tug‘ilgan daqiqasidan boshlab ism bilan atalish va fuqarolikka ega bo‘lish,
shuningdek, iloji boricha, o‘z ota-onasini bilish va ularning
g‘amxo‘rliklaridan bahramand bo‘lish huquqini olishga haqli hisoblanadi”,
-deb belgilangan.
Oila kodeksining 60-moddasida bolaning shu onadan tug‘ilganligi
(onalik) Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organi tomonidan
tibbiy muassasaning hujjatlariga ko‘ra, bola tibbiy muassasada
tug‘ilmagan holda esa, boshqa dalillarga asosan belgilanadi.
Oila kodeksi 61-moddasining 3-qismiga asosan, bolaning otasi sud
tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa, vasiylik va
homiylik organining ruxsati bilan, otalikni belgilash to‘g‘risidagi arizani
uning nomidan vasiysi berishi mumkin.
Otalikni belgilash to‘g‘risidagi ariza bolaning tug‘ilganligini qayd
etish vaqtida, shuningdek, bola tug‘ilganligi qayd etilgandan keyin ham
berilishi mumkin.
Otalikni belgilash rad etilganda, o‘zini bolaning otasi deb tan olgan
shaxs sudga shikoyat qilishi mumkin.
Otalikni sud tartibida belgilash. Otalik hamma vaqt ham ixtiyoriy
ravishda belgilanavermaydi. Nikohsiz tug‘ilgan bolaning otasi undan voz
kechib, otalikni qayd etishni inkor etadigan hollar ham bo‘ladi. Bunday
holatda bolalar manfaatini himoya qilib, sud tartibida otalikni belgilashga
yo‘l qo‘yiladi. Oila kodeksining 62-moddasiga binoan otalikni sud
tartibida belgilash ota-onadan birining yoki bolaning vasiysi (homiysi)ning
yoxud bola kimning qaramog‘ida bo‘lsa, shu shaxsning arizasiga,
shuningdek, bola voyaga yetganidan keyin uning o‘zi bergan arizasiga
muvofiq amalga oshiriladi.
Bolalar huquqi deyilganda Oila kodeksi, Birlashgan Millatlar
Tashkilotining “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyasida ifodalangan
qoidalar tushuniladi. Voyaga yetmaganlarning shaxsiy huquqlari birinchi
darajadagi va mustaqil quyidagi shaxsiy huquqlarga bo‘lish mumkin:
oilada yashash va tarbiyalanish huquqi; ota-onasi va boshqa qarindoshlari
bilan ko‘rishish huquqi; o‘zini himoya qilishga bo‘lgan huquqi; o‘z fikrini
erkin ifoda etish huquqi; ism, ota ismi va familiya olish huquqi.
Sanab o‘tilgan huquqlar Oila kodeksining XI-bobida belgilangan
bo‘lib, davlat o‘z navbatida, birinchidan, ularning ahamiyatini ko‘rsatadi ikkinchidan, ularning
amalga oshirilishini kafolatlaydi. Ammo, voyaga
yetmaganlarning har qanday shaxsiy huquqlari o‘z mazmuniga ega bo‘lib,
Oila kodeksining tegishli moddalarida aniq ifodalangan.
Oila kodeksining 65-moddasida belgilangan bolaning yashash va
tarbiyalanish huquqi, avvalo, bola o‘z ota-onasi bilan birga yashashi
imkoniyatini anglatadi.
Fuqarolik kodeksining 21-moddasiga binoan, o‘n to‘rt yoshga
to‘lmagan voyaga yetmaganlarning (kichik yoshdagi bolalarning) yoki
vasiylikda bo‘lgan fuqarolarning qonuniy vakillari – ota-onalari,
farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari yashaydigan joy voyaga
yetmaganlar yoki vasiylikda bo‘lgan fuqarolarning yashash joyi
hisoblanadi.
Oila kodeksi 66-moddasi birinchi qismiga binoan, bola otasi, onasi,
bobosi, buvisi, aka-ukalari, opa-singillari va boshqa qarindoshlari bilan
ko‘rishish huquqiga ega. Ota-onasining nikohdan ajralishi, nikohning
haqiqiy emas deb topilishi yoki ota-onaning alohida-alohida yashashi
bunga ta’sir etmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 37-moddasi
voyaga yetmagan mahkumlarga yaqin qarindoshlari bilan har oyda bir
Do'stlaringiz bilan baham: |