Sulfat angidrid va sulfat kislotaga oid tajribalar.
1-tajriba. Sulfat kislotadan sulfat angidrid olish. Probirkaga 2-3 g fosfat angidrid solib, ustiga sulfat kislotaning konsentrlangan (d=1,84) eritmasidan 2-3 ml quying va shisha tayoqcha bilan sekin aralashtiring. Probirkani temir shtativ tutqichga qiya holda mahkamlang va og`zini gaz o`tkazgich nay o`rnatilgan tiqin bilan berkiting. Gaz o`tkazgich nayning ikkinchi uchinchi uchiga ikki teshikli rezina tiqinni o`rnating.
Quruq probirka olib, uning og`zini gaz o`tkazgich nay o`tkazilgan rezina tiqin bilan berkiting va uni sovutgich aralashmaga botiring
Shundan keyin ichida aralashma bor probirkani gaz alangasida qizdiring. Quruq probirkada ma’lum miqdor sulfat angidrid to`plangandan keyin probirkani alangadan oling. Probirka og`zini rezina tiqin bilan berkitib, undagi sulfat angidridni keyingi tajribalar uchun saqlab qo`ying. Reaksiya tenglamasini yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |