Оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet225/254
Sana23.05.2023
Hajmi5,01 Kb.
#942828
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   254
Bog'liq
MUTAXASSISLIK FANLARINI O‘QITISH METODIKASI Oquv qollanma

Ixtisoslik fanlar bloki bo‘yicha: 
bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha muvofiq kasb faoliyati sohalarida 
erishilgan asosiy yutuqlar, muammolar va ularning rivojlanish istiqbollari haqida 
tasavvur hosil qilishi; 
tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha maxsus bilimlarni, kasb 
faoliyati ko‘nikmalari va uquvlarini shakllantirishi; 
ixtisoslikning aniq kasbiy va ilmiy yo‘nalishlari bilan tanishtirish, kasb 


349 
faoliyati xususiyatlari, faoliyatning ustuvor jihatlari, malakaviy talab hamda 
egallanishi zarur bo‘lgan asosiy malakalarni tarkib toptirishi; 
kasbiy-yo‘naltirilgan talablar, ijtimoiy madaniy sifatlar, mutaxassislikka xos 
bo‘lgan sifatlar (kasbiy yo‘nalganlik, bilimdonligi, kasbiy layoqat)ni 
rivojlantirishi; 
bo‘lajak kasbiy faoliyat individual metodining asosi sifatida, o‘quv-pedagogik 
harakatlarning reproduktiv va ijodiy usullarini shakllantirish; muhim kasbiy 
sifatlarni rivojlantirish, kasbiy va shaxsiy o‘zini rivojlantirish ehtiyojini yuzaga 
keltirishi; 
aniq pedagogik vaziyatda ma’lum masalalarni ajratib olish va ularni hal qilish 
usuli sifatida pedagogik tafakkurni rivojlantirishi; 
talabaning muayyan magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kelgusida ta’limni 
davom ettirishga ongli munosabatda bo‘lishiga ko‘maklashishni 
ta’minlashi lozim.
Qo‘shimcha fanlar bloki bo‘yicha 
talabalarning bakalavriat ta’lim fanlari bo‘yicha qo‘shimcha ravishda chuqur 
bilim olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishi; 
mehnat bozorida raqobatbardoshlikni ta’minlashi hamda ta’lim xizmatlari 
sohalari rivojini jadallashtirishi; 
jamiyatni pedagogizatsiyalash sharoitida pedagogik profilaktikani tashkil 
etish va amalga oshirish malakasini tarkib toptirishi; 
kasbiy faoliyat strategiyasi va taktikasini to‘g‘ri tanlay olish, kasbiy nuqtai 
nazarning barqarorligini ta’minlashi; 
ta’lim sifatiga qo‘yilayotgan talablar va mehnat bozori talablari tez 
o‘zgarayotgan sharoitda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv rejalar va 
fanlar dasturlarining moslashuvchanligini 
ta’minlashi lozim

Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlov fanlari
 
fan, texnika va texnologiyalarning 
zamonaviy yutuqlari, kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda 
tanlov fanlarining tarkibi va ularning mazmuniga qo‘yilgan talablar oliy ta’lim 
muassasasi Kengashi tomonidan belgilanadi. 
Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishining umumkasbiy va ixtisoslik fanlari 
bo‘yicha namunaviy o‘quv dasturlari asosiy mazmuniga quyidagi bo‘limlar 
kiritilgan bo‘lib, shular orqali fanlarni chuqur o‘rganish va o‘rgatish nazarda 
tutilgan.
Jumladan:
I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi 
III. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) 
IV. Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar 
V. Seminar mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
VI. Kurs ishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar 
VII. Mustaqil ta`lim va mustaqil ishlar
VIII. Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbaalari 


350 
I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni 
Oliy ta’limning fundamentalligi real dunyodagi jarayonlar, ob’ektlar va 
hodisalar orasidagi munosabatlarni ajratib bila olishga yo‘naltirilgan bo‘lib, yuqori 
malakali mutaxassislarni tayyorlashda asos sifatida qabul qilingan. Malaka 
talablari tayyorlanayotgan kadrlarning ko‘nikma va malakalariga yuqori talablarni 
qo‘ymoqda. Shu talablar zamonaviy sharoitlardan bevosita kelib chiqqan bo‘lib, 
ularning maqsadi ta’lim olayotgan yoshlardan milliy intellektual kadrlarni 
shakllantirishdan iborat. Gumanitar ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘yilgan malaka 
talablari ichida jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishining malaka talablari alohida 
o‘rin tutadi. Bu esa jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejalarida o‘z 
ifodasini topdi. 
Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarni tayyorlashda 
umumkasbiy va ixtisoslik fanlari asosiy vosita hisoblanib, jismoniy sifatlarni 
rivojlantirish va tarbiyalash, fanlarning nazariy hamda amaliy bilim, ko‘nikma 
hamda malakalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi 
Mazkur bo‘lim orqali jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladigan 
barcha umumkasbiy va ixtisoslik o‘quv fanlarining asosiy maqsadi ta’lim 
sohasining zamonaviy talablari hamda fanning o‘ziga xos ilmiy-metodik 
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Shuningdek belgilangan fanning maqsadiga erishish uchun dolzarb vazifalar 
qo‘yiladi. Fanning vazifalarini amalga oshirishda fan bo‘yicha talabalarning bilim, 
ko‘nikma va malakasiga qo‘yilgan talablar ham hisobga olinishi kerak.
III. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
Mazkur bo‘limga har bir umumkasbiy va ixtisoslik o‘quv fanlarining 
zamonaviy talablari, fanning o‘ziga xos o‘quv-uslubiy va ilmiy-metodik 
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘qitiladigan ma’ruza mavzulari hamda 
ularning asosiy mazmuni kiritiladi.
IV. Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar 
Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha kafedra professor 
o‘qituvchilari tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar 
asosiy ma`ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini amaliy 
mashg‘ulotlar orqali yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va o‘quv 
qo‘llanmalar asosida talabalar bilimlarni mustahkamlashga erishish, tarqatma 
materialllardan foydalanish, sport musobaqalarida qatnashib, o‘yinlarni tashkil 
qilish, hakamlik qilish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalarning 
bilimini oshirish, mavzular bo‘yicha ko‘rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar 
tavsiya etiladi. 
V. Seminar mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Seminar mashg‘ulotlarida talabalar mashg‘ulotlarni tashkil qilish hamda 
o‘tkazish bo‘yicha nazariy bilim, ko‘nikma hamda malakalarga ega ekanliklari 
aniqlanadi. Seminar mashg‘ulotlarida talabalar ma`ruza mashg‘ulotlaridagi 
mavzular bo‘yicha berilgan ma`lumotlarni qay darajada o‘zlashtirganligi 
aniqlanadi, baholanadi hamda ularni bilimlari yanada mustahkamlanadi. 
VI. Kurs ishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar 


351 
Talaba kurs ishini tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlari hisobga 
olgan holda quyidagi shakl va usullardan foydalanish tavsiya etiladi. 
- kurs ishlarining tarkibiy tuzilishi quyidagicha bo‘lishi maqsadga muofiqdir 
ya`ni titul varag‘i, reja, kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar 
ro‘yxati keltiriladi;
- darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini 
mukammal o‘rganish;
- mashqlar chizmasini chizish va mashq variantlarini ishlab chiqish hamda 
amaliy mashg‘ulotlarda foydalanish;
- maxsus adabiyotlar bo‘yicha mavzular ustida ishlash; 
- talabaning o‘quv, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan 
fanlar bo‘limlari va mavzularini chuqur o‘rganish; 
- faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari; 
VII. Mustaqil ta`lim va mustaqil ishlar
Talaba mustaqil ta`limni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini 
hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi. 
- darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari hamda mavzularini 
o‘rganish;
- tarqatma materiallar ma`ruzalar qismini o‘zlashtirish; 
- jismoniy tarbiya va sportga oid mashqlar, o‘yinlar chizmasini chizish 
hamda o‘yin variantlarini ishlab chiqish;
- maxsus adabiyotlar bo‘yicha mavzular ustida ishlash; 
- o‘yinda ishlatiladigan sport anjomlarini o‘rganish; 
- talabaning o‘quv, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan 
fanlar bo‘limlari va mavzularini chuqur o‘rganish; 
VIII. Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbalari 
Ushbu bo‘limga namunaviy o‘quv fan dasturilarini tayyorlashda keng 
foydalanilgan jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid asosiy va qo‘shimcha o‘quv 
adabiyotlar hamda axborot manbaalarining ro‘yxati kiritiladi.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish