KISLOTALAR
1-tajriba. Sulfit angidrid va sulfit kislota. Kichkina kolbaga 5 ml suyultirilgan sulfat kislota eritmasidan qo`yib, ustiga 2 mikroshpatel natriy sulfit soling. Va uning og`zini darhol gaz o`tkazuvchi nay o`rnatilgan tiqin bilan berkiting. Reaksiyada ajralib chiqayotgan gazni neytral lakmus ertimasi va distillangan suv qo`yilgan probirkaga yuboring. Agar gazning chiqish tezligi etarli bo`lmasa, kolbani bir oz qizdiring. Lakmus rangining o`zgarishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing.Hosil qilingan sulfit kislotani keyingi tajriba uchun saqlab qo`ying.
Do'stlaringiz bilan baham: |