Ko‘rgazmali metodlaming turlari.
Ushbu metodlardan foydalanish zaruriyati ko‘rsatmalilik
tamoyiliga amal qilish maqsadga muvofiq ekanligida ko‘rinadi.
Inson miyasining 30 foiz hajmi ko'rishni, faqat 3 foizigina
eshitishni ta’minlovchi neyronlar tashkil etadi. Pedagogikpsixologik yo‘nalishda -olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan
ma’lum bo‘ladiki, shaxs tomonidan o‘ zlashtirilayotgan bilimlarning 85 foizi ko4rish retseptorlari yordamida o‘zlashtiriladi.
Demak, o‘zbek xalqi tomonidan ko‘p bora qo‘llaniladigan «Yuz
marta eshitgandan bir marta ko'rgan yaxshi» maqoli ilmiy asosga
ega ekan.
156
Namoyish metodi o‘rganilayotgan obyekt UaraKat arnami&asim
ochib berishda qo‘l keladi va ayni chog‘da predmetning tashqi
ko‘rinishi va ichki tuzilishi haqida toiaqonli maiumot berishda
keng qoilaniladi. Tabiiy obyektlami namoyish qilishda odatda
uning tashqi ko‘rinishi (shakli, hajmi, miqdori, rangi, qismlari,
ulaming o‘zaro munosabatlari)ga e’tibor qaratiladi, so‘ngra ichki
tuzilishi yoki alohida xususiyatlarini o‘rganishga o‘tiladi.
Ko‘rsatish ko‘p holatlarda o£rganilayotgan obyektlaming subyekti
yoki chizmasi yordamida kuzatiladi. Tajribalar namoyishi esa sinf
taxtasiga chizish yoki o‘qituvchining maxsus jihozlar yordamida
ko‘rsatib berishi hisobiga amalga oshadi, bunda ushbu tajriba
asosida yotuvchi tamoyillami tushunish osonlashadi.
Predmetlar, hodisa yoki jarayonlami tabiiy holatda namoyish
qilish yanada ko‘proq didaktik samara beradi, biroq, bunday namoyishni amalga oshirish har doim ham mumkin boiavermaydi. Shu
bois o‘qituvchilar tabiiy predmetlami namoyish qilishda sun’iy
muhitga murojaat qilishadi (masalan, hayvonlar bilan hayvonot
bogida, turli o'simliklar bilan esa issiqxonalarda tanishish) yoki
sun’iy ravishda yaratilgan obyektlar (maket, model, mulyaj, skelet
va boshqalar)dan foydalaniladi.
Bu metod yordamida o‘qituvchi o‘quvchilami mustaqil ravishda obyektlami o'rganish, zamriy oichov ishlarini olib borish,
aloqadorlikni o‘matish, shuningdek, hodisalarning mohiyatini
anglab yetishga bir so‘z bilan aytganda faol bilish jarayoniga yo‘-
naltirishi lozim. Namoyish samarasi ko‘p jihatdan o'qituvchining
bilish jarayoni mohiyatan o‘quvchilaming yoshiga mos holda
to‘g‘ri tanlanishi hamda mumkin qadar ulaming diqqatini namoyish etilayotgan predmetning muhim jihatlariga yo‘naltinshiga
bogiiqdir.
Tasvir (illyustratsiya) metodi namoyish metodiga chambarchas
bogiiq boisa-da, didaktikada alohida o‘rganiladi. Illyustratsiya
narsa, hodisalar va jarayonlami ulaming ramziy ko‘rinishlari -
chizma, rasm, fotosurat, yassi modellar va boshqa;lar yordamida
ko‘rsatishni taqozo etadi.
Namoyish va tasvir metodlari o‘zaro bogiiqlikda bir-birini
toidirgan holda qoilaniladi. Agar hodisa va jarayonni o‘quvchi
157
yaxlit holda qabul qilishi zarur bo‘Isa namoyishdan foydalanish,
agar hodisa mohiyati hamda uning unsurlari o‘rtasidagi bog‘lanishlami anglash talab etilsa illyustratsiyaga murojaat qilinadi.
Tasviming samarasi ko‘pincha o‘qituvchi tomonidan ko‘rsatuv
texnologiyasi qay darajada o‘zlashtirilganligiga bog‘liq boiadi.
Ko‘rsatmalardan foydalanishning bilish jarayonidagi didaktik
ahamiyati o‘rganilayotgan obyekt mohiyatini to‘laqonli yorita
olishi bilan belgilanadi. Aslida illyustratsiyalar oldindan
tayyorlanib, dars jarayonida zarur o‘rmlarda kerakli hajmda
ko‘rsatiladi, aks holda ular sonining oshib ketishi o‘quvchilami
hodisa mohiyatini anglashda chalg‘itadi. Ayrim hollarda tarqatma
materiallar (fotosurat, jadval, tabiiy obyektlar va boshqalar) yoki
texnik vositalar xizmatidan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Ko‘rgazmali metodlardan foydalanishda samaradorlikka
erishish uchun quyidagi shartlarga amal qilish maqsadga muvofiqdir:
- ко ‘rgazmalilikning o‘quvchilar yoshi va rivojlanish darajasiga mos kelishi;
- namoyish etilayotgan obyektlar barcha o‘quvchi!arga yaxshi
ko‘rinib turishi;
- namoyishda uning boshlang‘ich bosqichi va asosiy jarayon
(holat)laming ajralib turishi;
- tajribalar namoyishi maket, jihoz, qurollar yoki tajriba
sxemasini chizib ko‘rsatish asosida tashkil etilishi;
- namoyish va illyustratsiya o‘quv materialining mazmuni
bilan uyg‘un bo‘la olishi lozim.
Amaliv ishlar metodlari o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan
nazariy bilimlar yordamida ularda amaliy ko‘nikma va malakalami
hosil qilishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |