Assalomu Alaykum
Fan nomi :Ekalogiya tabiatni muhofaza qilish
Talaba:Alibekov Nuriddin Mirzaraxim o`g`li
Guruh raqami:204
Mavzu:O`zbekiston Respublikasi davlat qo`riqxonalari
Reja :
1.Qo`riqhonalar nomlari
2.Qo`riqhonalar o`ziga hos hususiyatlari
3.Qo`riqhonalar tashkil eyilishi haqida.
O‘lkamizda tabiatni muhofaza qilish, jonivorlarni asrash maqsadida deyarli har bir viloyatda qo‘riqxonalar tashkil etilgan. Ularni tashkil etishdan asosiy maqsad tabiatni muhofaza qilish hamda o‘simlik va hayvonot olamini ko‘paytirishdir.
QIZILQUM DAVLAT QO'RIQXONASI
Buxoro va Xorazm viloyatlarida Qizilqum davlat qo'riqxonasi joylashgan.
Qizilqum davlat qo'riqxonasi 1971- yili Qizilqum o'rmon xo'jaligi negizida qumli-to'qayzorlar ekologik tizimini, u yerda mavjud bo’lgan biologik xilma-xillikni saqlab qolish maqsadida tashkil etilgan bolib, uning yer maydoni 10311 gektardan iborat.
Qo'riqxona Amudaryoning o'ng qirg'og'i bo'ylab shimoliy - sharqdan, janubiy - sharq tomonga 30 km, sharqdan g'arbga qarab 3 km ga cho'zilgan bir-biriga zid to'qayli va cho'lli bolimlardan iborat. Havo harorati quruq va tez o'zgaruvchan, eng issiq davr may-avgust oyigacha davom etib, harorat Q41 - Q44 darajagacha ko'tariladi, qishda havo harorati -20 - -21 darajagacha tushadi. Yog'ingarchilikning asosiy qismi, ya'ni 85-87% qish va bahor oylariga to'g'ri kelib, qor qoplami qisqa fursat ichida erib ketadi.
Hudud o'rmon o'simliklari bilan qoplanishiga qarab Osiyo cho'lli zonasi tarkibiga kiradi. Amudaryo qo'riqxona hududini katta va kichik bo'lgan orollarga bo'lib tashalagan.
Qo'riqxona hududida 160 dan ortiq o'simlik turlari o'sadi, ulardan 2 turi O'zbekiston Respublikasi "Qizil kitob" iga kiritilgan. Bular O'zbekistonda kamyob endemigi hisoblangan Sug'd lolasi va Korolkov shirachidir.O'rmonzorlar tabiiy o'sadigan daraxt va butalardan iborat. Bu yerda turangil, qora tol, qora, oq saksovul, butali yulg'un, qandim va chingillarni uchratish mumkin,
KITOB DAVLAT GEOLOGIYA QO’RIQXONASI
Qashqadaryo viloyatida «Hisor» tog‘-archazor qo‘riqxonasidan tashqari O‘zbekistondagi yagona "Kitob” davlat qo‘riqxonasi Zarafshon tizma tog‘larining g‘arbiy qismida 1979-yilda tashkil etilgan. Bu yerda yurtimizdagi noyob o‘simlik va hayvonlar muhofaza qilinadi.
Shuningdek, Qo‘riqxonada nafaqat hududdagi ekotizimni saqlab qolish, Xalqaro va O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi» ga kiritilgan o‘simlik, hayvonot olamini ham muhofaza etishga xizmat qiladi. Uning umumiy maydoni 4 ming gektarni tashkil etadi. Yer sharining geologik tarixi bo‘yicha tabiiy ilmiy yodgorlik hisoblanadi. Ushbu geologik qo‘riqxona o‘z ahamiyati jihatidan jahon geologik merosining eng ajoyib ko‘rinishi sifatida xalqaro maqomga egadir.
"Kitob” davlat geologik qo‘riqxonasi nafaqat bir necha yuz million yillar avval yashagan, davrlar o‘tib iqlim o‘zgarishlari natijasida qadimgi dengiz jonzotlari tosh bo‘lib qotgan kesmalari, balki bugungi kun hayvonot va nabotot olami bilan ham mashhurdir. Qo‘riqxona hududida 300 xil manzarali o‘simliklar o‘sadi. Shundan 280 turi xalq tabobatida ishlatiladi. 22 turi esa O‘zbekiston Respublikasining "Qizil kitobi”ga kiritilgan. Shuningdek, sut emizuvchilarning 21 turi, sudralib yuruvchilarning 14 turi, suvda va quruqlikda yashovchilarning 2 turi, baliqlarning esa 3 turi mavjud. Qo‘riqxona hududida tarvaqaylab o‘sgan yong‘oqlar, hosili mo‘l qizil olmalar, baland bo‘yli, yovvoyi qizil do‘lanalar va boshqa daraxt turlarini uchratish mumkin. Ammo ularning shoxlarida sayrayotgan qushlar soni uncha ko‘p emas. 128 turi muhofaza qilinsa ham, aksariyati juda kam uchraydi. Shuningdek, Zinzilboy soyi bo‘ylab yurganda daraxt turlari, archalar, jilg‘alarni ham ko‘rish mumkin.
ZOMIN DAVLAT QO'RIQXONASI
O'zbekistondagi eng qadimiy tabiat qo'riqxonasi.
Zomin Turkiston tog’ tizmalari bag’ridagi eng xushmanzara maskanlardan. Dengiz sathidan to’rt ming metr balandlikda joylashgan noyob ekotizimga ega Zomin xalq bog’i va Zomin davlat qo’riqxonasida o’simliklarning 700 dan ziyod, kam uchraydigan yovvoyi hayvonlarning esa 150 turi mavjud.
Zomin o’rmon xo’jaligida archa, bodom, pista, tog’ teragi kabi daraxtlar ko’chatlari parvarishlanib, mamlakatimizning boshqa hududlariga yetkazib berilmoqda.
Go’zal tog’ tabiatidan bahra olish, archazorlar qo’ynidagi Zomin sanatoriysida sog’lig’ini mustahkamlash uchun bu yerga mamlakatimizning barcha hududlaridan sayyohlar, dam oluvchilar uzluksiz kelib turadi. So’nggi yillarda bu xushmanzara hudud xorijlik sayyohlar e’tiborini ham torta boshladi. Uning o’ziga xos ekzotik tabiati, xilma-xil landshafti, flora va faunasi, O’riklisoy sharsharasi, 700 yoshli Boboyong’oq kabi tabiat yodgorliklari, tarixiy maskanlar sayyohlarda katta qiziqish uyg’otmoqda.
ZARAFSHON DAVLAT QO'RIQXONASI
Qo‘riqxona 1975-yilda Samarqand viloyatida tashkil etilgan.
Maydoni 2518 gektar bo‘lib, Jomboy va Bulung‘ur tumanlari hududini qamrab oladi. Shundan 1257 ga maydon Bulung‘ur tumanida, 1095 ga maydoni esa Jomboy tumanida joylashgan. Qo‘riqxona hududi Cho‘ponota tepaligidan boshlanib pastga – Zarafshon daryosining o‘n qirg‘og‘igacha 46 km. masofaga cho‘zilib ketgan.
Qo‘riqxona noyob hisoblangan Zarafshon qirg‘ovulini, chakanda kabi dorivor o‘simliklarni saqlab qolish va ko‘paytirish, ilmiy tadqiqotlar olib borish maqsadida vujudga kelgan.
Florasi 300 xildan ziyod o‘simliklar o‘stiriladi. Shundan ikkitasi – Korolkov za’faroni va Kesselring sarvinjoni O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgan. Bulardan tashqari qo‘riqxonaning 100 ga. maydonida dorivor o‘simliklar o‘stiriladi. Bunday dorivor o‘simliklar boshqa to‘qay o‘rmonlarida uchramaydi. Mevali daraxtlardan olma, o‘rik, nok, olxo‘ri, shuningdek, yunon yong‘og‘i va uzum kabi mevalar ham yetishtiriladi. Shuningdek, ushbu hududda dorivor o‘simliklarning 59 turi, manzarali daraxtlarning 20 turi, texnik o‘simliklarning 23 turi o‘stiriladi.
Zarafshon davlat qo’riqxonasi faunasi
Qo‘riqxona faunasi juda xilma-xil bo‘lib, 88 turdagi hasharotlar, 2 ta sinfga mansub 26 turdagi molluskalar, 18 xildagi baliq, 2 xil suvda va quruqda yashovchi jonivorlar, 8 xildagi sudralib yuruvchilar, 207 xildan ortiq qush va 24 xildagi sutemizuvchidan iborat.
NUROTA DAVLAT QO’RIQXONASI
Nurota davlat qo’riqxonasi Jizzax viloyatida Nurota markaziy qismida joylashgan.Nurota davlat tog’ yong’oq-meva qo’riqxonasi Navoiy va Samarqand viloyatlari bilan chegaradosh bo’lgan Jizzax viloyatining Forish tumanida, Nurota tog’ tizmasining markaziy qismida joylashgan, Nurota qo’riqxonasi O’zSSR Vazirlar Mahkamasining 1973 yii 4-dekabridagi 530-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan va o’zining amaliy faoliyatini 1975 yildan boshlagan. Qo’riqxonaning dastlabki maydoni 22537 ga ni tashkil qilgan bo’lsa, 1990 yilda 17752 ga gacha qisqartirildi. 1986-yilda qo’riqxonaning 15322 ga maydonga ega muhofaza hududi tashkil etildi.Qo’riqxonaning ma’muriy binosi qo’riqxona hududidan 40 km uzoqlikda Forish tumanining markazi Yangi qishloq aholi punktida joylashgan. Qo’riqxona davlat tabiatni muhofaza qilish va ilmiy tadqiqot muassasasi bo’lib, uning asosiy maqsadi tabiiy jarayonlarning harakati, Nurota tog’ tizmasining o’ziga xos ekotizimini, flora va faunasini, ayniqsa Qizilqum quyi va yong’oq-meva o’simliklarini muhofaza qilish va o’rganishdan iborat.Nurota qo’riqxonasi ilmiy ishlarining asosiy yo’nalishlari bu “Tabiat solnomasi”ni yuritish, o’simlik va hayvonot olamining turini hisoblash, ekologiyasi, biologiyasini va noyob hayvonlar (Severtsov qo’yi, yovvoyi qushlar) populyatsiyasini o’rganish, Severtsov qo’yini yarim tutqin sharoitda boqish va ko’paytirish usullarini ishlab chiqish, o’simliklarni xaritalash va monitoringini, yong’oq-meva o’simliklarining zamonaviy holatini aniqlash va boshqalardir.
SURXON DAVLAT QO'RIQXONASI
Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanining shimoliy-gʻarbiy qismida joylashgan 2 mustaqil maydondan — Koʻhitang togʻining sharqiy yon bagʻri va Paygʻambaroboddan iborat qoʻriqxona.
Orol-Payg'ambar bo'limi 3092 ga yer maydonni egallab, u 1971- yil xalqaro va O'zbekiston Respublikasining "Qizil kitobi"dan o'rin olgan Buxoro bug'usi (Xongul)ni vodiy-to'qayzorlarida saqlab qolish maqsadida tashkil etilgan. Hozirgi paytda O'zbekiston Respublikasi hukumatining qaroriga binoan Orol - Payg'ambar bo'limi chegara xizmati tasarrufiga berilgan.
1986-yilda Ko'hitong davlat buyurtma qo'riqxonasi Orol-Payg'ambar qo'riqxonasi bilan qo'shilib, 24554 ga maydonga ega Surxon davlat qo'riqxonasi tashkil topgan, ushbu yer maydonining 9284 gektari o'rmonzorlar bilan qoplangan. Qo'riqxona yo'qolib ketish arafasida turgan Marxur va Buxoro qo'yini saqlab qolish maqsadida tashkil etilgan. 2004 yilgi hisobot natijalariga ko'ra qo'riqxona hududida 160 bosh Marxur va 24 bosh Buxoro qo'yi borligi aniqlangan.
Qo'riqxonada 578 xil o'simlik turlari o'sadi, ulardan 22 xili O'zbekiston Respublikasi "Qizil kitob"iga kiritilgan. Shundan 17 turi efir moyli, 13 - oziq-ovqat bob, 11 - manzarali, asal saqlovchilar va boshqalardir.
ZARAFSHON DAVLAT QO'RIQXONASI
Qo‘riqxona 1975-yilda Samarqand viloyatida tashkil etilgan.
Maydoni 2518 gektar bo‘lib, Jomboy va Bulung‘ur tumanlari hududini qamrab oladi. Shundan 1257 ga maydon Bulung‘ur tumanida, 1095 ga maydoni esa Jomboy tumanida joylashgan. Qo‘riqxona hududi Cho‘ponota tepaligidan boshlanib pastga – Zarafshon daryosining o‘n qirg‘og‘igacha 46 km. masofaga cho‘zilib ketgan.
Qo‘riqxona noyob hisoblangan Zarafshon qirg‘ovulini, chakanda kabi dorivor o‘simliklarni saqlab qolish va ko‘paytirish, ilmiy tadqiqotlar olib borish maqsadida vujudga kelgan.
Florasi 300 xildan ziyod o‘simliklar o‘stiriladi. Shundan ikkitasi – Korolkov za’faroni va Kesselring sarvinjoni O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgan. Bulardan tashqari qo‘riqxonaning 100 ga. maydonida dorivor o‘simliklar o‘stiriladi. Bunday dorivor o‘simliklar boshqa to‘qay o‘rmonlarida uchramaydi. Mevali daraxtlardan olma, o‘rik, nok, olxo‘ri, shuningdek, yunon yong‘og‘i va uzum kabi mevalar ham yetishtiriladi. Shuningdek, ushbu hududda dorivor o‘simliklarning 59 turi, manzarali daraxtlarning 20 turi, texnik o‘simliklarning 23 turi o‘stiriladi.
HISOR DAVLAT QO‘RIQXONASI
Hisor davlat qo‘riqxonasi Qashqadaryo viloyatida joylashgan. U O'zbekiston qo‘riqxonalari orasida eng kattasi hisoblanadi, uning maydoni 80,9 ming gektarga teng.
Hisor davlat qoʻriqxonasi 1983-yilda Qizilsuy tog'-o'rmon qoʻriqxonasi Miraka bilan birlashishi natijasida paydo bo'lgan. G'arbiy Hisorning yuqori kamarining butun tabiiy kompleksini va yuqori Qashqadaryo basseynining asosiy suv to'plash joyini o'z ichiga olgan.
Bu yerda O'rta Osiyo kobrasi, qor barsi va boshqa hayvonlar qo'riqlanadi.
CHOTQOL DAVLAT BIOSFERA QO‘RIQXONASI
O‘zbekiston hududida Chotqol biosfera qo‘riqxonasi mavjud. U 1995 yilda Jahon biosfera qo‘riqxonalari tizimiga kiritilgan. Qo‘riqxona g'arbiy Tyan-shon tog'li ekotizimni saqlab qolish maqsadida tashkil qilingan. Chotqol qo‘riqxonasi 1947 yilda tashkil qilingan va Toshkent viloyati hududida joylashgan.
Qo‘riqxona Chotqol tog‘ tizmasining g‘arbiy qismida joylashgan. Qo‘riqxona hududida qo‘ng‘ir ayiq, oq tirnoqli ayiq, Sibir tog‘ echkisi, bug‘u, to‘ng‘iz, qoplon, ko‘k sug‘ur, qizil bo‘ri, Turkiston silovsini, jayra, qora tasqara, qora kalxat, burgut kabi jonivorlar muhofazaga olingan.
Ugom va Chotqol tog‘ tizmalari oralig‘idagi katta hududni Ugom–Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i tashkil etadi. Bu joylarda bolalar va kattalar dam olishi uchun ko‘plab dam olish maskanlari barpo etilgan.
Qo'riqxonalarimiz - tabiiy zahiralarimizning oltin fondi va kelgusi avlodlar uchun eng yaxshi sovg‘a desak ham bo‘ladi.
Qo'riqxonalar tartibiga qat’iy rioya qilish natijasida yildan-yilga ulardagi hayvonot olami boyib bormoqda.
Etiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |