Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 0,55 Mb.
bet14/103
Sana26.07.2021
Hajmi0,55 Mb.
#129400
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   103
Bog'liq
O'zbek tili nashrga-конвертирован

mardlik, botirlik, sadoqat, vafo, hamkorlik, vijdon, qadr-qimmat, insonparvarlik, mehnatsevarlik
Topshiriq. Jadvalni namunadagidek davom ettiring. “Qаhrаmоn” so‘zigа tuzilgаn kаtеgоriyali jаdvаl

Shахs tushunchа

-lаri


O‘rin-jоy tushunchаlаr

i


Mаvhum tushunchаlа

r


Fаzilаt-хislаt tushunchalar

i


Hаrаkаt- hоlаt

tushunchalari



аskаr аjdоd хаlq fаrzаnd

jаng mаydоni Vаtаn Yurt

аbаdiy аyriliq vijdоn ibrаt

jasоrаtli jоnkuyar zаbаrdаst bоtir

аrdоqlаsh bаg‘ishlаmо q

himоya qilmоq


Maqollarni o‘qing va ularning ma’nosini izohlang



Uyiga sig‘magan eliga sig‘mas. Podsho zolim bo‘lsa, yurt to‘zar, Podsho odil bo‘lsa, yurt o‘zar.

Vatan gadosi — kafan gadosi.

Vatanning vayronasi, Umrning g‘amxonasi. Xalqqa suyansang, to‘lasan, Xalqdan chiqsang, so‘lasan.

Grammatik ma’lumot. Ijtimoiy-siyosiy leksika.

Ijtimoiy–siyosiy leksika ijtimoiy hayotimizning barcha tomonlarini qamrab olib, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni yoritishga xizmat qiladi. Taraqqiyot, siyosat, jamiyat, nizo, mustaqillik, demokratiya, shaxs kabi ko‘plab so‘zlar ijtimoiy-siyosiy leksikani tashkil etadi. Bunday leksika o‘zlashgan so‘zlarni o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy-siyosiy leksika asosan, ommabop uslubdagi matnlarda uchraydi. Ommabop uslub - matbuot, radio, televideniyega xos bo‘lgan tildir. Bu uslub rasmiy va dolzarb xabarlar, axborotlar, e’lonlar, reportaj, bosh maqolalardan iborat bo‘ladi. Ularda fikr kichik hajmdagi ommabop jumlalar orqali ifodalanadi. Har bir xabarga ta’sirli, xabarning asosiy mohiyatini ifodalovchi sarlavhalar qo‘yiladi-ki, bu hol o‘quvchining diqqatini jalb qiladi.


Ommabop uslub kundalik ijtimoiy hayot ko‘zgusidir. Ommabop uslubni shakllantiruvchi vositalar ijtimoiy-siyosiy atama va birikmalardan iborat bo‘ladi: fuqarolik burchi, iqtisodiy tejamkorlik, siyosiy vaziyat, siyosiy va ijtimoiy kuchlar, iqtisodiy vaziyat, hukumat tangligi va b.
Topshiriq. Quyidagi ijtimoiy-siyosiy leksikaga xos atamalardan gaplar tuzing

Fuqarolik burchi, iqtisodiy tejamkorlik, siyosiy vaziyat, siyosiy va ijtimoiy kuchlar, hukumat tangligi.


Topshiriq. Matndagi ijtimoiy-siyosiy leksikaga oid so‘zlarni ajratib oling va tahlil qiling.

Respublika baynalmilal madaniyat markazi

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 13-yanvardagi qaroriga binoan mamlakatimizda Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil etildi. 1992-yili O‘zbekistonda turli millat va elatlarning 10 ta milliy madaniy markazi faoliyat yuritgan bo‘lsa, bugun ular 137 taga yetdi. “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida 2017-yil 24-yanvar kuni Respublika baynalmilal madaniyat markazining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Tadbirga milliy madaniy markazlar rahbarlari va faollari, parlament va hukumat a’zolari, davlat va jamoat tashkilotlari, O‘zbekistonda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev milliy madaniy markazlar faollariga Vatanimizning yuksak mukofotlarini topshirdi. Respublika baynalmilal madaniyat markazining

25 yilligiga bag‘ishlangan katta bayram dasturida san’at ustalari va milliy madaniy markazlar badiiy jamoalari ijrosida Vatan, istiqlol, tinchlik, do‘stlik va hamjihatlikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi.




  • Test topshiriqlari

  1. Ijtimoiy-siyosiy leksika asosan qanday so‘zlarni o‘z ichiga oladi?

a) sof turkiy so‘zlarni b) o‘zlashgan so‘zlarni

s) tarixiy so‘zlarni d) neologizmlarni



  1. Ijtimoiy-siyosiy atama va birikmalar qaysi uslubni shakllantiruvchi vositalar hisoblanadi?

a) badiiy uslubni b) ilmiy uslubni

s) ommabop uslubni d) rasmiy-idoraviy uslubni



  1. Ijtimoiy-siyosiy leksikaga xos so‘zlarni toping?

a) badiiy, ilmiy, ommaviy b) go‘zallik, tabassum, muhabbat

s) tovush, fonema, allofon d) siyosat, jamiyat, mafkura



  1. “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni qachon ta’sis etilgan?

a) 1994 –yil b) 1995 – yil s) 1996 – yil d) 2001 – yil

  1. “O‘zbekiston Qahramoni” unvoniga birinchi bo‘lib sazovor bo‘lgan shoir kim?

a) Erkin Vohidov b) Muhammad Yusuf

s) Ozod Sharafiddinov d) Abdulla Oripov


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

  1. Vatanparvar inson qanday bo‘lishi kerak?

  2. Siz o‘zingizni vatanparvar deb hisoblaysizmi?

  3. O‘zbek milliy qahramonlaridan yana kimlarni bilasiz?

  4. Vatan sarhadlari himoyasi deganda nimani tushunasiz?

  5. Ijtimoiy-siyosiy leksikaga oid so‘zlardan ko‘proq qaysi uslubda foydalaniladi?


Uyga vazifa. “Vatan sarhadlari himoyasi” mavzusida insho yozing.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish