1-tajriba. Mis (I)-oksid va uning gidratini hosil qilish. CuSO4 ning eritmasidan 1-2 ml olib, unga ishqor va glyukoza eritmasidan mo’lroq qo'shing. Aralashmani yaxshilab aralashtiring, so'ng isiting. Dastlab to'q sariq cho'kma hosil bo'ladi va u qattiq qizdirilgandan so'ng sekin-asta qizil mis (I)-oksidga aylanadi:
2Cu(OH)2 + C6H12O6 = Cu2O + C6H12O7 + 2H2 О
ASOSLAR
1-tajriba. Qalay (II)- gidroksid olish va uning xossalarini tekshirish. Ikkita probirka 2-3 ml dan SnCl2 eritmasidan soling va 2n NaOH eritmasidan oq cho`kma hosil bo`lguncha tomizing. Probirkalarning biriga HCl ning 2 n eritmasidan, ikkinchisiga NaOH ning 2 n eritmasidan cho`kma eriguncha qo`shing. Qalay (II) -gidroksid qanday xususiyatga ega? Reaksiya tenglamasini molekulyar va ionli ko`rinishda yozing
Do'stlaringiz bilan baham: |