Оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet227/254
Sana23.05.2023
Hajmi5,01 Kb.
#942828
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   254
Bog'liq
MUTAXASSISLIK FANLARINI O‘QITISH METODIKASI Oquv qollanma

Kurs ishlari bo‘yicha nizom. 
 
Kurs ishini yuqori darajada va sifatli bajarilishi maqsadida taxminiy nizom 
ishlab chiqildi. Nizom talablari va qoidalariga rioya qilish maqsadga muvofiqdir. 
Ular quyidagicha:
1. Kurs ishini bajarish hamma talabalar uchun majburiy, yaxshi, yuqori 
darajada bajarilgan kurs ishlari shu muammo bo‘yicha ilmiy maqola, bitiruv 
malakaviy ishlar sifatida davom ettirilishi mumkin.
2. Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kurs ishlari belgilangan 
semestrlar oxirida himoya qilinadi. 
3. Jismoniy madaniyat kafedrasi har yili kurs ishining mavzulari qayta 
ko‘riladi, o‘rganiladi, aniqlanadi va mavzular banki qayta ishlab chiqiladi. Fanlar 
bo‘yicha kurs ishining hamma mavzularida fanga oid masalalar yoritilishi 
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
4. Dastlab mavzuni tanlashda maslahat va tavsiya asosida talabalarga kurs 
ishida kafedradan biriktirilgan o‘qituvchi yordam beradi. Shu tartibda talabalar o‘zi 
kurs ishlarini mavzular bankidan mavzuni tanlaydi va tanlagan mavzusiga 
familiyasini yozib imzo qo‘yadi.
5. Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning jismoniy rivojlanish 


355 
masalalari bo‘yicha kurs ishlari jismoniy tarbiya xususiyatlarini, ularni jismoniy 
rivojlanishida o‘z tengdoshlari bilan farqlanishi, iqlim sharoiti va urf-odat asosida 
jismoniy tarbiyasi bo‘yicha farq qilishi bu ishlar asosan antropometrik o‘lchamlari 
bilan farqlanadi.
6. Bolalar jismoniy tayyorgarligi masalalari bo‘yicha kurs ishini yozishni 
harakat sifatlarining rivojlanish ko‘rsatkichlarini to‘plash, texnik va taktik 
tayyorgarligini aniqlash, jismoniy tarbiya darsi jarayonida rivojlanish dinamikasi 
asosida o‘rganish lozim, ya’ni sinov so‘rovnoma o‘tkazish va to‘plangan 
ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha kurs ishini bajarish maqsadga muvofiqdir.
7. Kurs ishida mashhur, yetakchi o‘qituvchilar tajribalarini tahlil qilish va u 
materiallarni umumlashtirish mumkin. 
8. Savol javoblar varaqasini tuzish va ularni amalga oshirish yo‘llarini, 
usullarini kiritish kerak.
9. Talabalar tomonidan kurs ishi mustaqil bajariladi: kurs ishini bajarish, 
himoya qilish jarayonida talaba kerak bo‘lgan adabiyotlarni mustaqil izlash, topish 
va ulardan kurs ishini yozilishida foydalanishni o‘rganishi, ularni tahlilini 
o‘tkazish, kerakli materiallarni, ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va 
umumlashtirish, ularni bayon etish va yozish hamda xulosa chiqarish, yozilgan 
kurs ishini yaxshi, nafisli bezatish, himoya qilish va o‘z fikrini isbotlashga 
o‘rganishlari zarur. 
10. Kurs ishiga kafedradagi professor-o‘qituvchilar rahbarlik qiladilar. 
Rahbar o‘z vazifasiga ko‘ra talabalarga kurs ishlarini bajarish tartiblari, metodlari 
va o‘tkazish usullari, yo‘llarini tanlashga metodik jihatdan yordam beradi. Kurs 
ishining bajarish darajasini baholash uchun, talabalar har oyda hisobot berib 
boradi. 
11. Ikki xafta ichida biriktirilgan rahbarlar kurs ishining mavzusi bo‘yicha 
talabalar bilan birgalikda rejasi, har bir rejaning bajarish vaqtlari, kurs ishining 
maqsadi va ish xarakteri (tarkibi), taxminiy ish hajmi va uning ayrim bo‘limlarini 
bajarish muddatlari hamda yakunlash sanasi aniqlanadi. Rahbar talaba bilan kurs 
ishini yozilishini, bajarish rejasini tuzadi va uni amalga oshirilishini nazorat qilib 
boradi. 
12 Talaba butun bajarilgan va yakunlangan kurs ishini himoyadan bir xafta 
oldin o‘z rahbariga topshirishi kerak. Rahbar kurs ishini olgandan keyin uni ko‘rib 
chiqib taqriz yozadi va unga dastlabki baho qo‘yadi, yakunlangan va himoyaga 
topshirilgan kurs ishida xatolari bo‘lmasligi kerak bunday holda kurs ishi 
himoyaga qo‘yilmaydi. 
13. Himoyaga faqat o‘z vaqtida to‘la yozilib yakunlangan kurs ishlari 
qo‘yiladi.
14. Kurs ishining himoyasi talabalar ishtirokida maxsus komissiya ochiq 
kengashida o‘tkaziladi. Kurs ishining himoyasiga talaba reyting daftarchasi bilan 
kelishi kerak. Kurs ishining muallifiga himoya uchun 5-10 daqiqa vaqt beriladi. 
Ma’ruza qilishda muallif grafik, chizmalar, taqdimotlar, rasmlardan foydalanishlari 
lozim. Ishtirok etayotgan hamma talabalar kurs ishini himoya qiluvchiga savollar 
berishi mumkin. 
15. Kurs ishi himoyasini komissiya raisi olib boradi, himoya qilinayotgan 


356 
ishning muxokamasida ilmiy rahbar va komissiya a’zolari ishtirok etadilar. 
Himoya qilish jarayonida bayonnoma yoziladi. Bayonnomada ilmiy rahbarining 
ilmiy darajasi va unvoni, uning familiyasi ismi, sharifi, kurs ishining mavzusi, 
talabaning familiyasi ismi, sharifi ko‘rsatiladi. Shu jumladan bayonnomaga 
talabaning umumiy tashqi ko‘rinishi, o‘zini tuta bilishi, ma’naviy saviyasi, so‘z 
boyligi, o‘z materiali bo‘yicha bilim darajasi, kurs ishini bayon qilish, savollarga 
javob berishining to‘laligi, ko‘rgazmali materiallarni sifati kiritiladi. 
16. Fanlar bo‘yicha kurs ishi mavzulari har bir semestrning boshida beriladi, 
himoya esa semestr yakunida o‘tkaziladi.
17. Kurs ishi reyting tizimi asosida baholanadi. Erishgan ballar attetestatsiya 
qaydnomaga qo‘yiladi. Ijobiy baholar reyting daftarchasiga qo‘yiladi. 
18. Kurs ishini topshirmagan yoki qoniqarsiz baholangan talaba bu 
semestrda qarzdor bo‘lib qoladi. Bu esa kursdan kursga qolishiga ta’sir etishi 
mumkin.
19. Kurs ishini baholash komissiyaning ochiq kengashida ochiq ovoz bilan 
qaror chiqariladi. Baholashda ishni bezatilishi, nutqi, kurs ishini bayon qilishi, 
o‘zini tuta bilishi, savollarga javob berishi hisobga olinadi. 
20. Himoyadan so‘ng kurs ishining bahosi qaydnomalarga yozilgandan 
so‘ng e’lon qilinadi. 
21. Kurs ishlarining bajarilishi va natijalari kafedra yig‘ilishida hamda 
fakulьtet kengashida muhokama qilinadi. 
22. Kurs ishlari 6 (olti) oy davomida kafedrada 3 yil davomida ta’lim 
muassasasi arxivida saqlanadi.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish