Оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlashning metodik ta’minoti



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet233/254
Sana23.05.2023
Hajmi5,01 Kb.
#942828
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   254
Bog'liq
MUTAXASSISLIK FANLARINI O‘QITISH METODIKASI Oquv qollanma

4.2. Bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlashning metodik ta’minoti 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2009-yil 
22-may № 160 sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi 
Nizom”da Yakuniy Davlat attestatsiyasi bir yoki bir nechta attestatsiyalardan 
iborat bo‘lishi ko‘rsatilib, bitiruvchi talaba bitiruv malakaviy ishini himoya qilishi 
qayd etilgan. Bitiruv malakaviy ishi (BMI) ga qo‘yiladigan umumiy talablar 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2010 yil 9 
iyundagi 225-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida 
bakalavrlarning bitiruv malakaviy ishini bajarishga qo‘yiladigan talablar” asosida 
ishlab chiqilgan. 
Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishida bitiruv malakaviy ishini bajarish 
ushbu yo‘nalish mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasalaridagi bakalavrlarning eng 
muhim ilmiy tadqiqot turi hisoblanadi. Talaba va o‘qituvchining hamkorligida 
dolzarb pedagogik va metodik muammolarni hal qilish, jismoniy tarbiya va sport 
sohasiga oid ilmiy adabiyotlarni mustaqil tushunish, nazariy bilimlarni amaliyotda 
qo‘llash ko‘nikmasi rivojlanadi. Bajarilgan ishning natijalari sifatida tadqiqotda 
olingan bilimlarni tuzilmasini tahlil qilish, yangi natijalar va qonuniyatlarni 
shakllantirish tajribasini va kasbiy faoliyatiga tayyorgarlik darajasini aniqlashdan 
iboratdir.
Bitiruv malakaviy ishlariga qo‘yiladigan talablar
Bitiruv malakaviy ishlarining mavzulari tegishli oliy ta’lim muassasalaridagi 
jismoniy madaniyat mutaxassislik kafedralari tomonidan belgilanadi. Talabaga 
bitiruv malakaviy ish mavzusini tanlash imkoniyati beriladi. Bunda talaba o‘zini 
qiziqtirgan mavzuni bitiruv malakaviy ishi mavzusi sifatida olishi mumkin. Bitiruv 
malakaviy ishini tayyorlash jarayonida talabaga ilmiy rahbar va maslahatchilar 
tayinlanadi. Bitiruv malakaviy ishini tayyorlash uchun ta’lim yunalishi o‘quv 
rejasida alohida soatlar, ya’ni vaqt ajratilishi lozim. Bitiruv malakaviy ishini 
tayyorlashda talabalarga quyidagilar asos bo‘lib xizmat qiladi: a) bir kurs doirasida 
referat, kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlarining ketma-ketligi; b) bir-biriga yaqin 
fanlar: pedagogika, psixologiya, xususiy fanlar metodikasi kabi fanlardan talabalar 
tomonidan bajarilgan kurs ishlari va turli vazifalarni muvofiqlashtirish; v) 
pedagogik amaliyotning barcha ko‘rinishlaridan foydalanish va b. Talabaning 
bitiruv malakaviy ishi ustidagi izlanishlari nazariyani chuqurroq o‘rganish, ilgari 
olingan bilimlarni sistemalashtirish va ularni amaliyotda samarali qo‘llash, 
mustaqil tadqiqot olib borish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, 
eruditsiyaning o‘sishi uchun xizmat qiladi. Odatda bitiruv malakaviy ishining 
mavzusi talabaga uning so‘nggi pedagogik amaliyotga ketishidan avval beriladi va 
tasdiqlanadi. Shu paytning o‘zida unga bitiruv malaaviy ishiga oid bo‘lgan, ilmiy 
rahbar tomonidan tuzilgan va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan topshiriqlar 
beriladi. Bunda ishni yakunlash muddatlari ham ko‘rsatiladi. Topshiriqda 
talabaning ismi, familiyasi, otasining ismi, o‘qiyotgan fakulьteti va mavzusi 
yoziladi. Agar bitiruv malakaviy ishi kurs ishining davomi bo‘lsa, nimalar 
qilingani, dastlabki ma’lumotlar qanday ekanini ko‘rsatish lozim. So‘ngra qanday 


362 
masalalarni ishlab chiqish kerakligi, qanday tajribasinov ishlari rejalashtirilgani, bu 
ishlar qaerda o‘tkazilishi, bitiruvchiga kim maslahatlar berib borishini belgilash 
zarur. Talaba ishining kalendarь rejasini tuzish bilan vazifalar aniklashtiriladi. Bu 
esa o‘z o‘rnida talaba faoliyatini tashkil etish, uni doimiy nazorat qilish va zarurat 
bo‘lganda, unga ko‘maklashish imkonini beradi. Kalendarь reja adabiyotlarni 
tanlash va o‘rganish, boshqa manbalar, tajribalar bilan tanishish, tajriba-sinov 
ishlarini tashkil etish va o‘tkazish, olingan natijalarni tahlil qilish va qayta ishlash, 
xulosalar chiqarish, ilovalar tayyorlash, bitiruv malakaviy ishini uslubiy va texnik 
tomondan rasmiylashtirish, himoyaga tayyorlanish uchun sarflanadigan vaqtni 
to‘g‘ri taqsimlashga yordam beradi. Mazmunan bitiruv malakaviy ishi o‘rtasida 
uzviy bog‘lanish bo‘lishi kerak: bitiruv malakaviy ishi kurs ishining ijodiy 
rivojlanishi bo‘lib, unda kurs ishida ko‘tarilgan muammo yanada chuqurroq 
o‘rganiladi.
Bitiruv malakaviy ishini bajarish bo‘yicha ish rejasini taxminan quyidagicha 
tuzish mumkin:
1. Kurs ishining bir qirrasini chuqur tahlil qilish maqsadida tanlab olish.
2. Bitiruv malakaviy ishi mavzusini aniqlashtirish.
3. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxatini tuzish.
4. Muammoni belgilash, uning fan va amaliyotdagi o‘rnini tahlil qilish.
5. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha tayanch tushunchalarni ajratish va tahlil qilish.
6. Bitiruv malakaviy ishi rejasini tuzish.
7. Mavzuning dolzarbligini asoslash.
8. “Mavzuning dolzarbligi” nomli matnni tayyorlash, bunda ishning asosiy 
tavsifini berish (tadqiqot ob’ekti, predmeti, maqsadi, vazifalari va b.).
9. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha nazariy manbalarning chuqur tavsifini berish.
10. “Tadqiqot mavzusi bo‘yicha mavjud adabiyotlar tahlili” nomli matn 
tayyorlash. Bunda quyidagilar berilishi mumkin: a) muammo(g‘oya, masala)ning 
o‘rganilish tarixi; b) tadqiqot ob’ektini ta’riflovchi umumpedagogik va boshqa 
ilmiy qonun-qoidalar; v) didaktik qoidalar; g) metodik qoidalar; d) psixologik 
qoidalar.
11. “Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar tahliliga oid xulosalar” nomli 
matnni tayyorlash.
12. Ko‘tarilgan muammoni hal etishning turli usullarini ishlab chiqish.
13. Muammoni yechishning optimal usulini aniqlash.
14. Tajriba-sinovning dastlabki bosqichini o‘tkazishga tayyorlanish 
(metodikani 
rejalashtirish, 
ishlab 
chiqish, 
asbob-uskunalarni, 
o‘quv 
mashg‘ulotlarining va tarbiyaviy tadbirlarning reja-konspektini, didaktik test va b. 
tayyorlash).
15. O‘rganilayotgan masalaning mavjud axvoli haqida tasavvurga ega 
bo‘lish uchun tajribaning dastlabki ta’kidiy bosqichini amalga oshirish. 
16. Tajriba-sinov ishlarining tahlili, jadval, chizma, rasmlarni tayyorlash, 
natijalarni qayd etish.
17. “Tajriba-sinovning dastlabki bosqichi” nomli matnni tayyorlash. 
18. Tajriba-sinovning shakllantiruvchi bosqichini tayyorlash (tajriba olib 
borish va uni kuzatishning metod hamda vositalarini rejalashtirish, ishlab chiqish, 


363 
natijalarni qayd etish usullarini ishlab chiqish va h.z.) 
19. Tajriba-sinovning shakllantiruvchi bosqichini o‘tkazish va tahlil qilish 
(kuzatuv bayonnomalari, yozma ishlar, rasmlar, suhbat natijalari va h.k).
20. Tahlil natijalarini jadval, chizma, diagramma, rasmlarda ko‘rsatish, 
tajriba-sinovning shakllantiruvchi bosqichi bo‘yicha natija va xulosalarni yozish 
(material bunga imkon bersa).
21. “Tajriba-sinov ishlari” nomli matnni tayyorlash. Bunda tajribasinovning 
shakllantiruvchi bosqichiga tayyorgarlik ko‘rish, uni o‘tkazish sharoitlarini 
yoritish, qatnashchilar haqida ma’lumot, ularning tajribadan oldingi va tajribadan 
keyingi ko‘rsatkichlari, o‘tkazilgan (o‘quv yoki tarbiyaviy) mashg‘ulotlarning 
nomi va ketma-ketligi, natijalar tahlili, xulosa va tavsiyalarni ko‘rsatish.
22. Zarurat bo‘lganda tajriba-sinovning shakllantiruvchi bosqichini qayta 
o‘tkazish.
23. Tayyorlangan matnlarni boblar shaklida jamlash.
24. Boblar bo‘yicha xulosalarni tayyorlash va yozish.
25. Umumiy xulosalarni yozish
26. Adabiyotlar ro‘yxatini tuzish.
27. Ilovalarni (jadval, chizma, so‘rovnoma, rasm, dars yoki tarbiyaviy 
ishlarning reja-konspektlarini va h.k.) rasmiylashtirish.
28. Bitiruv malakaviy ishining mundarijasini aniqlashtirish. 
29. Titul varag‘ini yozish.
Bitiruv malakaviy ishi kurs ishining mantiqiy davomi bo‘lib, asosiy g‘oya va 
xulosalar qayta idrok etiladi, yangi ma’lumotlar, kuzatuv hamda tajriba natijalari 
bilan boyitiladi. Shu tariqa, bitiruv malakaviy ishi nazariy va amaliy jihatdan 
yuqoriroq darajadagi mukammal tadqiqot ishi bo‘ladi. Shu bilan birga, bitiruv 
malakaviy ishi yangi pedagogik tajribani (agar u ko‘zda tutilgan bo‘lsa) o‘tkazish 
davomida olingan boshqa daliliy materialning mustaqil tadqiqi yoki adabiy 
manbalarni chuqurroq o‘rganish va idrok etishning natijasidir. Bitiruv malakaviy 
ishida (tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish imkoniyati va zarurati mavjud bo‘lsa) 
pedagogik tajribaning tashkil etilishidadir. Bitiruv malakaviy ishida ta’kidlovchi 
tajriba ishi doim ham yetarli bo‘lmaydi. Ko‘pincha shakllantiruvchi tajriba 
o‘tkaziladi. Uning mohiyati shundaki, hodisa va jarayonlar qat’iy nazorat qilish va 
boshqarish sharoitida o‘rganiladi. Istalgan tajribaning asosiy tamoyili tadqiq 
qilinayotgan jarayonlarning har birida boshqa omillar o‘zgarishsiz qolgani holda 
birgina omilni o‘zgartirishdan iborat.
Tajriba ishining quyidagi bosqichlarini ajratish mumkin:
1. Faraz hamda asosiy maqsad va vazifalarni belgilash.
2. Tajriba dasturini ishlab chiqish.
3. Tadqiqot natijalarini qayd qilish usullarini ishlab chiqish.
4. Tajribani o‘tkazish.
5. Natijalarni sifat va miqdor jihatdan tahlil qilish.
6. Natijalarni umumlashtirish, izohlash, xulosalarni yozish.
Bitiruv malakaviy ishining taxminiy tuzilishi va bo‘limlarning mazmuni
1. Bitiruv ishi quyidagilardan tashkil topadi: kirish – 4-6 varaq; nazariy qism 
– nazariy masalalarni qo‘yishdan ko‘zlangan maqsad, ularni o‘rganishning 


364 
belgilangan darajasidan kelib chiqqan holda 20-25 varaq; tahlil qismi – 5-10 varaq; 
tajriba-sinov ishlari haqidagi qism – 15-20 varaq; xulosalar – 2-3 varaq; 
adabiyotlar ro‘yxatida 15-20 ta mavzuga oid maxsus adabiyotlarni kiritish 
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
2. Bitiruv ishining tuzilishi, undagi boblar mutanosibligi har bir ishning 
mavzusi, ob’ekti, predmeti, maqsadiga bog‘liq holda alohida belgilanadi. Bitiruv 
malakaviy ishining hajmi matn, jadvallar, illyustratsiya materiallari bilan birga 40-
60 sahifani tashkil etishi lozim.
3. Kirish qismida mavzuning ijtimoiy va pedagogik jihatdan dolzarbligi 
asoslanadi, muammo belgilanadi, tadqiqot ob’ekti, predmeti, maqsadi ko‘rsatiladi, 
tadqiqotning farazi, vazifalari, metodologik asosi yoritiladi, tanlangan mavzuning 
ishlanganlik darajasi aniqlanadi, tadqiqot olib borish metodlari, manbalar, 
dastlabki ma’lumot qisqacha tavsiflanadi. Kirish qismining so‘nggi varianti 
ishning boshqa qismlari tayyor bo‘lganidan keyin yoziladi.
4. Bitiruv malakaviy ishining bosh qismida mavzuning asosiy masalalari 
bo‘yicha nazariy ma’lumotlar bayon etiladi, ilmiy maktablar mualliflarining 
qarashlari tahlil qilinadi va umumlashtiriladi, ko‘rib chiqilayotgan sohada olib 
borilgan tadqiqotlar guruhlashtiriladi, turli metodik yondashuvlar baholanadi. 
Bitiruvchining uz qarashlari, kontseptsiyasi belgilanadi, bular asosida ta’kidlovchi 
va shakllantiruvchi tajribaga tayyorgarlik ko‘rish uchun metodik yondashuv 
tanlanadi. Mazkur qism mazmunini bayon etish jarayonida muallif nazariy 
bilimlardan pedagogik amaliyot tahliliga, xususiy hodisalar tahlilidan nazariy 
umumlashtirishga o‘tishi zarur.
5. Tahliliy qismda bolalarga maktabgacha ta’lim muassasasida, 
o‘quvchilarga maktab, pedagogik kollejda ta’lim-tarbiya berishning, ularni 
rivojlantirish, ta’limni tashkil etishni boshqarishning ahvoli, bunda qo‘llanayotgan 
metodlar va boshqalar tahlil qilinadi. Tadqiqotning metodologiyasi asosida 
ta’limda vujudga kelgan vaziyat tahlil qilinadi, ishning maqsad va vazifalariga 
muvofiq tanlab olingan hamda shakllantiruvchi tajriba-sinovni o‘tkazish 
metodikasini va mazmunini ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar tadqiq 
qilinadi va qayta ishlanadi.
6. Tajriba qismi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: bolalar yoki o‘quvchilarning 
jismoniy ta’lim-tarbiyasini takomillashtirish metodlari, mazmuni bo‘yicha 
ishlanmalar, ishlarni olib borish metodikasi; qo‘yilgan masala va vazifalarni hal 
etish yo‘llari; olingan natijalarni ta’lim muassasalariga joriy etish bo‘yicha 
metodik tavsiyalar. Shu maqsadda ilmiy qarashlar negizida, shaxsiy tajriba va 
pedagoglar tajribasining tahlili asosida mazkur ta’lim muassasasida 
o‘rganilayotgan hodisaning dinamikasi va hozirgi ahvoli yoritilishi kerak (avval 
ahvol qanday edi, muayyan vaqt ichida nima o‘zgardi, nimaning natijasida yutuqqa 
erishildi, miqdor va sifat o‘zgarishlari nimalarda namoyon bo‘ldi, qanday 
qiyinchiliklar duch kelindi va ular qanday bartaraf etildi va h.k.).
7. Xulosa qismida talabalarning tadqiqot ishini olib borishdagi pozitsiyasini 
ko‘rsatuvchi bajarilgan ish natijalari bo‘yicha xulosalar beriladi. Shuningdek, tahlil 
natijalari, bolalar bilan, ta’lim-tarbiya muassasalarining jamoasi bilan, bo‘lajak 
pedagoglar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar, ushbu 


365 
tavsiyalarni joriy etish yo‘llari ko‘rsatiladi.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish