349
faoliyati xususiyatlari,
faoliyatning ustuvor jihatlari, malakaviy talab hamda
egallanishi zarur bo‘lgan asosiy malakalarni tarkib toptirishi;
kasbiy-yo‘naltirilgan talablar, ijtimoiy madaniy sifatlar, mutaxassislikka xos
bo‘lgan sifatlar (kasbiy yo‘nalganlik, bilimdonligi, kasbiy layoqat)ni
rivojlantirishi;
bo‘lajak kasbiy faoliyat individual metodining asosi sifatida, o‘quv-pedagogik
harakatlarning reproduktiv va ijodiy usullarini shakllantirish; muhim kasbiy
sifatlarni
rivojlantirish, kasbiy va shaxsiy o‘zini rivojlantirish ehtiyojini yuzaga
keltirishi;
aniq pedagogik vaziyatda ma’lum masalalarni ajratib olish va ularni hal qilish
usuli sifatida pedagogik tafakkurni rivojlantirishi;
talabaning muayyan magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kelgusida ta’limni
davom ettirishga ongli munosabatda bo‘lishiga ko‘maklashishni
ta’minlashi lozim.
Qo‘shimcha fanlar bloki bo‘yicha
talabalarning bakalavriat ta’lim fanlari bo‘yicha qo‘shimcha ravishda chuqur
bilim olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishi;
mehnat bozorida raqobatbardoshlikni ta’minlashi hamda ta’lim xizmatlari
sohalari rivojini jadallashtirishi;
jamiyatni pedagogizatsiyalash sharoitida pedagogik profilaktikani tashkil
etish va amalga oshirish malakasini tarkib toptirishi;
kasbiy faoliyat strategiyasi va taktikasini to‘g‘ri tanlay olish, kasbiy nuqtai
nazarning barqarorligini ta’minlashi;
ta’lim sifatiga qo‘yilayotgan talablar va mehnat bozori talablari tez
o‘zgarayotgan sharoitda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv rejalar va
fanlar dasturlarining moslashuvchanligini
ta’minlashi lozim
.
Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlov fanlari
fan, texnika va texnologiyalarning
zamonaviy yutuqlari, kadrlar buyurtmachilari talablaridan
kelib chiqqan holda
tanlov fanlarining tarkibi va ularning mazmuniga qo‘yilgan talablar oliy ta’lim
muassasasi Kengashi tomonidan belgilanadi.
Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishining umumkasbiy va ixtisoslik fanlari
bo‘yicha namunaviy o‘quv dasturlari asosiy mazmuniga quyidagi bo‘limlar
kiritilgan bo‘lib, shular orqali fanlarni chuqur o‘rganish va o‘rgatish nazarda
tutilgan.
Jumladan:
I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi
III. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
IV. Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
V. Seminar mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
VI. Kurs ishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
VII. Mustaqil ta`lim va mustaqil ishlar
VIII. Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbaalari
350
I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
Oliy ta’limning fundamentalligi real dunyodagi jarayonlar, ob’ektlar va
hodisalar orasidagi munosabatlarni ajratib bila olishga yo‘naltirilgan bo‘lib, yuqori
malakali mutaxassislarni tayyorlashda asos sifatida qabul qilingan. Malaka
talablari tayyorlanayotgan kadrlarning ko‘nikma va malakalariga yuqori talablarni
qo‘ymoqda. Shu talablar zamonaviy sharoitlardan bevosita kelib chiqqan bo‘lib,
ularning maqsadi ta’lim olayotgan yoshlardan milliy
intellektual kadrlarni
shakllantirishdan iborat. Gumanitar ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘yilgan malaka
talablari ichida jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishining malaka talablari alohida
o‘rin tutadi. Bu esa jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejalarida o‘z
ifodasini topdi.
Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarni tayyorlashda
umumkasbiy va ixtisoslik fanlari asosiy vosita hisoblanib, jismoniy sifatlarni
rivojlantirish va tarbiyalash, fanlarning nazariy hamda amaliy bilim, ko‘nikma
hamda malakalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi
Mazkur bo‘lim orqali jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladigan
barcha umumkasbiy va ixtisoslik o‘quv fanlarining asosiy maqsadi ta’lim
sohasining zamonaviy talablari hamda fanning o‘ziga
xos ilmiy-metodik
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Shuningdek belgilangan fanning maqsadiga erishish uchun dolzarb vazifalar
qo‘yiladi. Fanning vazifalarini amalga oshirishda fan bo‘yicha talabalarning bilim,
ko‘nikma va malakasiga qo‘yilgan talablar ham hisobga olinishi kerak.
III. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
Mazkur bo‘limga har bir umumkasbiy va ixtisoslik o‘quv fanlarining
zamonaviy talablari, fanning o‘ziga xos o‘quv-uslubiy va ilmiy-metodik
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘qitiladigan ma’ruza mavzulari hamda
ularning asosiy mazmuni kiritiladi.
IV. Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha kafedra professor
o‘qituvchilari tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar
asosiy ma`ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini
amaliy
mashg‘ulotlar orqali yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va o‘quv
qo‘llanmalar asosida talabalar bilimlarni mustahkamlashga erishish, tarqatma
materialllardan foydalanish, sport musobaqalarida qatnashib, o‘yinlarni tashkil
qilish, hakamlik qilish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalarning
bilimini oshirish, mavzular bo‘yicha ko‘rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar
tavsiya etiladi.
V. Seminar mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Seminar mashg‘ulotlarida talabalar mashg‘ulotlarni
tashkil qilish hamda
o‘tkazish bo‘yicha nazariy bilim, ko‘nikma hamda malakalarga ega ekanliklari
aniqlanadi. Seminar mashg‘ulotlarida talabalar ma`ruza mashg‘ulotlaridagi
mavzular bo‘yicha berilgan ma`lumotlarni qay darajada o‘zlashtirganligi
aniqlanadi, baholanadi hamda ularni bilimlari yanada mustahkamlanadi.
VI. Kurs ishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
351
Talaba kurs ishini tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlari hisobga
olgan holda quyidagi shakl va usullardan foydalanish tavsiya etiladi.
- kurs ishlarining tarkibiy tuzilishi quyidagicha bo‘lishi maqsadga muofiqdir
ya`ni titul varag‘i, reja, kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar
ro‘yxati keltiriladi;
- darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini
mukammal o‘rganish;
- mashqlar chizmasini chizish va mashq variantlarini ishlab chiqish hamda
amaliy mashg‘ulotlarda
foydalanish;
- maxsus adabiyotlar bo‘yicha mavzular ustida ishlash;
- talabaning o‘quv, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan
fanlar bo‘limlari va mavzularini chuqur o‘rganish;
- faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari;
VII. Mustaqil ta`lim va mustaqil ishlar
Talaba mustaqil ta`limni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini
hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi.
- darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari hamda mavzularini
o‘rganish;
- tarqatma materiallar ma`ruzalar qismini o‘zlashtirish;
- jismoniy tarbiya va sportga oid mashqlar, o‘yinlar chizmasini chizish
hamda o‘yin variantlarini ishlab chiqish;
- maxsus adabiyotlar bo‘yicha mavzular ustida ishlash;
- o‘yinda ishlatiladigan sport anjomlarini o‘rganish;
- talabaning o‘quv, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan
fanlar bo‘limlari va mavzularini chuqur o‘rganish;
VIII. Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbalari
Ushbu bo‘limga namunaviy o‘quv fan dasturilarini
tayyorlashda keng
foydalanilgan jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid asosiy va qo‘shimcha o‘quv
adabiyotlar hamda axborot manbaalarining ro‘yxati kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: