“Innovatsion” terminiga yaqin bo‘lgan tushunchalar “o‘zgarish”, “mukammallashtirish”, “isloh qilish” tushunchalari hisoblanadi. Ammo ular o‘rtasida ma’lum fikrlar ham mavjud. Yangilikpedagogik tekshirishlami baholash asosiy o‘lchovlaridan biri
bo‘lib, u iqtisodiy jarayonning asosiy natijasi, bu har qanday
yangilik kiritishning mustaqil qimmati va xususiyatidir. “Yangi”
tushuncha innovatsion pedagogikada markaziy tushunchalardan
biri hisoblanadi. Agarda birinchi - “birinchi yaratilgan” - ta’rifi
ilgari umuman ma’lum bo‘lmagan biror narsa haqida tasawur
bersa, keyingi yaqindan beri va ayniqsa “yangitdan ochilgan” -
ta’riflar esa yangilikda qandaydir darajada “eskilik” elementi,
nimadir, ilgari bo‘lgan biror narsa borligini ifodalaydi. Shu tariqa
yangilikning ikki turi haqida gapirish mumkin.
1. Birinchi marta yaratilgan yangilik. Bu yangilik ixtiroga
teng, ya’ni yana o‘matilgan yangi haqiqat demakdir.
2. Awalgi mavjud bo‘lgan nazariyani yanada takomillashtirib,
zamonaga moslashtirishdan iborat.
4.Ta’Iimda muammoli va axborot texnologiyalardan
foydalanish
Muammoli ta’lim bu - o‘quvchiga beriladigan bilimning qaysi
qismini, qanday yo‘l bilan berish muammosini samarali hal qilishga
qaratilgan o‘qituvchi faoliyatidir. Muammoli ta’lim darsda bir
183
vaqtning o‘zida o‘qituvchi va o‘quvchilaming hamkorlikdagi
Ъягакяй boiib, u o‘quvchi shaxsidagi muhim belgi ijodiy fikrlash
qobiliyatini rivojlantiradi. N.G.Dayri aytganidek, darsda o‘rganiladigan mazmunning murakkab qismini o‘zlashtirishda o‘qituvchining faoliyati qanday boisa, o‘quvchi faoliyatini ham shu darajaga
yetkazish muammoli ta’limning asosiy maqsadidir.
Muammoli ta’lim - o‘quvchilaming erkin fikrlasblariga,
o‘zining fikrini erkin bayon qila olishlariga va fikrlarini yanada
rivojlantirishga ta’sir etishidir. Muammoli taiim o‘qituvchidan
aniq harakat qilishni, darsning har bir minutini hisobga olishni,
ushbu vaqtda kerakli samara hosil boiishi uchun o‘zining barcha
imkoiiiyatlarini va mahoratini ishga solishni talab etadi. Bu
masalani hal etishning muhim sharti o‘qituvchining boiajak o‘quv
mashg‘ulotiga tayyorgarligidir.
Tayyorgarlik jarayonida muammoli ta’limning barcha ko‘rinishlarini hisobga olish va uning uslubini ishlab chiqish zarur.
Muammoli taiimga tayyorgarlik ko‘rishda o'qituvchilar qator qiyinchililclarga duch keladilar. Bu qiyinchiliklami yengishda o‘qituvchini innovatsion ijodiy laboratoriyasining ahamiyati katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |