MDH davlatlari tuproqlari.
Reja:
1.Tuproq paydo qiluvchi tabiiy sharoitlar.
2.Podzol tuproqlarning tarkibi, xossalari va klassifikatsiyasi.
3.Tayga o’rmon zonasi tuproqlaridan qishloq xo’jaligida foydalanish.
4.Botqoq tuproqlarning tuzilishi,tarkibi va xossalari.
Tayga o’rmon zonasi MDHning boreal (mo’’tadil sovuq) mintaqasining katta qismini egallaydi.Bu zona shimoldan tundra, janubda o’rmon-dasht zonasi bilan chegaralanadi.Zona maydoni 1150 mln ga yaqin bo’lib,(o’rmon qo’ng’ir tuproqlari bilan birga) mamlakat hududining 52%ni tashkil etadi. 64% maydoni tekisliklarga va 36% tog’li o’lkalarga to’g’ri keladi. Tabiiy xo‘jalik xususiyatlariga ko’ra tayga-o’rmon zonasining shimoliy rayonlari (o’rmon sur tusli tuproqlari) bilan birlashtiriladi va bu zona noqoratuproq zonasi deb ataladi. Iqlimi mo’’tadil sovuq va etarli darajada namlangan bo’lib, g’arbiy qismi nisbatan yumshoq iqlimli, sharqqa borgan sayin qurg’oqlashib (kontinental) boradi.
Relefi.Zonaning Yvropa qismi uchun tekis relef haraktyerli bo’lib,uning shakllanishida muzliklar katta rol o’ynagan.Tuproq paydo qiluvchi ona jinslari o’zining kelib chiqishi va tarkibiga ko’ra juda xilma-xil, Yvropa qismida va g‘arbiy Sibir past tekisligida turli mexanik tarkibli morena va muz suvlari yotqiziqlari tarqalgan. Zonadagi ko’pchilik ona jinslarning karbonatsiz bo’lishi haraktyerli o’simliklari. Tayga o’rmon zonasi-ning o’simliklari o’rmon,o’tsimon o’tloq,botqoq formasiyalaridan tashkil topgan.Tabiiy sharoitlarining xilma-xilligi va uchta o’simliklar (daraxtsimon,o’tsimon va lishaynik moxli) forma-siyasining bo’lishi tayga o’rmon zonasi hududida uch tipdagi tuproq paydo qiluvchi: podzol,chimli va botqoqli jarayonning rivojlanishiga olib keladi. Zonaning asosiy tuproqlari: podzol va madaniy podzol tuproqlari; chimli podzol; chimli karbonatli; chimli-gley, torf-botqoq va botqoq-podzol kabi tuproq tiplaridan iborat. Podzol tuproqlar. Podzol tuproqlar asosan tayga-moxli yoki igna bargli o’rmonlar ostida shakllanadi. Podzol va gleyli-podzol tuproqlar maydoni 132mln, gektarni tashkil etadi. Podzollanish jarayonlari natijasida tuproq profilida il(loyqa) zarrachalari fraksiyalarining tarqalishida o’ziga xos qonuniyatga keladi. Odatda podzol (A ) gorizontida 0,001 mm dan kichik zarrachalar kam (15%) bo’lib, illyuvial (V) gorizontida ikki barobardan ham ko’p (36-37%) to’planadi. Podzol tuproqlarda gumus kam (1- 4%) bo’lib, uning tarkibida fulvokislota asosiy rol o’ynaydi. Podzol tuproqlarda o’simliklar uchun zarur oziq moddalar (N,P,K), miqdori ham juda kam.Bu tuproqlar ham madaniylashgan gleyli podzol,madaniy podzol va madaniy chimli podzol kabi 3 tipga bo’linadi. Chimli-karbonatli tuproqlar tarkibida kalsiy karbonat birikmalari ko’p bo’lgan (oxak,myergel va boshqa)jinslarda hosil bo’ladi va yuviladigan suv rejimi tipiga ega. Chimli-gleyli tuproqlar yuza va sizot suvlari bilan o’ta namlanadigan va tuproq yeritmasida kalsiy bo’lgan sharoitda yuzaga keladi.
MDH hududining yarmidan ko’proq (52,7%) qismini egallagan tayga-o’rmon va o’rmon-o’tloq zonasidagi chimli-podzol va podzol tuproqlar xalq xo’jaligida katta ahamiyatga ega. Podzollashgan va ayniqsa chimli podzol hamda chim-tuproqli yerlardan yeramizning 5-7 asrlarida boshlab dehqonchilikda foydalanib kelingan. Dehqonchilik uchun yaroqli yer ko’p va aholi kam bo’lganligidan o’rmonlarni kesib yoki yondirib dehqonchilik qilingan. Almashlab ekishda beda, timofeevka singari ko’p yillik o’tlardan foydalanish tuproqning barcha xossalarini yaxshilaydi va unumdorligini oshiradi. Almashlab ekish to’g’ri joriy etilgandagina dehqonchilikda yerni ishlash va o’g’itlash kabi tadbirlar yaxshi natija byerishi mumkin. Yerni ishlash bu ham chimli podzol tuproqlarning unumdorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Podzol tuproqli yerlarning ustki chirindili qatlamini qalinlashtirish uchun yerni chuqur haydash kyerak.
O’g’itlash chimli-podzol tuproqlarining agronomik xususiyatlarini yaxshilash maqsadida yerga organik va minyeral o’g’itlar solish eng muhim tadbir hisoblanadi. Yerga muntazam ravishda organik o’g’itlar go’ng, maxsus tayyorlangan torf solib turilsa, tuproq tarkibida chirindi, shuningdek azot, kaliy va fosfor ko’payadi. Ohak solish. Yerga oxak solish chimli - podzol tuproqlarining fizik kimyoviy xossalarini yaxshilaydigan, unumdorligini oshiradigan muhim agrotadbir hisoblanadi. Podzol tuproqli yerga oxak solinganda,uning kislotali holati asta-sekin yo’qola boshlaydi va tuproq yeritmasi neytral reaksiyali bo’lib qoladi. Bu agronompleks tadbirlari agrotexnika koidalariga muvofiq, to’g’ri qo’llanilganda ekinlardan mo’l hosil olish mumkin.
Botqoq tuproqlar ayniqsa o’rmon-o’tloq va tundra zonasida ko’p tarqalgan. Tundra, o’rmon-tundra tayga-o’rmon va o’rmon-o’tloq zonalardagi tuproqlarning syernam bo’lishiga, birinchidan, relef sharoitiga ko’ra yer osti suvlarning yuza joylashganligi, ikkinchidan, yog’inlarning yer betiga ko’p miqdorda to’planishi sabab bo’ladi. Shunday qilib chimli tuproq paydo bo’lish davrining yangi boskichi boshlanadi. Bu esa botqoqlanishga olib boradi. Botqoqliklar va qatlamni e’tiborga olish botqoq tuproqlarning paydo bo’lishi yerning relefiga sizot suvining satxi va kimyoviy tarkibiga, yog’ingarchilik miqdoriga, o’simlik xillari ularning almashinishiga va bir qancha faktorlarga bog’liq. G’uj poyali gallasimon o’tlar, qiyoq va moxlarning o’sishi sababi bu joyda ham quruqlikdagi botqoqlanish prosessining ayrim holatlari ketma-ket ro’y beradi va botqoq paydo bo’ladi. Botqoq tuproqlarni klassifikasiyalashda botqoqlanish prosessining biologik xususiyat-larini botqoq tuproqning tuzilishi va xossalarini, shuningdek torfning hosil bo’lishini bilish lozim. Tuzilishi. Torfli qatlamning quyi qismi to’q jigarrang yoki qoramtir bo’lib, yuqoriga tomon tusi oqaradi va zichligi kamaya boradi. Bu qatlam tagida ko’kimtir yopishqoq qatlamda qizg’ish dog’lar uchraydi. Botqoq tuproqlar ko’pchilik ekinlar uchun yaroqsizdir. Botqoq tuproqli yerlarda o’sadigan har xil yovvoyi o’simliklardan mevalar (klyukva,maroshka,golubika) tyerib olish, pichan, o’rish, savat va chiy to’qish uchun matyerial olinadi.
Qora tuproqlar o’tloqi-qora tuproqlari va sho’rtobli tuproqlar kompleksi bilan birga 191 mln ga yoki MDH xududi tuproqlarining qariyib 8,6% ini tashkil etadi. Yer sharida tarqalgan qora tuproqlarning qariyib 48,4%i mamlakatimizga to’g’ri keladi. Bundan tashqari MDH ning tog’li o’lkalari 10,5 mln ga qora tuproqlar maydoni mavjud. Qora tuproqlar tarqalgan tyerritoriyalarda asosiy tuproqlar bilan bir qatorda,o’tloq-qora tuproqlar o’rmon sur tusli tuproqlar, ba’zi provinsiyalarda, bulardan tashqari sho’rhoklar, sho’rtoblar, solodlar va botqoq ham uchraydi. Iqlimi. Yozda issiq va qishda mo’’tadil sovuq bo’lishi bilan haraktyerlanadi. Sharqiy viloyatlarda qishi sovuq va ba’zan nihoyatda qattiq bo’ladi. Ayniqsa dasht zonasida iqlimning bir xil bo’lmasligi uning o’simliklarning vegitasiya davrini harorat balan ta’minlashida, qishni harorat va tuproqda to’plangan nam miqdorining bo’lishida ifodalanadi. Relefi. Yvropa qismida asosan tekislik va ancha past-balandlikdan iborat bo’lib, bu hududa daryo vodiylari va daryo soylar, tepaliklar bilan bo’linib ketgan maydonlar ham ancha. O’simliklari o’tmishda o’rmon-dasht zonasining tabiiy o’simliklari o’rmon uchastkalari dasht o’tloqlarining almashib turishi bilan haraktyerlangan. (E.M.Lavrenko). Hozirgi o’rmon uchastkalari ham suv ayirgichlar, balkalar (daryo-soylar) va daryo tyerrasalarida saqlanib qolingan bo’lib, Yvropa qismida asosan emandan iborat keng bargli daraxtlardan tashkil topgan.
O’rmon-dasht zonasining qora tuproqlari: podzollashgan, ishqorsizlashgan va tipik qora tuproqlardan iborat bo’lib, maydoni 60,3mln gektarni tashkil etadi. Podzollashgan qora tuproqlar. Bu tipdagi qora tuproqlarning morfologik belgilaridagi eng muhim farq-ular gumusli gorizontida podzollanish jarayonining qoldiq alomatlarini ifodalovchi kremnezyomning ko’piksimon oqish sochilmalarning bo’lishidir. Tuproq profilining gumusli A gorizonti sur qizg’ish, kamdan kam to’q tusli kulrang.V gorizonti ancha och sur tusli bo’lishi bilan xaraktyerlanadi. Dasht zonasining qora tuproqlari. Dasht zonasida oddiy va janubiy qora tuproqlar tarqalgan. Bu zona qora tuproqlari sho’rtoblar kompleksi bilan 99 mln gektarni tashkil etadi. Mexanik va minyeralogik tarkibi. Qora tuproqlarning mexanik tarkibi ona jinslar tarkibiga ko’ra xilma xil. Og’ir qumoq va soz tarkibli xillari ko’p uchraydi. Кimyoviy tarkibi. Qora tuproqlar uchun uning gumusga boyligi gumusli gorizontda o’simliklar uchun zarur oziq elementlar ( N,P,S mikroele-mentlar) ning ko’p saqlanishi, tuproq profili bo’yicha minyeral qismi umumiy kimyoviy tarkibiga nisbatan ancha bir xilligini, karbonatligining illyuvial gorizontda to’planishi va shuningdek suvda oson yeruvchan tuzlardan yuvilganligi kabi xususiyatlar haraktyerli.
Fizik-kimyoviy xossalari.qora tuproqlarda gumusning ko’pligi, biogen kalsiyning intensiv harakati va boshqa sabablariga ko’ra bu tuproq yuqori singdirish kompleksi asoslar bilan to’yingan bo’lib tuproq neytral reaksiyalar va yuqori bufyerli ekanligi bilan haraktyerlanadi. Qora tuproqlarning fizik va suv-fizik xossalari asosan tuproqdagi gumus miqdorining ko’pligi,chirindili qatlamini qalinligi va strukturali holati-ning yaxshi bo’lishi bilan bevosita bog’liq. Dehqonchilikda qora tuproqlardan uzoq muddat foydalanilganda, uning xaydalma qatlamidagi suvga chidamli struktura agregatlarining miqdori, jumladan 1 mm li agronomik jihatdan qimmatli agregatlari kamayadi.
Qora tuproqlar zonasi dehqonchilikda yaxshi o’zlashtirilgan bo’lib, bu yerda aholining deyarli yarmi yashaydi. Xaydaladigan yerlarning 60% i qora tuproqlarga to’g’ri keladi va tovar g’allaning 80%i, kungaboqardir, mevaning ancha qismi shu yerda etishtiriladi. Shuning uchun ham qora tuproqlar zonasida yerda atmosfyera yog’inlari hisobiga ko’proq nam to’plashga qaratilgan kompleks tadbirlarni olib borish muhim ahamiyatga ega. Yerdan to’g’ri foydalanish o’rmon ixota daraxtzorlari barpo qilish, yerda ko’proq qor to’plash singari tadbirlar tuproqni yaxshilash imkonini beradi. Кeyingi yillarda o’rmon dasht zonasidagi ishqorsizlangan va podzollashgan qora tuproqlarni oxaklash va dasht zonasidagi sho’rtob yerlarga gips solish yo’li bilan tuproqlarning unumdorligini oshirishga katta e’tibor byerilmoqda.
Adabiyotlar:
Abdullayev X.A. O’zbekiston tuproqlari. T:,1977
Boboxo’jayev.I. Uzoqov P. Tuproqning tarkibi, xossalari va analizi.
Boboxo’jayev I. Uzoqov P. «Tuproqshunoslik» T: Mehnat 1995.
Bohodirov M. Rasulov A. «Tuproqshunoslik» T: O’qituvchi 1975.
Кaurichev I.S. Pochvovedenie M. Кolos 1989.
Peyve Ya.V Bioximiya pochv M.Selxozgiz 1949.
Rasulov .M. Irmatov I. Tuproqshunoslik, dehqonchilik asoslari bilan T. O’qituvchi 1980
Do'stlaringiz bilan baham: |