Mashgʻulotlar jarayonini tashkil etish usuliyotlari
Jamoadagi yagona pedagogik jarayon va trener bilan oʻtkaziladigan individual
dars kurash boʻyicha trenirovka jarayonini tashkil etishning asosiy formasidir.
Sport trenirovkasi jarayonidagi darslar turli tipda boʻlishi mumkin. Bu berilayotgan
vazifalarga tayyorgarlik davri va shugʻullanuvchilar kontingentiga bogʻliq.
Darsning asosiy tiplari koʻzda tutilgan vazifalar va dars mazmuniga koʻra
quyidagicha boʻlinadi:
1. Nazariy tayyorgarlik darslari;
2. Oʻquv trenirovka darslari (umumiy jismoniy tayyorgarlik va texnik-taktik
tayyorgarlik darslari, guruhiy individual va aralash darslar);
3. Amaliy darslar – oʻquv yoki kalendar musobaqalari;
4. Koʻrsatmali (namunali) darslar;
5. Trenerlarning maxsus sborlaridagi metodik, seminar mashgʻulotlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |