1-tajriba. Rux gidroksidning olinishi va xossalari.
a) Rux sulfat eritmasiga o’yuvchi natriy eritmasidan ozgina qo’shing. Oq iviq cho’kma - Zn(OH)2 hosil bo’lishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing.
b) Hosil bo’lgan cho’kmani o’rtasidan bo’lib, ikkita probirkaga soling. Probirkaning biriga suyultirilgan kislota, ikkinchisiga (cho’kma eriguncha) mo’l o’yuvchi natriy qo’shing. Reaksiya tenglamalarini molekulyar va ionli formada yozing. Rux gidroksid suvli eritmada qaysi ionlarga dissosiyalanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |