Oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi umumiy pedagogika


Ilmiy-texnik, texnokratik paradigmaning



Download 0,62 Mb.
bet84/234
Sana01.05.2022
Hajmi0,62 Mb.
#601589
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   234
Bog'liq
китоб

196
Ilmiy-texnik, texnokratik paradigmaning asosiy maqsadi
amaliyotni takomillashtirish asosida ta’lim oluvchilarga “aniq”
ilmiy bilimlarni berish va ulaming o‘zlashtirilishini ta’minlashdir.
Bilim - kuchdir, shu bois shaxs qimmati uning o‘rganish, bilim
olish, imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shaxs muayyan (o‘rtacha,
standartlashtirilgan) bilim yoki xulq-atvor egasi boisagina qadriyat
sifatida e’tirof etiladi degan g‘oya ushbu paradigmaning asosini
tashkil etadi.
So‘nggi yillarda noinstitutsional paradigma rivojlana boshladi.
U ta’limni ijtimoiy institutlar, ya’ni, maktab va oliy ta’lim
muassasalaridan tashqarida tashkil etish g‘oyasini ilgari suradi. Bu
ta’lim “tabiatda” - Internet, “ochiq maktablar” - kompyuterlar
vositasida ta’lim dasturlariga (masofadan o‘qitish) muvofiq o‘qitish
samarali deya hisoblaydi.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar:
1. Pedagogik texnologiya tushunchasini izohlang .
2. Innovatsion jarayonning rivojlanishi haqida ma’Iumot bering.
3. Muammo nima? Muammoli ta’lim deganda nimani
tushunasiz.
4. Muammoli vaziyat bilan muammoli ta’limni izohlang.
5. Axborot texnologiyasi haqida fikringiz?
197
v m BOB. KREATIV TA’LIM
l.Kreativ ta’limga zamonaviy yondashish
Pedagogika va psixologiyada kreativlik xususiyatlarimng
rivojlanishi. Ta’limning zamonaviy globallashuv va axborotlashuv
sharoitida rivojlanishi va takomillashuvmi innovatsiyalarning turli
shakllarini tadqiq etmasdan, bugungi kunda mutaxassisni nimaga
va qanday tayyorlashga bir qator yondashuv va munosabatlarni
tamoyillar asosida ko‘rib chiqmasdan amalga oshirish mumkin
emas. Shu bilan birgalikda, oliy maktab pedagogik tarkibi jadal
rivojlanayotgan innovatsion ta’lim tizimi, birinchi navbatda, ijodiy
qobiliyatlar, ijod potensiali, o‘z-o‘zini ijodiy rivojlantirish, ijodiy
individuallik va kreativlik talablariga javob berish muammosiga
katta e’tibor qaratishi lozim.Shaxsning ijodkorlik imkoniyatlarini
tadqiq etishga bo‘lgan ijtimoiy buyurtma kreativlik muammosining
alohida muhimligini belgilaydi. Shaxsiy ijodkorlikning dinamik
(rivojlanib, o‘sib boruvchi) tasniflanishi kreativlik va uning asosiy
qirralarida aks etadi. Biroq, kreativlik psixologiya va pedagogika
fanlarining belgilangan ilmiy kategoriyasi bo‘lsa-da, «kreativlik»
tushunchasi tegishli lug‘atlarda munosib defferensiyasini topmagan
va ijod psixologiyasida yetarlicha aniqlanmagan. 0 ‘nlab ilmiy
ishlarda ilmiy ijodkorlikning u yoki bu qirralariga turlicha
yondashib, har xil darajada qamrab olinayotganligiga qaramasdan,
hozirgacha na muammoning o‘ziga va na unga taalluqli bo‘lgan
amaliy savollarga nisbatan yagona to‘xtam mavjud emas.
Hozirda, rivojlanishning zamonaviy bosqichi da, mazkur an’analari inson faktorining hal qiluvchi o‘mini belgilamoqda. Bu
faktoming fenomenologiyasida ijodkorlik uning belgilangan asosini tashkil etadi. Ijodkorlik inson fenomenining namoyon bo‘ladigan
yuksak ko‘rinishi bo‘lishiga qaramasdan, u eng kam o'rganilgan
soha bo‘lib, tabiiy qonuniyat sifatida qaraladi. Gap shundaki, ijod
jarayonining tabiatidagi tasodifanlik, kutilmaganlik avval-
198
boshdanoq uning zamonaviy ilmiy metodiarda o‘rganish
imkoniyatinl chegaraladi. Zamonaviy fan imkoniyatlari ijodkorlik
tabiatining mavjud dalillar va savollami to‘liq qoniqtiradigan universal tushuntirish imkoniyatiga ega emas. Hozirgacha Vatanimizda va chet ellarda to‘plangan bilimlar ijodkorlik psixologiyasi mohiyatini tushunishga yetarli emas. Jamiyat taraqqiyoti tajribasida
psixologiya va pedagogikada ijodkorlik psixologiyasi sohasida
izlanishlami faollashtirish taqozo etilmoqda, chunki ijodkorlik
natijalari faqatgina shaxsiy tasnifga ega emas, balki ijtimoiy
ahamiyatga egadir.
Psixologiyada ijod va ijodiy faoliyat muammosini o‘rganuvchi
alohida yo‘nalish - ijodkorlik psixologiyasi yo‘nalishi vujudga
keldi. Ijodkorlik psixologiyasining asosiy maqsadi psixologik
qonuniyatlar, ijod jarayoni mexanizmi va kreativ {creativity -
inglizcha ijodiy) likni o‘rganishdan iborat. Ijodkorlikka rivojlanishning asosiy mexanizmi sifatida (N.V.Kipiaki, A.M.Matyushkin,
Y.A.Ponomarev, I.N.Semenov va boshqalar) qaraladi va uning
o‘rganilishi M.S.Bemshteyn, V.S.Bibler, V.N.Shkin, O.K.Tixomirov, E.G. Yudin va boshqalar nomi bilan bog‘Iiq.
Psixologik ijodkorlikning kreativlik deb nomlanuvchi yo‘nalishi ustida g‘arb olimlari: J.Gilford, S.Liding, V.Smit, D.Xalperik
va boshqalar izlanishlar olib borishgan. Chet el olimlarming kreativlik tushunchasi haqidagi izlanishlarini tahlil qilib va iimumlashtirib R.Xameni yozadi: «Kreativlik o‘zida yangicha yo‘sinda
amalga oshirilgan o‘zlashtirish to‘lqinini (Makkelif), yangicha
aloqadorliklami aniqlash (Kyubi), yangicha munosabatga kirishish
(Rodjers), yangiliklar (Lassuel), ongning yangicha e’tirozlariga
sabab bo‘luvchi faoliyatidir». Ko‘pchilik tadqiqotchilar kreativlikni belgilashda shaxsning o‘ziga xosligi va xususiyatlariga e’tibor
qaratadilar. J.Gilfodning fikricha, kreativlik va ijodiy imkoniyat
qobiliyatlar va ijodiy tafakkurga ta’sir etuvchi omillar yig'indisi
sifatida namoyon bo‘ladi. E.Torrens kreativlikni yechimlami
topishda bilimlaming yetarli bo'lmasligi muammosi, qiyinchiliklar
qarshisidagi indentifikatsiya va taxminlaming shakllanishi,
yechimlaming topilish jarayoni deb qaraydi. (E.Torrens, 1996y.)
Ijtimoiy-psixologik va ijtimoiy-boshqaruv darajasida - ijodkorlik determinantlari borasida, jamoa ijodkorligini boshqarishda
tashkilotchilik muammosi, jamoaning fimksional-rolli differensiyasi yo‘nalishi bo‘yicha izlanishlar olib borilmoqda. Kreativlik
ijodiy tafakkuming yangi mahsuli yoki natijasi ekanligi yuzasidan
bahslar hali ham ayrim olimlar orasida davom etmoqda. Boshqa
izlanishlarda ijodkorlikning yangilik yaratishdagi yetakchiligi
ta’kidlanadi. V. Arteymning izlanishlarida ijodkorlik uning mahsuli
boigan obyektga qarab baholanmaydi, deb aniq munosabat
belgilanadi. Uning fikricha: «Kreativlik bilim, faoliyat va istakning
uyg‘unligi». Psixologiyada evristika muammosini o‘rganish
borasida V.N.Pushkin: «Evrestik faoliyat shunday psixologik
jarayonki, uning yordamida muammo yechimi topiladi, yangi
yondashuv ishlab chiqiladi, evrestik faoliyat deb ataluvchi qandaydir yangilik yaratiladi», degan edi. Kreativlikning tasniflanishi
kasbiy faoliyat jarayonida namoyon bo‘luvchi psixik komplekslar
tarkibi bilan bog‘liq. Kreativlikning psixologik izlanishlardagi
asosiy urg‘u muammolami mustaqil yechishga undovchi, o'ziga
xos katta hajmdagi g‘oyalami yuzaga keltiruvchi va ulaming o‘ziga
xos yechimini topishga asos bo‘luvchi individning intellektual va
shaxsiy qobiliyatiga qaratiladi. Kreativlik istisno etilgan va
g‘aroyib fenomen deb baholanuvchi dastlabki izlanishlardan farqli
ravishda, zamonaviy izlanishlarda kreativlik har bir shaxs ega
bo'lishi mumkin bo‘lgan individ kompleksi sifatida qaralmoqda.
Bu kreativlik muammosiga turlicha yondashuvlarda namoyon
bo‘iadi: u faqatgina har bir shaxs ham qo‘iga kirita olmaydigan
natija emas, balki refleksi va o‘z-o‘zini baholashdagi shaxsning
yangicha sifat ko‘rsatkichi deb o‘rganilmoqda. Kreativlik haqidagi
ko‘pgina izlanishlarda har bir shaxsda u yoki bu daraja va miqdorda
mavjud boiadigan psixologik kreativlik mexanizmi va ijodkorlik
imkoniyatlariga asosiy e’tibor qaratilmoqda. .
An’anaviy psixologiya va pedagogikada kreativlikka shaxs
kategoriyasi sifatida qaraladi, uni talqin qilish, aniqlash borasida
bahslar yuritilgan: Kreativlik tafakkur sifatida (J.Gilford,
Y.K.Tixomirov) yoki intellektual faollik sifatida (D.B.Bogolevs-
200
kaya, L.B.Yermolayeva-Tomina), yoki shaxs sifatlarining integratsiyalashuvi (Y.A.Ponomarev va boshqalar). Biroq oliy ta’lim
pedagogikasi (kreativ androgogikajda uning sifat ko'rsatkichini va
namoyon bo‘lish darajasini aniqlashning o‘zi yetarli emas.
Kreativlik biryoqlama salbiy jihat sifatida qaralsa-da, uning
muammolar tizimi umumlashtiriiadi va bir butunlikni tashkil etadi,
bu ayniqsa o‘zida ta’lim jarayonida ijodiy ta’lim va tarbiyani
mujassamlashtirgan shaxsning ijodiy imkoniyatlari va kreativlikni
rivojiantirish jarayonida oliy maktab pedagogikasiga taalluqlidir.
Shu sababli, kreativlikni rivojlanish imkoniyatlarihi kreativ ta’lim
va tarbiya jarayonida shaxs kategoriyasi sifatida o‘rganish zarur.
0 ‘tgan asming 60-70 yillari pedagogikada kreativlik muammosini
o‘rganishda keskin burilish yillari bo‘Idi. Shu davrda ijodiy
izlanuvchan pedagog-novatorlar paydo bo‘ldi. Novatorlar erishgan
natijalar nafaqat pedagoglami, balki psixologlami ham qiziqtirdi,
ular ijodiy ta’limning psixologik tomonlarini, ijod faoliyatining
pedagogik psixologiyadagi mexanizmini o‘rgandiIar. (V.V.Davidov, I.A.Zimnaya, N.V.Kuzmina, A.M.Matyushkin, Y.A.Ponomarev, R.A.Mavlonova rahbarligidagi pedagogika fanlari ilmiytekshirish instituti jamoasi.) Kreativlikni o‘rganishda amalga
oshirilgan nazariy tahlil uni kasbiy anrogogikada qoilashning
umumiy qonuniyatlari va o‘ziga xosligini aniqlash imkonini beradi
(V.M.Morozov). Biz kreativlikning tizimlilik tuzilishidan kelib
chiqib, unga shaxsning o‘ta intellektual-evristik jihati sifatida emas,
balki shaxsni qadrlovchi, tabaqalashtirilgan ta’lim sifatida
qaraymiz. Kreativlik - shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida
inson ma’naviyatining ajralmas qismi bo‘lib, shaxsni o‘z-o‘zim
rivojiantirish omili, shaxsiy jonbozlikning asosi, shaxs ega boHgan
bilimlaming ko‘p qirrali ekanligida emas, balki yangi g‘oyalarga
intilishda va o‘matilgan stereotiplami yangilik yaratish jarayonini
isloh qilish va o‘zgartirishda, hayotiy muammolami yechish
jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon
bo‘ladi. Kreativlik jarayonini tashkil etish va boshqarishning
murakkabligi shundaki, bunda ijodiy individuallikning nafaqat
ongli, balki ong osti tushunchalari paydo bo‘ladi.
Kreativlik tabiatini o‘rganish muammosiga bag‘ishlangan psixologo-pedagogik adabiyotlami tahlil qilib, odatda, intellektual
kreativlik masaiasiga duch kelamiz. Ijtimoiy va aniq pedagogik
kreativlik sohasida amalga oshirilgan izlanishlar ancha kam. Ko‘p
hollarda tadqiqotchilar pedagogik kreativlik emas, balki pedagogik
muloqot jarayonini o‘rganadilar, o‘qituvchi va o‘quvchi muloqotini
yaxshilash uchun tavsiyalar beradilar. Pedagogika va
psixologiyadagi kreativlik tabiati uning rivojlanishiga ta’sir
ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillar haqidagi yuqorida keltirilgan
fikrlami umumlashtirib quyidagicha xulosa chiqarish mumkin: bu
hodisa yaxlit va tuzilish jihatdan tushunish uchun yagona tushunchalar tizimi mavjud emas. Inson shaxsida kreativlik, uning
darajasi, tuzilishi va o‘ziga xosligi inson individualligining boshqa
bir jihatini o‘?lashtirish jarayonining o‘ziga xosligi va shaxsiy
xususiyatlari bilan uzviy bog‘liq. Bu bog‘liqlikni tasniflash
kreativlik hodisasining kelajakda o‘rganilishi kutilayotgan yangi
bir yo‘nalishidir.Kreativlikni intellektual kreativlik va ijtimoiy
kreativlikka bo‘lish mumkin. Intellektual kreativlik analiz va
sintezdan iborat. Analiz va sintez qila olish qobiliyati umumiy
intellektning asosidir. Ijtimoiy kreativlik o'zida kasbiy kreativlikni
mujassamlashtiradi, uning ko'pgina turlari orasida pedagogik
kreativlik ham mavjud.Pedagogik kreativlik kommunikativ va
didaktik kreativlikdan iborat. Didaktik kreativlik o‘zida intellektual
boyliklarga intilish va shu bilan birga novatorlik qobiliyatida
namoyon bo‘ladi. Kommunikativ va didaktik kreativlik pedagogik
qobiliyatning asosi hisoblanadi. Pedagogik qobiliyat ijodkorlik
qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatadi va o‘z navbatida ichki sezimni
rivojlantiradi. Pedagogik ijodkorlik qobiliyati, ichki sezim va
umumiy intellekt kesishganda ijod mahsuli yaratiladi.
Kreativlikni rivojlantirishda kreativ insonlami kreativ emas
insonlardan farqlovchi hissiy chizgilari (o‘z-o‘ziga ishonch,
tajovuzkorlik, o‘z-o‘zidan qoniqish, ijtimoiy cheklovlarga va
boshqalar fflaiga toqatsizlik) individning shaxsiy o‘ziga xosligi
katta ta’sir ko‘rsatadi.Kreativlikning motivlikka munosabatini
belgilovchi yagona qarashlar tizimi mavjud emas. Nuqtayi
nazarlardan biriga ko‘ra, kreativlikda individ o‘z imkoniyatlaridan
202
maksimal darajada foydalanadi, faoliyatning yangi qirralarini izlab
topadi. Boshqa bir nuqtayi nazarga ko‘ra kreativ kishilami
motivlashtirish, tavakkalchilikka intilish, o‘z imkoniyatlari
chegarasini aniqlashga intilishdlr.
Aytish mumkinki, bar ikkala nuqtayi nazar ham o‘zida kreativ
insonlaming, motivlashning individual variantlarini mujassamlashtirgan. Innovatsion faoliyatning o‘ziga xosligi muammosida
o‘qituvchi xulq-atvorining o'quvchilar kreativligini rivojlantirish
bilan bog‘liq tasniflanishi katta ahamiyatga ega, chunki oxir-oqibat
bilim emas, balki rivojlanish omili bo‘lgan alohida malakalar va
ulaming ■ xulq-atvorga qo‘llanishi muhimdir. Torransmng
izlanishlarida o‘qituvchi xulq-atvorida bolalar kreativ rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi dalillar keltirilgan: ijodiy fikrlash
qiymatini baholash, bolalami atrofdagi qo‘zg‘atuvchi omillarga
nisbatan sezuvchanligini oshirish, obyekt va g‘oyalami erkin
boshqara olish, ijod jarayoni haqida konstruktiv axborotni rivojlantirish, tanqidchilikni emas, konstruktiv tanqidni rivojlantmsh, o‘zo'ziga hurmatni orttirish, baholanishdan qo‘rqish hissinmg oldini
olish va boshqalar. Shimday qilib, potensial kreativlik iml:oniyatlar
kreativligidir.
Imkoniyatlar kreativligi amaldagi kreativlikka - dolzarb kreativlikka aylanishi uchun, dastlabkisi ma’lum faoliyatda o‘zlashtirilishi uchun icliki o‘zgarishlarga dueh keladi. Shunclay qilib,
kreativlik o‘zlashtirilganlar asosida rivojlantiriladi, keyinchalik
o'zgartirishlar kiritiladi, o‘qituvchming mavjud tajribasi qayta
tuziladi. Pedagogik innovatsiyalarga moslashishdan toki qayta
tuzishgacha bo‘lgan yo‘l o‘qituvchi innovatsion faoliyati
dinamikasi asosini tashkil qiladi.
Olimlar pedagogik mahoratning quyidagi uch darajasini
ko‘rsatadilar: birinchi daraja - bu sinf bilan elementar munosabat
0 ‘qituvchi teskari aloqani qo‘llaydi, uning natijasiga ko‘ra o‘z
harakatlarini belgilaydi. Lekin bu faoliyat metodik qo‘llanmalar
yoki boshqa o‘qituvchi tajribasi asosida amalga oshiriladi. Ikkinchi
daraja dars faoliyatini, uning rejasini tuzishdanoq optimallashtirish bosqichidir. Bunda ijodkorlik o‘qituvchiga ma’lum
maqsadni amalga oshirishda mazmun, metod va shakllami to‘g‘ri
203
tanlashdan iborat. Uchinchi daraja - evristik. Pedagog o‘quvchilar
bilan jonli muloqotning ijodiy imkoniyatlarini qo‘llaydi.
0 ‘qituvchining eng yuqori darajadagi ijodkorligi uning to‘liq
mustaqil faoliyatida namoyon bo‘iadi. U avvaldan ma’lum bo‘lgan
usullami qoilashi mumkin, ammo u ularga о‘zining shaxsiy
munosabatini qo‘ilaydi. 0 ‘qituvchi ijodiy individualligi,
tarbiyalanuvchining shaxsiy o‘ziga xosligi, ta’limning aniq
darajasi, tarbiyalanganlik darajasi, sinfiiing rivojlanish darajasini
hisobga olgan holda zaruriyat taqozo etgan darajada ish olib boradi. Tayyor tavsiyalami amalda qo‘llash daraja lari ham farqlanadi:
optimallashtirish, evristik daraja, shaxsiy, mustaqil.Tadqiqotchilar
fikrlari orasida kreativ insonlar boshqalarga taqlid qilmasdan,
o‘zlari tanlagan faoliyatlarining barcha bosqichladga ijodiy
yondashadilar, degan fikr yetakchilik qiladi. O'rganilayotgan
muammoga V.A.Slastenin, L.S.Podimova, N.M.Gnatko qarashlari
bilan birgalikda, kreativlik mexanizmini ikki turga bo‘lishni taklif
qiladilar. potensial va dolzarb. Potensial kreativlik - muallifnitig
fikricha, kreativlik faoliyatidir, individiumni potensial joylashuvi
ma’lum tashqi sharoitlarda dolzarb kreativlikni egallashning asos
tayyorgarligini tashkil etadi; potensial kreativlik - ijodning
subyektiv zarur sharoitidir.V.A.Slastenin, L.S.Podimova potensial
kreativlikning dolzarb kreativlikka izchil taqlid qilish mexanizmi
orqali o‘tishi muammosiga o‘ziga xos yondashganlar. Shunday
qilib, kreativlik taqlid qilish, nusxa ko‘chirishdan ijodiy nusxa
ko‘chirish, taqlidiy ijod va haqiqiy ijodkorlikka tomon rivojlanib
boradi. Tabiiyki, barcha o‘qituvchilar ham kreativ rivojlanishning
barcha bosqichlari bilan tavsiflanmaydilar: ba’zilar tayyor metodik
tavsiyalardan nusxa olib, faqat birinchi darajaga erishadilar;
ikkinchilari to‘liq konsepsiya va tizimlarga ega bo‘lmasdan turib,
ba’zi metodik usullarga o‘zgartirishlar kiritadilar, uchinchilari
ma’lum g‘oya asosida to‘liq mazmun, metod va shakllami ishlab
chiqadilar; to‘rtinchilar esa ta’lim va tarbiyada o‘zlarirdng konsepsiya va metodikalarini tavsiya etadilar. Yuqoridagilarga munosabat bildirib aytish mumkinki, dastlabki uchtasi taqlid bosqichida
bo£lib, to'rtinchisi ularga qarama-qarshi tarzda ijod bosqichida.
Intellektual faollik darajasini belgilangan kreativlik bosqichlari
bilan taqqoslash, ikkala yo‘nalish orasida ma’lum mutanosiblikni,
mnovatsion-pedagogik faoliyatning bir necha bosqichda takomillashib borish daxajasidagi tushunchalami aniqlashga imkon berdi.
Pedagog faolligining borgan sari yuqoriroq darajadagi faoliyatga
ko‘tarilib borishi kelajakda innovatsion ta’lim strategiyasini tashkil
qilishni belgilaydi.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish