e’tibor qilish lozimki, ota-onalik huquqi bolalar manfaatlariga zid tarzda
amalga oshirilishi mumkin emas (Oila kodeksini 75-moddasining 1-bandi).
Ota yoki ona tomonidan voyaga yetmagan bolani tilamchilikka,
spirtli ichimliklar iste’mol qilishga, giyohvandlik yoki psixotrop
hisoblanmagan, lekin kishining aql-idrokiga ta’sir qiladigan vosita va
moddalarni iste’mol etishga jalb qilish, shunday harakatlar uchun
ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin yana sodir etilgan bo‘lsa, jinoiy
oqibatni keltirib chiqaradi (Jinoyat kodeksi 127-moddasining 1-bandi).
Ota-onalarning javobgarligi oila qonunchiligi normalari asosida ham
vujudga kelishi mumkin. Ma’lum shartlarning mavjud bo‘lishi ota-onani
ota-onalik huquqidan mahrum etish uchun asos bo‘lishi mumkin (Oila
kodeksini 79-moddasiga qarang).
Oila kodeksining 75-moddasi 4-qismiga muvofiq, bolalarning ta’lim-
tarbiyasiga taalluqli barcha masalalar bolalar manfaatidan kelib chiqadi va
ularning fikrini hisobga olgan holda ota-ona tomonidan o‘zaro kelishuv
asosida hal etiladi. Agar ota-ona o‘rtasida kelishmovchiliklar mavjud
bo‘lsa, ular (ulardan biri) bu kelishmovchiliklarni hal qilish uchun vasiylik
va homiylik organiga yoki sudga murojaat qilishga haqlidir.
Ota-onalik huquqlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun bolalar
o‘zlarining ota-onalari yoki ulardan biri bilan yashashlari maqsadga
muvofiq hisoblanadi. Agar ota-onalar alohida yashasalar, bolaning yashash
joyi ota-onalarning kelishuvi bilan hal qilinadi. Agar ota-onalar o‘rtasida
kelishuv bo‘lmasa, u holda nizo bolalar manfaatlaridan kelib chiqib,
ularning fikrini hisobga olgan holda hal etiladi. Bunda sud bolaning ota-
onadan, aka-uka, opa-singillaridan qaysi biriga bog‘lanib qolganligini,
bolaning yoshini, ota-onasining axloqiy va boshqa shaxsiy fazilatlarini,
ota-onaning har biri bilan bola o‘rtasidagi munosabatlarni, bolani
tarbiyalash va uning kamoloti uchun shart-sharoitlar (ota-onasining
mashg‘ulot turi, ish tartibi, moddiy hamda oilaviy ahvoli va boshqalar)
yaratish imkoniyatini hisobga oladi.
Boladan alohida yashayotgan ota (ona)ning ota-onalik huquqini
amalga oshirishi. Oila kodeksining 76-moddasida boladan alohida
yashayotgan ota (ona)ning ota-onalik huquqini amalga oshirishning asosiy
tamoyillari mustahkamlangan. Boladan alohida yashayotgan ota (ona) bola
bilan ko‘rishishi, uning tarbiyasida ishtirok etish va ta’lim olish masalasini
hal etishda qatnashish huquqiga ega.
Oila kodeksining 79-moddasiga binoan, ota-ona o‘zlarining ota-
onalik majburiyatlarini bajarmasalar, ular ota-onalik huquqidan mahrum
etiladilar. Ota-onalik huquqidan mahrum etish so‘nggi chora bo‘lib
hisoblanadi. Ota-onalik huquqidan mahrum qilish ularga ta’sir qiladigan
hamma chora-tadbirlar tegishli natija bermaganidan so‘ng qo‘llaniladi.
Oila kodeksining 79-moddasida ota-onalik huquqidan mahrum qilish
asoslari doirasi sanab o‘tilgan.Amaldagi Oila kodeksining 80-moddasi ota-onalik huquqidan
mahrum qilish tartibini belgilaydi.Oila kodeksining 96-moddasiga binoan, ota-ona voyaga
yetmagan
bolalariga to ular 18 yoshga to‘lgunga qadar aliment to‘lashlari shart.
Ushbu modda ota-onaning faqat voyaga yetmagan bolalarga nisbatangina
ta’minot berish majburiyatlariga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘z bolalarini
moddiy jihatdan ta’minlash majburiyatini anglatadi. Bu majburiyat
bolaning iste’moli uchun oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, turli xil
Do'stlaringiz bilan baham: |