2-mashq: Bu mashqda har ikkala qo’llarda ham bir xil ritmik shakl berilgan. Bu mashqda 6/8 o’lchovida ikkinchi taktidagi 3-hissaga har ikkala qo’llar bilan ham uzishga ko’nikma hosil qilish ko’zda tutilgan. Ya’ni har ikkala qo’llarda ham birinchi taktning 1-2-hissalarida choraktalik, 3-hissasida sakkiztalik, 4-5-hissalarida choraktalik va 6-hissasida sakkiztalik notalar berilgan. Ikkinchi taktda esa, har ikkala qo’llarda ham 1-2- hissalarda choraktalik nota berilib, 3-4-5-6-hissalarda pauza berilgan. Demak birinchi taktda har ikkala qo’llarda ham oddiy sxema (ikkiga) dirijorlik qilinib, ikkinchi taktda 1-2-hissalar dirijorlik qilinib, 3-hissaga aniq auftakt bilan uziladi. Qolgan hissalardagi pauzalar ichki hissiyot bilan sanalib, kelgusi taktning birinchi hissasiga aniq auftakt bilan tushiladi.
3-mashq: Bu mashq 14-mashqdagi ritmik shakllarni teskari qo’lda (o’ng qo’lda) bajarilishiga qaratilgan. Bu mashqda 6/8 o’lchovida o’ng qo’l bilan 4- hissaga uzishga ko’nikma hosil qilish ko’zda tutilgan. Ya’ni har ikkala qo’llarda ham birinchi taktning 1-2-hissalarida choraktalik, 3-hissasida sakkiztalik, 4-5-hissalarida choraktalik va 6-hissasida sakkiztalik notalar berilgan. Ikkinchi taktda esa, o’ng qo’lda 1-2-3-hissalarda nuqtali choraktalik nota berilib, 4-5-6-hissalarda nuqtali choraktalik pauza berilgan. Chap qo’lda taktning 1-2-hissalarida choraktalik, 3-hissasida sakkiztalik, 4-5-hissalarida choraktalik va 6-hissasida sakkiztalik notalar berilgan. Demak birinchi taktda har ikkala qo’llarda ham oddiy sxema (ikkiga) dirijorlik qilinib, ikkinchi taktda o’ng qo’lda 1-2-3-hissalar saqlab ko’rsatilib, aniq auftakt bilan uziladi. Chap qo’lda oddiy sxema (ikkiga) dirijorlik qilinadi. O’ng qo’lda 1-2-3-hissalar saqlab ko’rsatilib uzilgandan so’ng, kelgusi taktning birinchi hissasiga aniq auftakt berilishi zarur.
1-mashq: Bu mashqda har ikkala qo’llarda ham bir xil ritmik shakl berilgan. Ya’ni har ikkala qo’llarda ham oddiy oltitadan choraktalik notalar berilgan. Demak har ikkala qo’llar bilan ham olti hissali sxema dirijorlik qilinadi. Shuni ta’kidlash lozimkim, bu mashq turli dinamikada, turli sur’atlarda va turli xarakterlarda (Legato, stakkato) bajarilsa, talaba uchun yana ham ko’proq ko’nikma olish uchun imkoniyat yaraladi. Masalan: gammaning boshidan oxirigacha P-(piano) da yoki f-(forte)da. Gammaning boshida PP-(pianissimo) bilan boshlab yuqoriga yurishda tovushni tobora kuchaytirib ff-(fortissimo)ga etkazib, yana qaytishda tovushni tobora pasaytirib pp-(pionissimo)ga etkazib tamomlanadi. Qo’llarda dinamikani yanaham mukammal his qilish uchun birinchi takt f-(forte) da ikkinchi takt P-(piano)da va uchunchi takt yana f-(forte)da va hokozo dirijorlik qilinsa kata samara beradi. 6/4 o’lchovi
Do'stlaringiz bilan baham: |