1-tajriba. Magniyning yonishi. Dastasi to'gri burchak shaklida egilgan ternir qoshiqchaga magniy kukunidan ozroq solib, gaz gorelkasida magniy o't olguncha qizdiring. Yonib turgan magniyni tezda stakandagi suvga tushuring, bunda magniyning ravshan yonishini ko'rasiz. Magniy yonib bo’lgandan keyin stakandagi suvga 1-2 tomchi fenolftalien tomizing, kuzatilgan hodisalarni reaksiya tenglamalarini yozing.
1-tajriba. Kalsiy oksidining olinishi. Quruq tigelga maydalangan bo'r yoki marmar bo’laklaridan solib, 15-20 minut gaz gorilkasi alangasida qizdiring. Tigelning og'izini shisha plastinka bilan yopib sovuting (eksikatorda sovutgani ma'qul) hosil bo’lgan kalsiy oksidni ozroq suvda eriting va fenolftalien bilan sinab ko'ring. Reaksiya tenglamalarini yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |