Oila huquqi



Download 156,64 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana20.07.2022
Hajmi156,64 Kb.
#826342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
OILA HUQUQI

1998-yil 30-aprelda
birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining o‘n birinchi sessiyasida qabul qilinib,
1998-yil 1-sentyabr
dan
amalga kiritildi.
Oila kodeksi – 8 bo‘lim, 30 bob, 238 modda
ni o‘z ichiga qamrab
olgan.
Oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinmagan oila
a’zolari o‘rtasidagi mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlarga nisbatan
fuqarolik qonun hujjatlari oilaviy munosabatlarning mohiyatiga zid
kelmagan taqdirdagina qo‘llaniladi.
Qonun hujjatlarida oilaviy munosabatlarni tartibga solishga oid
tegishli normalar bo‘lmagan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining
qonun hujjatlari tamoyillariga zid bo‘lmagan mahalliy urf-odat va
an’analar qo‘llaniladi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida
O‘zbekiston Respublikasining oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagidan
boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari
qo‘llaniladi.
Shu bilan birga, oila huquqining manbalari bo‘lib, O‘zbekiston
Respublikasining Fuqarolik, Uy-joy, Mehnat, Yer, Soliq, Fuqarolik
protsessual kodekslari hisoblanadi.


O‘zbekiston Respublikasining “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi,
“Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonunlari va bir qator qonunosti
hujjatlari oila huquqining manbasi sifatida oilaviy huquqiy munosabatlarni
tartibga solish vazifasini bajaradi.
Eramiz boshlaridan to X-XI asarlarga qadar yozilgan ana shunday
noyob so‘g‘d yozma yodgorliklari bizgacha yetib kelgan. Panjikent
yaqinidagi Mug‘ tog‘i tepasidagi qadimgi qasr xarobasidan 80 ga yaqin
so‘g‘d hujjatlari topilgan. VII asr oxiri ─ VIII asr boshlariga oid bu
hujjatlar So‘g‘d arxivi deb yuritiladi. Ular orasida tadqiqotchilar
tomonidan shartli ravishda “Nov. 3” (Navekat nomli shaharda tuzilgan
hujjat bo‘lgani uchun) deb belgilangan so‘g‘dcha nikoh guvohnomasi,
“Nov. 4” deb belgilangan kuyovning kelin tomon oldidagi majburiyatlari
bayon etilgan ikki hujjat bor. Mazkur hujjatlar qadim va ilk o‘rta asrlardagi
O‘zbekiston xalqlarining nikoh-oila va u bilan bog‘liq mulkchilik va
boshqa ijtimoiy munosabatlari to‘g‘risida hikoya qiluvchi muhim
yodgorlikdir.
Islom dini Turkiston o‘lkasida yoyilgandan keyin nikoh-oila huquqiy
munosabatlari Qur’oni Karim, Shariat1 va Odat qoidalari, shuningdek,
payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) ning hadislari bilan tartibga solingan.
Shariat – bu kishilar amal qilishi uchun islom dini tarafidan
buyurilgan hukmlar va nizomlardir. Shariat hukmlarini bilib olish har bir
mo‘min-musulmon uchun farz hisoblanadi.
Odat qoidalari, asosan, ko‘chmanchi xalqlarga tatbiq etilgan.
Odat Turkiston o‘lkasida ko‘chmanchi xalqlar (qozoqlar,
qirg‘izlar)da nikoh-oila munosabatlarining asosi hisoblangan. Qozoqlarda
bir xil huquqiy masalalar mazmuniga ko‘ra har xil asosda hal qilinishi
bo‘yicha odat shariat normalaridan ajralib turgan. Odat huquqida turli
tushunchalar bo‘lgan. Masalan, “Baranta”. Bu kelinning ota-onasiga tegishli bo‘lgan chorva
mollarni zo‘rovonlik bilan haydab ketishdir.
“Alengerlik” – qozoq xalqining odat huquqiga asosan juda og‘ir amal.
Alengerlik – bu beva qolgan xotinning erning aka-ukalaridan biriga,
qarindoshlariga yoki urug‘iga erga chiqish majburiyati. Bevalik
boshlangandan keyin bir yil o‘tgach, mazkur bevaga uylanish huquqiga
ega bo‘lgan nomzod o‘z huquqidan foydalanishga kirishishi mumkin
bo‘lgan. Alengerlik odatini bajarishdan bosh tortgan beva bolalaridan,
chorvasidan, mol-mulkidan mahrum etilib, shundan so‘nggina u o‘z
xohishi bo‘yicha erga tegishi mumkin bo‘lgan. Bu qoidalar o‘troq aholi
o‘rtasida keng tarqalmagan.
Shariat qoidalarining o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, unda
islom dini qoidalari davlat huquqiy normalarida mujassamlashadi.
Musulmon huquqining hamma sohalari, shu bilan birga, nikoh, qon-
qarindoshlik, taloq masalalarini qamrab olgan manbalardan biri “Hidoya”
asari (to‘liq nomi “Hidoya fifuru’al-fiqh” – “Fiqh sohalari bo‘yicha
yo‘llanmasi”) dir.
Bu qo‘llanma to‘rt jildlik, 57 kitob, 165-bob, 152-fasldan iborat
bo‘lib, uning muallifi marg‘ilonlik Ali ibn Abu Bakr al-Farg‘oniy al-
Rishtoniy Burhoniddin Marg‘inoniydir. U zot 1197-yilda vafot etgan
bo‘lib, uning mazkur asarida islomning qator masalalari bilan huquqiy va


axloqiy me’yorlar, nikoh va oila masalalari bilan bog‘liq bo‘lgan qoidalar
hamda jinoyat va jazoga oid tatbiq etish lozim bo‘ladigan choralar batafsil
yoritilgan. Bulardan tashqari, bu qonun-qoidalar majmuasida mulkiy va
moliyaviy munosabatlar, fuqarolik huquqiga, fuqarolik jarayoni huquqiga
va boshqa masalalarga o‘rin berilgan.
Hanafiya mazhabi xulosalariga asoslangan bu asardagi qoidalar ham
shu mazhab qonunlari kabi nisbatan yumshoqroq va qulayroqligi,
xalqlarning mahalliy an’analari e’tiborga olinganligi sababli, u aksariyat
musulmon davlatlarida keng yoyilgan, chunonchi, qozi (sudya)lar
muomala munosabatlaridan kelib chiqadigan (fuqarolik, nikoh, oila) va
boshqa nizoli ishlarni ko‘rib hal etishda boshqa manbalar bilan bir qatorda
“Hidoya”dan ham unumli foydalanishgan.
Nikoh-oila munosabatlarini tartibga solishda XII asr davomida
Turkiston hududida amalda bo‘lgan diniy huquqiy tizim – shariat,
musulmon huquqi normalari, hadislarning roli juda katta bo‘lgan. Imom
al-Buxoriyning “Al-Adab al-mufrad” (“Adab durdonalari”) nomli hadislar
to‘plami shular jumlasiga kiradi. To‘plamda olti yuz hadis ikki yuz oltmish
yetti bobga jamlangan bo‘lib, unda ota-onani e’zozlash, kattaga hurmatda,
kichikka izzatda bo‘lish, qo‘shnichilik, insoniylik va mehr-shafqatlilik, saxiylik va baxillik,
yolg‘onchilik, chaqimchilik va maqtanchoqlik,
isrofgarchilik va johillik, sharm-hayo va uyatchanlik kabi qator husni odob
va go‘zal xulq qoidalari yoritilgan.
Ma’rifatchi olim Rizouddin ibn Faxruddin XIX asrning oxirlaridan
boshlab Sharq tarixi va madaniyati hamda ta’lim-tarbiyaga oid o‘nlab
asarlar yozgan. U musulmon qonunshunosligi - fiqhga oid asar ham
yozgan. Bu borada uning “Qavoidi fiqhiya” - “Fiqh qoidalari” asarini
(Qozon, 1910) eslab o‘tishning o‘zi kifoya. Asrimizning boshlarida
yozilgan “Oila” asarida odob-axloq, oila masalasiga ko‘p e’tibor qaratadi.
Ma’lum bo‘lishicha, u mazkur asarida ta’lim-tarbiya sohasiga alohida
urg‘u bergan; ota-onaning vazifasi, muallim burchi, ayniqsa, xotinlar
vazifasi keng yoritilib, bola tarbiyasida xotinlarning o‘rni muhim
ekanligiga muallif katta ahamiyat beradi. Uning mulohazasiga ko‘ra,
yaxshi xotin bolalarini ham yaxshi tarbiyalay oladi. U: “Xotinlar birinchi
navbatda murabbiydirlar, xotinning oila tebratishi murabbiylik xamiridan
patir qilish-u, uning tandirida o‘sha patirni yopish degan so‘z”, - deydi.
“Oila” asari bir necha bor qayta nashr etilgan va ko‘pchilikning
diqqatiga sazovor bo‘lgan.
Nikoh-oila munosabatlarini tartibga solishda olim Ahmadhoji
Maqsudiyning 1912-yilda maktab-madrasalar talabalari va barcha mo‘min-
musulmonlar uchun qo‘llanma sifatida chop etilgan “Shar’iy hukmlar
to‘plami” muhim ahamiyatga ega. U tatar tilda yozilgan kitobdan tarjima
qilingan. Shuningdek, Al-Hakim At-Termiziy ham axloq, nikoh va oila
masalalariga bag‘ishlab bir qator asarlar yaratgan. Uning “Solnoma”,
“Najot” (”To‘g‘ri yo‘l”), “Navodirul usul”, “Kitob al-furuq va man’ ut-
tarozuf” singari o‘lmas asarlari shular jumlasidandir.
Bu manbalar o‘z davrida nikoh-oila munosabatlarini tartibga solishga
qaratilgan qoidalardan iborat bo‘lib, diniy aqidalarga asoslangan edi.
Xorijiy mamlakatlar qonunchiligida oilaviy munosabatlarining


tartibga solinishi
Oilaviy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan xorijiy
mamlakatlarning moddiy-huquqiy qonunchiligi o‘ziga xos va rang-
barangdir.
Qit’a huquq tizimiga mansub davlatlarda (Germaniya, Shvetsariya,
Fransiya) oila munosabatlarini huquqiy tartibga solish manbalari bo‘lib
Fuqarolik kodekslarining maxsus bo‘limlari xizmat qiladi. Masalan,
Germaniya Fuqarolik tuzuklarining 4-kitobi “Oila

Download 156,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish