlarim bo‘lganlari uchun ham hurmat qilaman va shu bilan bir qatorda ularning do‘stligimiz yo‘lida qilgan mehnatlarini qadrlayman. Biz do‘stlarimiz bilan tez-tez ko‘rishib turamiz va ularnig yutuqlari haqida suhbatlashamiz. Men ular bilan faxrlanaman.

Mening eng quvnoq, qiziqarli davrlarim maktab davrlarida bo‘lib o‘tgan. Esimda, har kuni dugonalarim bilan turli-tuman sho‘xliklar qilar edik. Lekin Dilnozaning Hamid otadan xafa bo‘lgani esimdan chiqmaydi. Bir kuni Dilnoza, Feruza, Nilufar va men ko‘chamiz yonidagi anhor yoqasida quvlashmachoq o‘ynayotgan edik. O‘shanda Hamid otaning sharpasi uzoqdan ko‘rindi. Dilnoza odatdagidek uning qo‘lidagi og‘ir yukni ko‘tarish uchun yugurgilab ketdi. U doim Hamid otaga yordamlashar, keyin esa uning og‘irini yengil qilgani va doim Hamid ota unga “barakallo” deb aytgani haqida to‘lib, toshib gapirar edi. Bugun ham shu hol takrorlansa kerak deb o‘ylagan edik, lekin Dilnoza xafa bo‘lib, ko‘zida to‘la yosh bilan keldi. Uning aytishicha, Hamid ota unga “qilgan ishing savob, lekin boshqalarga aytib g‘ururlansang, minnat bo‘ladi”, debdi. Biz uning so‘zlarini eshitib, jimgina uning yuziga termuldik.


Maqollarni yod oling

Savolni javobsiz qoldirma, Do‘stni — e’tiborsiz.

Ulug‘lik yoshda emas, boshda. Do‘stlik - barcha boylikdan afzal.

Do‘stsiz kishi bor, dushmansiz kishi yo‘q.

llmni mehnatsiz egallab bo‘lmas. Yaxshilarga yondashsang, мaqsadingga yetarsan.


Grammatik ma’lumot. O‘zbek tilida sinonimiya.

Tilimizda bir ma’noni bir necha so‘zlar yoki affikslar yordamida ifodalash mumkin. Masalan, inson bosh qismining old tomoni oraz, uzor, ruxsor, chehra, yuz, bet, aft, bashara, nusxa, turq singari sozlar orqali ifodalanadi. Shuningdek, tilimizda tilchi - tilshunos, dardchil - dardmand, о‘rinsiz - noo‘rin kabi qo‘shimchalar yordamida bir ma’noni ikki xil shaklda yuzaga chiqarish imkoniyati ham uchrab turadi.


Bir umumiy ma’noni ifodalovchi so‘z yoki qo‘shimchalarga sinonimlar deyiladi. O‘zaro sinonimik munosabatda bo‘lgan so‘z va qo‘shimchalar sinonimlar uyasi yoki sinonimlar qatori deyiladi.

So‘z maqomidagi sinonimlar lug‘aviy (leksik) sinonimlar, qo‘shimcha maqomidagi sinonimlar esa affiks sinonimlar sanaladi.

Lug‘aviy sinonimlar bir umumiy ma’noni bildirsa ham, lekin ularning ma’no darajasi, ijobiy yoki salbiy bahoga egaligi, ma’lum uslubga xoslanishi bilan bir-biridan farqlanadi. Nutqiy jarayonda so‘zlovchi maqsadiga muvofiq ravishda sinonimlar qatoridagi so‘zlardan birini tanlaydi. Masalan, yuqorida keltirilgan sinonimlar qatorida yuz so‘zidan chap tomondagi to‘rtta so‘zda (oraz, uzor, ruxsor, chehra) ijobiy baho va uchtasida(oraz, uzor, ruxsor) badiiy uslubga xoslanish belgisi bo‘lsa, o‘ng tomonidan beshta so‘zda (bet, aft, bashara, nusxa, turq) salbiy baho munosabati mavjud va bu salbiy baho ularda darajalanib, kuchayib boradi (bet ga nisbatan aft da salbiy baho kuchliroq, turq da esa hammasidan kuchliroqdir. Demak, bu beshta so‘zda salbiy baho kuchayib boradi).

Har qanday uslubiy xoslanish va so‘zlovchining bahosidan xoli bo‘lgan sinonimlar qatori a’zosi dominanta (uslubiy xoslanish va baho bildirishga ko‘ra neytral) sanaladi. Demak, yuqoridagi sinonimlar qatorida yuz dominanta sanaladi.

Sinonimlar qatoridan nutq jarayonida o‘rinli foydalanish so‘zlovchining maqsadini aniq, ravon va ta’sirchan ifodalashda katta ahamiyatga ega.

Sinonimlar asosan boshqa tillardan so‘z o‘zlashtirish natijasida yuzaga keladi. sevgi(o‘zb.) - muhabbat(arab.); kuch(o‘zb.) - qudrat (arab); buyruq(o‘zb.) - amr (arab).



Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish