Oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi umumiy pedagogika


,Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarning o‘rni



Download 0,62 Mb.
bet80/234
Sana01.05.2022
Hajmi0,62 Mb.
#601589
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   234
Bog'liq
китоб

6,Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarning o‘rni
Mamlakatimizda ta’lim sohasida ro‘y berayotgan tub yangilanishlar har bir ta’lim muassasasida o‘quv jarayoni metodik ta’-
minotini rivojlantirishni talab etadi. Zamonaviy axborot texnologiyalari yaqin yillar ichida pedagogik mnovatsiyaiaming asosiy
manbai bo‘lib qoladi.
Ta’lim oluvchilar uchun mustaqil bilim olish imkoniyatlarini
oshirish, ta’limning elektron axborot resurslarini shakllantirish va
rivojlantirish uchun tegishli sharoitlami yaratish ta’lim mazmunini
takomillashtirishning zaruriy shartlaridan biri sanaladi. Zamonaviy
ta’lim tizimining asosini sifatli va yuqori texnologiyali muhit
tashkil etadi. Uning yaratilishi va rivojlanishi texnik jihatdan
murakkab, ammo bunday muhit ta’lim tizimini takomillashtirishga,
ta’lim jarayoniga axborot kommunikatsiya texnoiogiyalarini joriy
etishga xizmat qiladi. Bugungi kunda ilm-fan jadal taraqqiy
etayotgan, zamonaviy axborot vositalari keng joriy etilgan
jamiyatda barcha fan sohalarida bilimlarning tez yangilanib borishi,
ta’lim oluvchilar oldiga ularni tez va sifatli egallash bilan bir
qatorda, muntazam va mustaqil ravishda bilimlarni egallash
vazifasini qo‘ymoqda. Bu vazifani amalga oshirishda o‘qitishning
to‘rtta asosiy metodidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bular:
- tushuntirish illyustratsiyalash;
- reproduktiv;
- muammoli;
- tadqiqotchilik.
Birinchi metod—tushuntirish illyustratsiyalash o‘quvchi bilan
ta’lim tizimi o‘rtasida aks aloqaning mavjudligmi ko‘zda
tutmagani bois uni kasbiy kompyuter (axborot kommunikatsiya
texnologiyalari) dan foydalaniladigan tizimlarda qo‘llash befoyda.
0 ‘qitishning hisoblash texnikasi vositalaridan foydalaniladigan, reproduktiv metodi o‘quvchiga o‘qituvchi va (yoki) axborot
189
kommimikatsiya texnologiyalari tomonidan xabar qilinadigan
bilimlami o‘zlashtirishni hamda taiim oluvchining o‘rganilgan
materialni qayta yaratish, uni o‘xshash (analogik) vaziyatlarda
qoilashga oid faoliyatini tashkil qilishni ko‘zda tutadi.
Mazkur metodni axborot kommimikatsiya texnologiyalaridan
foydalanish bilan qoilash ta’lim jarayonini tashkil qilish sifatini
jiddiy yaxshilash imkonini bersada, biroq о‘quv jarayonini an’anaviy qoilanadigan sxemadan (axborot kommunikatsiya texnologiyalarisiz) foydalanilganiga nisbatan tubdan o‘zgartirishga imkon
bermaydi. Bu jihatdan muammoli hamda tadqiqotchilik metodlaridan foydalanish ko‘proq o‘zini oqlaydi. 0 ‘qitishning muammoli
metodi axborot kommunikatsiya texnologiyalarining о‘quv jarayonini qandaydir muammoni qo‘yish va uni hal qilish yechimlarini
izlash sifatida tashkil qilishga oid imkoniyatlaridan foydalanadi.
Asosiy maqsad ta’lim oluvchiiaming bilish faolligini oshirishga
maksimal darajada ко ‘maklashishdan iborat. Taiim jarayonida
olinayotgan bilimlar asosida turli toifadagi masalalarning
yechilishi, shuningdek, qo‘yilgan muammoni hal qilish uchun
zarur boiadigan qator qo‘shimcha bilimlami olish va tahlil ko‘zda
tutiladi. Bunda axborotni to‘plash, tartiblashtirish, tahlil va uzatishga oid ko‘nikmalami egallashga alohida e’tibor qaratiladi.
0 ‘qitishning axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan tadqiqotchilik metodi taiim oluvchiiaming ma’luro
darajada ilmiy texnik tadqiqot olib borish jarayonidagi mustaqil
ijodiy faoliyatini ko‘zcla tutadi. Bu metoddan foydalanilganda
ta’lim faol tadqiqot, kashfiyot va o‘yin natijasi sanaladi, buning
natijasida, odatda, yuqorida sanab o‘tilgan metodlardan foydalanilganidan ko‘ra yoqimliroq va muvaffaqiyatliroq boiadi. 0 ‘qitishning muammoli metodi - metod, obyekt va vaziyatlami ularga
ta’sir o‘tkazish jarayonida o‘rganishm ko‘zda tutadi. Muvaffaqiyat
qozonish uchun ta’sirlarga ta’sir qiladigan muhitning boiishi
zarur. Bu ma’noda tengsiz vosita modellashtirish, ya’ni real
ob’yekt, vaziyat yoki muhitning dinamikada imitatsion tasawuri
sanaladi. Eng so‘nggi texnik yutuqlar ko‘pincha taiim jarayonida
o‘zining munosib o‘mini egaliagan, bu ma’noda axborot
kommunikatsiya texnologiyalari ham istisno emas.
190
О‘quv jarayonida kompyuterlardan foydalanish bo‘yicha
dastlabki tajribalar hisoblash texnikasidan foydalanish ta’lim
jarayoni samaradorligini sezilarli darajada oshirishi, bilimlarni
hisobga olish va baholashni yaxshilashi, qiyin vazifalarni hal
qilishda o‘qituvchining har bir ta’lim oluvchiga yakka tartibda
yordam berishini ta’minlashi, yangi kurslami yaratish va qo‘yishni
osonlashtirish kabi imkonyatlarni berishini ko‘rsatdi.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari so‘z, raqam, tasvir,
tovush va boshqa ko‘rinishIarda beriladigan axborotni qayta
ishlash uchun keng imkoniyatli vosita sanaladi. Ulaming vosita
sifatidagi asosiy xususiyati axborot olish va qayta ishlash bilan
bog‘liq turli xil amallami bajarish uchun sozlash (dasturlashtirish)
imkoni mavjudligidir. 0 ‘quv jarayonida axborot kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanish foydalanuvchilaming tafakkur
ko‘nikmalarini va murakkab vazifalarni hal qilish malakalarini
rivojlantirishning yangi yo‘llarini ochib beradi, ta’limni faollashtirish uchun prinsipial yangi imkoniyatlami taqdim qiladi. Axborot
kommunikatsiya texnologiyalari auditoriya va mustaqil mashg‘ulotlami yanada qiziqarli, dinamik va ishonchli, o‘rganiladigan
axborotning katta oqimini oson o‘zlashtiriladigan qilish imkonini
beradi.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining ta’­
limning boshqa texnik vositalariga qaraganda asosiy ustunliklari
nozikligi, ta’limning turli model lari va algoritmlariga sozlash,
shuningdek har bir ta’lim oluvchining xatti-harakatlariga yakka
tartibda ta’sir qilish imkoniyati sanaladi. Bunday vositalardan
foydalanish ta’lim jarayonini yanada faollashtirish, unga tadqiqotchilik va izlanuvchanlik xarakterini bag4 ishlash imkonini
yaratadi. Darsliklar, televideniye va kinofilmlardan farqli o‘laroq,
axborot kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim oluvchining xattiharakatiga zudlik bilan javob berish, turli toifadagi ta’lim
oluvchilar uchun materialni takrorlash, tushuntirish, puxtaroq
tayyorgarlikka ega bo‘lgan ta’lim oluvchilar uchun yanada murakkab va o‘ta murakkab materialga o'tish imkoniyatini ta’minlaydi.
Bunda individual sur’atlarda o‘qitish oson va tabiiy tarzda amalga
oshiriladi. Shubha yocqki, ko‘p hollarda kompyuteming afzalliklari to‘g‘risida gapirib o‘tirishning o‘zi nojoiz. U nafaqat talabalarni mashaqcatli mehnatdan ozod qiladi, balki ularga melmat
talab amaliy topshiriqlar bilan chiziqli dasturlashtirish hamda
murakkab analitik tadqiqot! ardan foydalanib shug‘ullanish
imkonini beradi.
Test muharririaridan foydalanish talabalami mashinkada terishdek og'ir ishdan xalos etib, o‘qiluvchilarga berilgan mavzuni
u qoniqarli darajaga yetmagunicha ko‘p marta qayta ishlashni
talabadan talab qilish imkonini beradi. Uslubni bu kabi “takrorlash”
kompyutersiz mumkin boimasdi.
Awallari mashaqqatli, birin-ketin takrorlanadigan operatsiyalarga sarflanadigan vaqt endilikda, fikr kuchlanishi va ijodiy
yondashuvni talab etadigan yanada muhim. Bilimlar hajmining
ortib borishi va tahlil metodlarining murakkablashishi bilan ta’limni asosan ma’ruzalami passiv tinglash hamda о‘quv matnlarini
o‘qish tamoyili asosida tashkil etish tobora qiyinlashib bormoqda.
Tanqidiy fikrlash, murakkab muammolami tushunish va hal qilish
malak&lari, juda katta hajmdagi dastlabki ma’iumotlami foydali
umumlashtirish, qila olish, qobiliyati bulaming hammasi katta
ahamiyat kasb etib, talabadan yanada faol boiishni talab etadi.
Aynan, shu nuqtayi nazardan kompyuter ta’lim sohasi uchun
nihoyatda keng imkoniyatlar taqdim qiladi. Axborot kommunikatsiya texnologiya vositalari o‘quv jarayonida quyidagi eng
muhim jihatlari bilan alohida ahamiyatga egadir:
- differensial va individual o‘qitish jarayonini tashkil qilishi;
- o‘qish jarayonini baholash, teskari aloqa bogiashi;
- o‘zini-o‘zi nazorat qilish va tuzatib borishi;
- o‘rganilayotgan fanlami namoyish etishi va ulaming
dinamik jarayonini ko‘rsatishi;
- fan mavzularida animatsiya, grafika, multiplikatsiya, ovoz
kabi kompyuter va axborot texnologiyalardan foydalanishi;
- o‘quvchi talabalarga fanni o‘zlashtirish uchun strategik
ko‘nikmalar hosil qilishi va hokazo. Shuningdek, axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining amaliy tomoni ulardan
192
о‘quv jarayonida foydalanish va keigusida ta’lim tizimida o‘quv
jarayoni uchun ma’lumotlar bazasini va virtual stendlar yaratishdek
muhim vazifani amalga oshirishga zamin hozirlaydi. 0 ‘quv tarbiya
jarayonining axborot metodik ta’minotmi amalga oshirishda
axborot kommunikatsiya texnologiyaJaming bajaradigan asosiy
vazifasi ikki tomonlama muloqotni ta’minlashdir. Teskari aloqasiz,
o‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi doimiy muloqotsiz o‘qitish
mumkin emas. 0 ‘qitish (mustaqil o‘qishdan farqli o‘laroq) ta’rifiga
muvofiq muloqotli hisoblanadi. Ta’limning kunduzgi shaklida
muloqot imkoniyati o‘quv jarayonini tashkil etish shakli, o‘qituvchi
va o‘quvchining bir joyda va bir vaqtda bo‘lishini taqozo qiladi.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish