Okean tagidagi zonalar. Shimoliy Muz okeani tagida ham uning yuza qatlamidagiga o‘xshash qutb (Arktika) va qutbyoni (Subarktika) tabiat zonalari mavjud. Qutb zonasi juda katta maydonni egallagan. U yerda ohak va organik moddalarga kambag‘al bo‘lgan terrigen yotqiziqlari keng tarqalgan. Qo‘ng‘ir va kulrang loyqa tiplari hukmronlik qiladi.
Shimoliy qutbyoni tabita zonasi bentosning ko‘p taraqqiy etganligi bilan farq qiladi. Bentos ayniqsa materik shelfida ko‘p tarqalgan. Yotqiziqlar tarkibida muzlarning erishi natijasida hosil bo‘lgan cho‘kindi loyqalar ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |