Oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi umumiy pedagogika



Download 0,62 Mb.
bet66/234
Sana01.05.2022
Hajmi0,62 Mb.
#601589
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   234
Bog'liq
китоб

salohiyatini aniqlash, loyihalashtirish ishlarini tashkil etish hamda
yangi bilimlarni o‘zlashtirishga kirishish oldidan uyushtiriladi.
Yakuniy suhbat o‘quvchilar tomonidan egallangan bilimlarni
umumlashtirish va tizimlashtirish maqsadida amalga oshiriladi.
Katexizism (qisqa bayonli) suhbat - о‘quvchiiarning boshlang‘ich bilim darajasi hamda ulaming yangi o‘quv metodikasini
o‘zlashtirishga tayyorgarligini aniqlash uchun tajiibali o‘qituvchilar tomonidan dars awalida yohud o‘rganilgan materialni
mustahkamlash uchun dars so‘nggida qo‘llaniIadi.
Evristik suhbat yangi bilimlarni muammoli tarzda egallashga
yo‘naltiriladi. Bunda savollar shunday ketma-ketlikda berilishi
zarurki, natijada ularga «ha» yoki «yo‘q» tarzidagi javoblami oUsh
emas, aksincha, o‘quvchilami mustaqil fikrlash, ularda faollikning
yuzaga keiishini ta’minlash, ularni tahlil qilishga undash, dalillami
ilgari surishga erishish imkoniyati yaratilsin.
Demak, evristik suhbat jarayonida o‘quvchilar bilimlarni
o‘zlarmmg tirishqoqliklari va -mustaqil fikr yuritish layoqatiga
egaliklari bois o‘zlashtira olsinlar.
154
Tushuntirish o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida bayon qilishdir. Bu metod hikoyaga
nisbatan birmuncha keng qoilaniladi. Undan odatda, nazariy
materiallar hamda murakkab masalalami o‘rganishda foydalaniladi. Tushuntirish jarayonida o‘quv materialining bir qadar qiyin
unsurlari ko‘zga tashlanadi va shu asosda materialning mohiyati
ochib beriladi. Tushuntirish samarasi ko‘p hollarda o‘qituvchining
ko‘rgazmali vositalardan oqilona foydalanishiga bogiiq boiadi.
Ma’ruza - yirik hajmdagi o‘quv materialini og‘zaki bayon
qilish metodi sanalib, uning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan
iborat: qat’iy mantiqiy ketma-ketlik, uzatilayotgan axborotlaming
ko‘p!igi, bilimlar bayonining tizimliligi. Maktab ma’ruzasi
mazmunini murakab tizimlar, hodisalar, obyektlar, jarayonlar,
ulaming sababli-oqibatli bog‘lanishlari, qonun va qoidalar tashkil
etadi. Shu bois ma’ruza maktab sharoitida yuqori sinfiardagina
qoilaniladi. Chuuki u butun dars jarayonini qajnrab olishi mumkin.
Ma’ruza metodi tushuntirish va suhbatning asta-sekin kengayib
borishidan vujudga keladi va bir vaqtda o‘quvchilami qisqacha
yozib olish (konspektlash)ga o'rgata boradi.
Maktab ma’ruzasining samaradorligini ta’minlash shartlari’
quyidagilardan iborat:
- o‘qituvchi tomonidan eng maqbul ma’ruza rejasining
tuzilishi;
- rejadan o‘quvchilami xabardor etish, ulami ma’ruza
mavzusining maqsadi va vazifalari bilan tanishtirish;
- rejada aks etgan barcha bandlaming mantiqiylik va ketmaketlikda bayon etilishi;
- rejaning har bir bandi yoritilgach, ular yuzasidan qisqacha
uxnumlashma asosida xulosalanishi;
- ma’ruzaning bir qismidan ikkinchisiga o‘tishda ular o‘rtasidagi mantiqiy aloqalaming o‘matilishini ta’minlash;
- bayon qilishning muammoli va emotsional xususiyat kasb
etishi;
1 Подласый И.П. Педагогика. Новый курс. Кн. 1. - Москва, Владос, 2002. - с. 491.
155
- jonli til, o‘z vaqtida misollar, aniq dalillar va qiyoslashlardan
foydalanish;
- auditoriya, muloqot jarayoni, shuningdek, o‘quvchilaming
aqliy faoliyatlarini mohirlik bilan boshqarish;
- ma’ruzaning muhim jihatlarini turli tomondan ochib
berilishi;
- ma’ruzaning asosiy qismlarini o‘quvchilar tomonidan qayd
etib (yozib) borilishiga imkon beradigan holatda bayon qilinish
tezligi;
- zarur (yozib olinadigan) o‘rinlami oldindan ajratib qo‘yish;
- o‘rganilayotgan holatlarni yozib olish asosida, qabul qilish va
ulaming mohiyatini aniqlashtirish maqsadida ko‘rgazmalar
(namoyish, illyustratsiya, videofilm va boshqalar)dan foydalanish;
- alohida holatlarni chuqur muhokama qilishda ma’ruzani
seminar, amaliy mashg'ulotlar bilan uyg‘unlashtirish.
Ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashda ko‘rgazmali
metodlar ham alohida ahamiyatga ega.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish