Yaqin tutmog‘ini ko‘rdi-yu vojib, Vojib unvon bo‘ldi YuSUF XOS HOJIB.
O‘qish uchun material
Abu Ali ibn Sino
Ibn Sino (asl ismi Husayn, otasining ismi Abdulloh) Buxoroning Afshona qishlog‘ida hijriy 370 (980)-yilning safar oyida, amaldor oilasida tug‘ildi. Ibn Sino iste’dodli, xotirasi kuchli, zehni o‘tkir bo‘lganligi sababli o‘z davrining ilmlarini tezda egallaydi. 13 yoshidan boshlang‘ich matematika, mantiq, falsafa ilmlari bilan shug‘ullana boshladi. Tibbiyot ilmini o‘rganish bilan birgalikda u tabiblik qila boshladi. Sharq mutafakkirlarining asarlarini chuqur o‘rganish bilan birga, qadimgi yunon tabiiy-ilmiy, falsafiy merosini, xususan Aristotel, Ptolomey, Gippokrat, Pifagorlarning asarlarini ham qunt bilan o‘rgandi. 16-17 yoshida u mashhur tabib-hakim bo‘lib tanildi. 1000 - yilda Ibn Sino Buxorodan chiqib ketdi va madaniyat markazlaridan biri Xorazmga boradi. U yerda Ma’mun saroyidagi olimlar safiga qo‘shildi. Ya’ni o‘z davrining akademiyasiga qabul qilindi.
Uning “ Kitob al-qonun fit-tibb” (“ Tib qonunlari ”) , “ Kitob un- najot ” (“ Najot kitobi ”), “ Kitob ul-insof ” (“ Insof kitobi ”) kabi asarlari, geometriya, astronomiya, o‘simlik, mantiq, hayvonot olamiga oid risolalari so‘nggi yillarda yozilgan. U 1037-yil 18-iyunda Isfaxon shahrida 57 yoshida vafot etdi.
Ibn Sinoning asarlari 460dan oshgan, lekin bizgacha faqat 160ta asari yetib kelgan.
Muso al- Xorazmiy
Buyuk matematik, astronom va geograf Muhammad al-Xorazmiy VIII asrning oxiri va IX asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan. Xorazmiy dunyo faniga katta hissa qo‘shdi. U – algebra fanining asoschisi. “Algebra” so‘zi uning “Al-kitob al-muxtasar fi hisob al- jabr va al-muqobala” nomli risolasidan olingan. Uning bu arifmetikaga oid risolasi hind raqamlariga asoslangan. Hozirgi kunda biz foydalanadigan o‘nlik pozitsion hisoblash sistemasi va shu sistemadagi amallar Yevropada keng tarqalgan. Olimning “al-Xorazmiy” nomi esa “algoritm” shaklida fanda abadiy o‘rnashib, Xorazmiy asos solgan
yangi fanning nomi bo‘lib qoldi.
Xorazmiyning eng yirik astronomik asari uning “Zij”idir. Unda shaharlar, tog‘lar, dengizlar, orollar va daryolardagi 2402 ta geografik joyning aniq koordinatalari keltirilgan. Uning bu asari o‘rta asrdagi eng
birinchi geografik asar bo‘lib, keyingi davrlarda geografiya fanining rivojlanishida katta ahamiyat kasb etdi. Xorazmiy asarlari dunyoning turli kutubxonalarida saqlanib, g‘arb va sharq tillariga tarjima qilingan. Hozirda uning nomiga turli mamlakatlarda (O‘zbekiston, Turkmaniston, Eron va boshq.) mukofot va medallar ta’sis etilgan.
Lug‘at
hijriy – год по мусульманскому летосчислению iste’dod – способность, талант, дарование, дар tabib – лекарь
mutafakkir – мыслитель
qunt – прилежно, усердно
Tarjima mashqi
Абу Райхан Беруни
Абу Райхан Беруни вошел в историю науки как ученый- энциклопедист. Ему принадлежит более 150 произведений, посвященных почти всем отраслям науки того времени.
В научном наследии Беруни большое место занимает выработанный им научный метод изучения и познания природы.
Кроме этого, почти в каждом его произведении содержатся мысли о воспитании, обучении, морали и нравственности. Огромное место в своих трудах уделял Беруни таким проблемам нравственности как честь и достоинство, добро и зло, справедливость и совесть.
Беруни горячо любил свой народ, его культуру, с большим уважением относился ко всем народам, независимо от их национальностей и религиозных убеждений. Он был великим гуманистом своего времени, призывал к мирной жизни, дружеским отношениям между людьми, что он считал «драгоценнейшим даром жизни». В дружбе народов Беруни видел основу человеческого счастья и общественного прогресса.
Абу Наср Фараби
Известный среднеазиатский философ, внесший большой вклад в мировую культуру, ученый-энциклопедист Абу Наср Фараби родился в 873 г. в семье военнослужащего из тюркских племен в городе Фараб на берегу Сырдарьи. Там он получил начальное образование. Затем обучался в Шаше (Ташкенте), Бухаре, Самарканде. Позже для продолжения своего образования он отправляется в Багдад – культурный центр Арабского халифата.
С именем Фараби связан целый ряд научных достижений средних веков и развитие прогрессивной общественно- философской мысли Ближнего и Среднего Востока. Он знал 70 языков, изучил и комментировал труды древнегреческих философов и широко представил их восточному миру. В странах Востока его называли “Аристотелем Востока”.
Grammatik ma’lumot. Atamalar va ularning vujudga kelishi Tilda shunday so‘zlar borki, ular ma’lum bir fan (masalan,
tilshunoslikka oid tovush, fonema, ega, kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol, gap va h.), texnika (kalit, ko‘targich, qisqich, gayka, shayba, bolt va h.), sport (to‘p, to‘r, darvoza, himoya, hujum, kurash, yonbosh, chala, halol va h.), madaniyat (sahna, musiqa, qo‘shiq, lapar, raqs, ijro, soz, nutq va h.)ga oid tushunchalarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Bunday so‘zlar atamalar (terminlar) deb yuritiladi. Ularni o‘rganuvchi soha esa atamashunoslik (terminologiya) deb ataladi.
Termin – bilim yoki faoliyatning maxsus sohasiga doir tushunchani ifodalovchi so‘z yoki so‘z birikmasi. Sistem xarakterga egalik, o‘z terminologik maydonida bir ma’nolilikka moyillik, his-tuyg‘uni ifodalamaslik, uslubiy betaraflik kabilar terminga xos xususiyatlardir.
Hozirgi kunda “termin” so‘zi bilan bir qatorda “atama”, ”istiloh” so‘zlari ham ayni ma’noda qo‘llanmoqda. Lekin ular termin so‘zining hozirgi ma’nosini to‘liq ifoda eta olmaydi. Atama so‘zi keng ma’noda bo‘lib, geografik obyektlar, atoqli nomlarga nisbatan qo‘llanadi.
”Istiloh” so‘zini esa ”termin” ma’nosida tarixiy mavzulardagi matnlar (mas., adabiyot tarixi, Sharq falsafasi va b.)da bemalol qo‘llash mumkin.
Topshiriq. Matnni o‘qing, unda ishlatilgan atamalarga diqqat qiling.
Mikrobiologiyaning rivojlanishi tufayli sanoatda turli antibiotiklar, aminokislotalar, stearid garmonlar va enzimlar ishlab chiqarish imkoniyati tug‘ildi.
Hozirgi vaqtda sintetik yuvuvchi vositalarda gidromentlar ishlatilmoqda. Ular suvda erimaydigan murakkab organik moddalarni katalizator sifatida parchalaydi, natijada hosil bo‘lgan «mayda» molekulalar suvda yaxshi eriydi.
Mamlakatimizda yaqindan beri tarkibiga enzim qo‘shilgan yuvuvchi vositalarning yangi xillari ishlab chiqarilmoqda. «Sino» pastasi va «Ока» kir yuvish kukuni turli xil gazlamalar va sun’iy- sintetik tolalardan to‘qilgan kiyimlarni yuvish uchun mo‘ljallangan.
Topshiriq. Uch guruhga bo‘lining: 1-guruh biologiya, 2-guruh matematika, 3-guruh tilshunoslik faniga oid atamalarni yozib izohlang.
Termin deb…
oilada, ko‘cha-ko‘yda kishilarning fikr almashish jarayonida qo‘llaniladigan nutq uslubiga aytiladi
fikrni, maqsadni yaqqol, aniq qilib berishda ma’nosi aniqlashgan so‘zlarga aytiladi
s) ishlatilish doirasi nihoyatda cheklangan, aynan bir tushunchanigina ifodalab kelgan so‘zlarga aytiladi
d) b va s
O‘zbek tilida terminlar necha yo‘l bilan hosil bo‘ladi? a) 2 b)3 s) 4 d) 5
Termin so‘zi qanday ma’noni anglatadi?
a) chegara belgisi b) tinish belgisi s) imlo qoidasi d) talaffuz qoidasi
O‘zbеkistоndа fаn vа tехnikа sоhаsidаgi еng yaхshi аsаrlаr uchun bеrilаdigаn Dаvlаt mukоfоti qanday nоm bilаn аtаlаdi?
a) Mirzo Ulug‘bek b) Amir Temur s) Beruniy d) Navoiy
Qomusiy olimlarning jamiyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi nimalardan iborat?
bir necha fanlarni mukammal o‘rganib, ular rivojiga qo‘shgan hissalarida
ma’lum bir sohani mukammal egallab, uning rivojiga qo‘shgan hissalarida
s) dunyo madaniyati rivojiga qo‘shgan hissalarida
d) ma’lum bir xalq tarixini o ‘rganishga qo‘shgan hissalarida
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
Terminlarning muhim xususiyati nimadan iborat?
O‘zbek tilida terminlar qanday yo‘llar bilan hosil qilinadi?
Terminologiya so‘zining keng va tor ma’noda qo‘llanilishini qanday asoslaysiz?
Xorazmiyning eng yirik astronomik asarining nomini ayting
Siz yana qaysi qomusiy olimlarni bilasiz?
Uyga vazifa. “Ajdodlar sabog‘i” mavzusida referat tayyorlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |