Okeanlar tabiiy geografiyasi 1-mavzu: dunyo okeani tabiatining asosiy xususiyatlari. Reja



Download 88,7 Kb.
bet55/59
Sana30.12.2021
Hajmi88,7 Kb.
#96293
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
Bog'liq
Okeanlar tabiiy geografiyasi SamDU

Oqimlari

Shimoliy Muz okeanida suv va muzlarning sirkulyatsiyasi boshqa okeanlardagi kabi shamolning yo‘nalishiga bog‘liq. Arktika havzasida suv va muzlar antitsiklonal aylanma harakat qiladi, Shimoliy YYevropa havzasida esa suvlar siklonal harakat qiladi. Okeanning sovuq suv massalari Chukotka dengizidan Grenlandiya tomon Trans-Arktika oqimi yordamida butun havza bo‘ylab sharqdan g‘arbga qarab harakat qiladi. Bu oqim Grenlandiya orolining sohillariga kelib Sharqiy Grenlandiya sovu oqimini hosil qiladi va Atlantika okeaniga qo‘shilib ketadi.

Shimoliy Muz okeaniga g‘arbiy va janubi-g‘arbiy shamollar yordamida Atlantika okeanidan Shimoliy Atlantika oqimining iliq suvlari kelib turadi. Bu oqim Shimoliy Muz okeani akvatoriyasiga kirishda ikki tarmoqqa – Shpitsbergen va Nordkap tarmoqlariga bo‘linadi. Nordkap oqimi Yevrosiyo qirg‘oqlari bo‘ylab g‘arbdan sharqqa qarib harakat qiladi. Atlantikadan keladigan sho‘rligi yuqoriroq iliq suvlar Shimoliy Muz okeaning sovuq va sho‘rligi kamroq suvlariga nisbatan zichroq bo‘ladi. Shu sababli iliq suvlarning bir qismi sharqqa borgan sari chuqurroq qatlamga tusha boradi va okean suvining turli xi haroratdagi uch yarusli qatlamini hosil qiladi. Okean suv sathining ko‘tarilishi har sutkada ikki marta takrorlanadi. Suvning balandligi Arktika havzasida 0,5 m, Shimoliy YYevropa havzasida 1 m va Barens dengizida, ayniqsa uning Iokang qo‘ltig‘ida 6 m gacha ko‘tariladi.

Organik dunyosi

Shimoliy Muz okeani iqlim sharoitining qatti q sovuqligi o‘simlik va hayvonlarning turlarini kam bo‘lishiga, okeanning katta qismini biomassalarga kambahal bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatadi. Bunday haroratdan nisbatan iliq suvli va yumshoq iqlimli Grenlandiya, Norvegiya, Barens va Oq dengizlar mustasno bo‘lib, ularda mavjud bo‘lgan biomassalar miqdorini janubiy dengizlardagi biomassalar miqdori bilan bemalol taqqoslash mumkin.

Shimoliy Muz okeanida fitoplanktonlardan 200 turi uchraydi, shundan 92 turi diatomlardir. Okean suvo‘tlari qirg‘oqlar yaqinidagi iliq suvlarda keng tarqalgan. Arktika havzasining sovuq suvlarida esa aksincha suvo‘tlar juda kam uchraydi. Okean tagi ham yuza qismlarga nisbatan fitoplanktonlarga juda kambag‘al. Bu yerda fitoplanktonlarning 53 turi mavjud bo‘lib, shundan 40 turi diatom suvo‘tlari va 10 turi perideniylardir.

Okeanda zooplanktonlarning geografik taqsimlanishi fitoplanktonlarning tarqalishi singari iqlim sharoiti bilan uzviy bog‘liq. Barens va kara dengizlarida zooplanktonlarning 150-175 turi, Sharqiy Sibir dengizida 80-90 turi va Arktika havzasida 70-80 turiuchraydi. Xudi shunday okean akvatoriyasida zoobentos ham bir tekisda taqsimlanmagan. Barens dengizida zoobentosning 1800 dan ziyod turi uchrasa, biomassa miqdori 100-300 g/m2 ni tashkil etadi. Laptevlar dengizida zoobentosning 600 ga yaqin turi bo‘lsa, biomassa 25 g/m2 dan ortiqroqdir. Arktika havzasining zoobentoslari to‘g‘risida ma’lumotlar juda kam.



Shimoliy Muz okeanida baliqlarning 150 turi uchraydi. Ular asosan iliq suv massalari keng tarqalgan maydonlarda Atlantika bo‘yi raYonlarida va daryolarning dengizlarga quyilish akvatoriyasida yaxshi rivojlangan. Baliqlardan seld, treska, dengiz olabug‘asi, navaga, paltus, tiksha, kambala va boshqalar yashaydi. Sut emizuvchilardan kitlar, morjlar, tyulenlar va oq ayiqlar uchraydi. Hayvon va o‘simliklarning turi hamda soni materik sohillaridan qutbga tomon kesikn kamayib boradi.

Download 88,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish