1-tajriba. Qalay gidroksidining xossalari. Probirkaga qalay (II) xlorid eritmasidan 1 ml quying va uni cho`kma hosil bo`lguncha tomchilatib, ishqor eritmasidan qo`shing. Hosil bo`lgan cho`kmani ikki qismga bo`ling, birinchi qismga mo`lroq ishqor eritmasidan, ikkinchi qismga esa xlorid kislota ta’sir ettiring. Nima kuzatiladi? Qalay (II) gidroksid qanday xususiyatga ega? Reaksiya tenglamalarini yozing.
1- tajriba. Qo`rg`oshin bilan ishqorlarning ta’siri. Qo`rqoshin bo`laklari solingan ikkita probirkaning biriga konsentrlangan NaOH, ikkinchisiga KOH eritmasidan soling. Ikkala holda ham qo`rg`oshinnning erishini kuzating. Plyumbitlar; K[ Pb(OH)3] va Na[Pb(OH)3] hosil bo`lishini kuzating. Reaksiya tenglamalarini molekulyar va ionli ko`rinishda yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |