Оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet226/254
Sana23.05.2023
Hajmi5,01 Kb.
#942828
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   254
Bog'liq
MUTAXASSISLIK FANLARINI O‘QITISH METODIKASI Oquv qollanma

Nazorat savollari 
1. Oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislik fanlari bo‘yicha o‘quv ishlarini 
rejalashtirishda nimalarga e`tibor berish kerak?
2. Jismoniy madaniyat ta`lim yoʻnalishida mutaxassislik fanlari bo‘yicha 
o‘quv yuklamalarni hisoblash qanday me`yoriy hujjatlar asosida olib boriladi?
3. Oliy ta’lim muassasalari professor-oʻqituvchilarining shaxsiy ish rejasini 
tuzish qanday amalga oshiriladi?
4. Oliy ta’lim muassasalari professor-oʻqituvchilarining shaxsiy ish rejasining 
qanday boʻlimlari mavjud?
5. Oliy ta’lim muassasalari professor-oʻqituvchilariga o‘quv yuklamalari 
hajmi necha soat miqdorda beriladi?
6. Oliy ta’lim muassasalari professor-oʻqituvchilariga ilmiy-tadqiqot ishlari 
boʻyicha yuklamalari hajmi necha soat miqdorda belgilanadi?
7. Jismoniy madaniyat bakalavriat ta`lim yoʻnalishida qanday umumkasbiy 


352 
fanlari mavjud?
8. Jismoniy madaniyat bakalavriat ta`lim yoʻnalishida qanday ixtisoslik 
fanlari mavjud? 
9. Jismoniy madaniyat bakalavriat ta`lim yoʻnalishida umumkasbiy va 
ixtisoslik fanlarining o‘quv dasturlarini asosiy talablariga nimalar kiritiladi?
10. Jismoniy madaniyat bakalavriat ta`lim yoʻnalishida umumkasbiy va 
ixtisoslik fanlarining o‘quv dasturlarini ishlab chiqish tartibi haqida ma`lumot 
bering?


353 
IV BOB Oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislik fanlari bo‘yicha kurs 
ishlarini bajarish va bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlashning metodik 
ta’minoti 
4.1. Mutaxassislik fanlari bo‘yicha kurs ishlarini bajarishning metodik 
ta’minoti 
Jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining bilim darajasi va sifati oliy ta’lim 
muassasalaridagi jismoniy tarbiya fakultetlarining jismoniy madaniyat ta’lim 
yo‘nalishlari uchun mo‘ljallangan hamda tasdiqlangan o‘quv rejalari asosida 
umumkasbiy fanlar va ixtisoslik fanlar bo‘limlari bo‘yicha ta’minlanadi. Jismoniy 
madaniyat ta’lim yo‘nalishida “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi”, 
“Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi” va “Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish 
metodikasi” fanlari asosiy umumkasbiy fanlar hisoblanib jismoniy tarbiya 
o‘qituvchilarini va sport murabbiylarini tayyorlashda ko‘maklashadi. Ushbu fanni 
o‘zlashtirish talabalarda ahloqiy va ma’naviy, ruhiy tayyorlanishida va pedagogik 
fikrlash, maxsus bilim, ko‘nikma va malaka tizimini shakllanishiga ko‘maklashadi.
Bular hammasi bo‘lajak yosh o‘qituvchisiga jismoniy tarbiya jarayonida 
ahloqiy, ma’naviy, vatanparvar insonlarni tarbiyalashga va amaliyot bilan 
bog‘lashda yordam beradi, yetakchi o‘qituvchi tajribalarni umumlashtirishga, 
bolalarni jismoniy takomillashtirishni yangi usullarni mustaqil ishlab chiqishga 
imkoniyat yaratadi. 
Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishining umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini 
batafsil va chuqur o‘rganish maqsadida jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishining 
o‘quv rejalarida kurs ishlarini bajarish ko‘rsatilgan. Kurs ishlarini bajarish 
“Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi”, “Gimnastika va uni o‘qitish 
metodikasi”, “Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi” va “Sport 
mahoratini oshirish” fanlari bo‘yicha rejalashtirilgan.
Kurs ishini yozilishi 2-3-4 kurslarda, 4,5,6 va 7 semestrlarida bajarish 
mo‘ljallangan. O‘qish faoliyati jarayonida talabalarda ilmiy ishga bo‘lgan qiziqish, 
qobiliyat hosil bo‘ladi va shakllanadi. Shuning uchun talaba 1 kursdan boshlab 
adabiyotlar bilan ishlash, ularni umumlashtirish, qiziqtiradigan mavzu bo‘yicha 
annotatsiya yozish, mustaqil ilmiy ish vazifalarini bajarish malakalarini egallashi 
lozim.
Zamonaviy o‘qituvchilar, ilg‘or pedagoglar, ustoz va murabbiylar ishlarida 
ilmiy tadqiqot xarakterdagi elementlari kam emas. Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi 
anatomiya, fiziologiya, biomexanika, matematika, psixologiya, fizika, gigiena va 
boshqa fanlar bo‘yicha yetarli darajada bilimga ega bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. 
O‘qituvchilar tomonidan dars jarayonida har xil ilmiy ma’lumotlardan foydalangan 
holda tashkil qilishi o‘quvchilarda ichki dunyoqarashini kengaytiradi, aqliy, 
ahloqiy va ma’naviy ko‘nikmalarini va o‘quvchilarni butun o‘rganish jarayonini 
faollashtiradi. 
Tadqiqot ish jarayonida talabalar pedagogik, tibbiy biologik, texnik – sport 
ilmiy tekshirish metodlarini o‘zlashtiradilar; materiallarni umumlashtirishda 
matematika va boshqa usullardan foydalanishga o‘rganadilar, ilmiy – tekshirish 


354 
ishlar vazifasini to‘g‘ri tanlash ko‘nikmalarini egallaydilar. Talabalarning ilmiy – 
tadqiqot ishlarining predmeti fanida o‘rgatish va tarbiyalash masalalari, tashkil 
qilish va o‘quv – tarbiyaviy ishlarini rejalashtirish, sportchi shaxsni shakllanishi, 
sport trenirovkalarining asoslari, rejalashtirish vazifalarining mazmuni, tiklanish 
jarayoni, sport turlari texnikasi va taktikasi, harakat sifatlarini rivojlantirishi, 
harakat ko‘nikmasini shakllanishi va malakalarini oshirish ta’minlanadi. 
Bo‘lajak zamonaviy o‘qituvchilar, ustoz va sport murabbiylari oldida 
shug‘ullanuvchi bolalar va o‘quvchilar salomatligiga putur yetkazmasdan, ularni 
gormonik va intelektual rivojlanishiga imkoniyat yaratishi bilan, jismoniy, estetik, 
ahloqiy rivojlanishi uchun o‘quv – tarbiyaviy va o‘quv – trenirovka jarayonini 
qanday tashkil qilishiga katta qiziqish uyg‘otadi. Bu muammoni murakkabligi 
shundaki, hamma shug‘ullanuvchilar o‘zlarining psixik sifatlari, xarakteri, hayot 
sharoiti va hokozolar bilan farq qiladi.
Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi o‘quv-uslubiy hamda ilmiy faoliyatni 
o‘rganish, shuningdek ushbu sohadagi yechimini kutayotgan dolzarb masalalarni 
har tomonlama o‘rganib shular yuzasidan ilmiy faoliyat olib borish maqsadga 
muvofiqdir. Shu boisdan jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishidagi quyidagi 
fanlardan dolzarb mavzular yuzasidan kurs ishlarini bajarish rejalashtirilgan.
- “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” fanidan 7 semestrda; 
- “Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi” fanidan 4 semestrda; 
- “Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi” fanidan 6 semestrda; 
- “Sport mahoratini oshirish” fanidan 7 semestrda kurs ishlarini yozish 
rejalashtirilgan.
Mazkur fanlardan kurs ishlarini bajarish quyidagi nizom asosida amalga 
oshiriladi.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish