Okeanlar tabiiy geografiyasi 1-mavzu: dunyo okeani tabiatining asosiy xususiyatlari. Reja



Download 88,7 Kb.
bet54/59
Sana30.12.2021
Hajmi88,7 Kb.
#96293
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
Bog'liq
Okeanlar tabiiy geografiyasi SamDU

Iqlimi va suvlari

Okeanning iqlim sharoitlari va iqlim elementlarining xususyatlari uning qutb o‘lkalarida joylashganligi bilan belgilanadi. Shimoliy Muz okeani iqlimining shakllanishida Arktika havzasi ustida vujudga keladigan Arktika havo massasining, Shimoliy Atlantika va Tinch okeani iliq oqimlarining ahamiyati katta. Qish oylarida Arktika havzasi havosi ustida hosil bo‘lgan Arktika antitsikloni uzoq vaqt hukmronlik qilib, okean akvatoriyasining hamma qismiga ta’sir etib qolmasdan, balki Shimoliy Amerika va Yevrosiyo materiklarining shimoliy hududlariga ham ta’sir etadi. Natijada okean yuzasida va unga chegaradosh bo‘lgan materik sohillarida qish juda sovuq va yoz salqin bo‘ladi. Havoning o‘rtacha oylik harorati okeanning turli joylarida qishda -20 °S dan -40° S gacha va yozda 0 °S dan, 6 °S gacha o‘zgarib turadi. Eng past harorat -52 °S ni tashkil etadi. Shamolning o‘rtacha tezligi ancha mo‘’tadil va 4-6 m/s ga teng. Yozda tez-tez tuman tushib turadi. Kuz va qishda kuchli shamollar va to‘lqinlar bo‘ladi.

Arktika havo massalari Antarktika ustida tarkib topadigan havo massalariga nisbatan ancha iliqroq. Bunga sabab Shimoliy Muz okeani suv massalarida issiklik manbalarining mavjudligidir. Bu issiqlik manbalarini Atlantikadan va kamroq Tinch okeanidan keladigan iliq oqimlar to‘ldirib turadi. Okean osmonida bulutli kunlar yozda ko‘p (90%) va qishda kam (50%) bo‘ladi. Yog‘in asosan qor shaklida yog‘adi. Yillik yog‘in miqdori Arktika havzasida 150 mm ni, Sharqiy YYevropa havzasida 250-300 mm ni tashkil etadi.

Shimoliy Muz okeani suvining harorati va sho‘rligi chuqurlik bo‘ylab o‘zgara boradi. Suv sathidan 25 m chuqurlikkacha bo‘lgan qatlamda suvning sho‘rligi 29,5-32,5 ‰ni tashkil etadi., harorati qishda 0°S dan pastda bo‘ladi, yoz oylarida 1,5°S dan 1,9°S gacha ko‘tariladi. 600 m chuqurlikkacha bo‘lgan qatlamda suvning sho‘rligi 34,8-34,9 ‰ gacha ko‘payadi. 600-800 m chuqurlikda iliq qatlam mavjud bo‘lib suvning harorati 0°S dan 2°S gacha va shqrligi 34,8 ‰dan 35,00‰gacha ko‘tariladi. 800 m chuqurlikdan to okean tagigacha bo‘lgan qatlamda suvning harorati Yana pasayib -1°S dan – 1,3°S gacha tushadi, sho‘rligi esa 35,2‰ gacha ortadi.

Shimoliy Muz okeanigidrologik rejimiga Atlantika va Tinch okeanlaridanamda Shimoliy Amerika va Yevrosiyo materiklari daryolaridan kelib qo‘shiladigan suvlar katta ta’sir ko‘rsatadi va suv rejimining harakterli xususiyatlarini beligilaydi. Okeanga har yili Shimoliy Atlantika oqimi orqali 298 ming km3 Atlantika suvi, Bering bo‘g‘ozi orqali 30 ming km3 Tinch okeani suvi va materiklardan 4,5 ming km3 daryo suvi oqib keladi. Okean havzasida to‘plangan ortiqcha suvlarning 292,3 ming km3 Sharqiy Grenlandiya oqimi bilan va 41,7 ming km3 Kanada-Arktika arxipelagi bo‘g‘ozlari orqali Atlantika okeaniga chiqib ketadi. Sharqiy Grenlandiya oqimi yordamida Arktika havzasidan yiliga 8-10 ming km3 muzlar ham janubga suzib ketadi. Ana shunday gidrologik sharoitlar tufayli Shimoliy Muz okeanining suv balansi tenglashib turadi. Shuni ta’kidlash o‘rinliki, Shimoliy Atlantika iliq oqimi Shimoliy Muz okeani akvatoriyasiga kiraverishda atmosferaga 70% dan ziyodroq issiqlik beradi vash u bilan birga havo qobig‘iga hamda uning dinamikasiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.

Shimoliy Muz okeani gidrologik rejimining eng muhim harakterli xususiyatlaridan biri uning akvatoriyasini qalin muz bilan qoplanganligidir. Muz qoplamining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri esa uning makon va zamonda doimo dinamik holatda bo‘lishidir. Bu xususiyat muz qoplamining maydonini yoz faslida eng minimal darajada 7 mln km2 gacha qisqarishi va qish faslida eng maksimal darajada 11,4 mln km2 gacha ko‘payishi bilan belgilanadi. Muzlarning dinamik holatini ikkinchi ko‘rinishi, ularning bir necha yillar davomida dreyflar qilib suzib yurishidir. Okeanda dreyf qilib yuruvchi aysberglar juda keng tarqalgan. Ular orasida 600-700 km2 keladigan ulkan aysberglar ham uchraydi. Aysberglar kemalarning qatnoviga xavf tug‘diradi.

Shimoliy Muz okeanida muzlarning qalinligi iqlim sharoitiga ko‘ra turlichadir. Bir yillik muzlarning qalinligi 1-2 m gacha va ko‘p yillik muzlarning qalinligi 3-4 m gacha, ayrim joylarda 4,5 m gacha boradi. Shamollar va oqimlar muzlarni harakatga keltirib qalashtiradi va toroslarni hosil qiladi. Toroslarning balandligi 12-15 m gacha yetadi. Binobarin, muzlik sharoiti Shimoliy dengiz yo‘li va Shimoli-G‘arbiy yo‘lakda kema qatnovini ancha qiyinlashtiradi.


Download 88,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish