Oila huquqi


huquqi” deb nomlanadi va uning



Download 156,64 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana20.07.2022
Hajmi156,64 Kb.
#826342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
OILA HUQUQI

huquqi” deb nomlanadi va uning
1297-1921-paragriflaridagi normalar
bevosita oila
munosabatlarini tartibga solishga bag‘ishlangan. Anglo-sakson huquq
tizimiga oid mamlakatlarda esa oila munosabatlari alohida normativ-
huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Xususan, Angliyada oila
munosabatlarni tartibga solishning asosiy manbasi 1949-yilda qabul
qilingan “Nikoh to‘g‘risida”gi Qonun hisoblanadi. Mazkur qonun u qabul
qilingunicha amalda bo‘lgan 40 ta normativ-huquqiy hujjatni birlashtirish
yo‘li bilan ishlab chiqilgan. Shu bilan birga, anglo-sakson huquq tizimiga
oid mamlakatlarda aliment undirish, otalikni sud yo‘li bilan belgilash,
vasiylik tayinlash alohida qonunlar bilan tartibga solinadi. AQShda oila
huquqi nihoyatda rangbaranglik kasb etadi. Chunki oila munosabatlarini
tartibga solish shtatlarning vakolatlariga tegishlidir.
Oila kodeksida, agar uzrli sabablar bo‘lganida, alohida hollarda
tuman, shahar hokimining qaroriga ko‘ra, nikoh yoshi ko‘pi bilan bir yilga
kamaytirilishini quyidagicha asoslash mumkin:
Oila kodeksining 15-moddasi, 2-qismida
”uzrli sabablar bo‘lganida,
alohida hollarda (homiladorlik, bola tug‘ilishi, voyaga yetmagan shaxsning
to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi (emansipatsiya), nikohga
kirishni xohlovchilarning iltimosiga ko‘ra nikoh davlat ro‘yxatidan
o‘tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko‘pi bilan bir
yilga kamaytirishi mumkin” ligi belgilangan.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga kiruvchi davlatlarning Oila
kodekslarida nikoh yoshi turlicha qilib belgilanganligini ko‘rish mumkin.
Masalan, Rossiya Federatsiyasida belgilangan nikoh yoshi (o‘n sakkiz)ni
ikki yoshga kamaytirish vakolati qonunda ko‘rsatilgan tegishli idoralarga
berilgan.
Ayrim xorijiy mamlakatlarda, masalan, Polsha Respublikasida nikoh
yoshi erkaklar uchun yigirma bir yosh, ayollar uchun o‘n sakkiz yosh;
Ruminiya Respublikasida ayollar uchun o‘n olti; Xitoy Xalq
Respublikasida esa ayollar yigirma yoshdan, erkaklar yigirma ikki
yoshdan nikoh tuzishga haqli ekanliklari normalanadi.
Xorijiy mamlakatlar qonunchiligida nikoh tuzish prinsipi masalasi
o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turganligi yaqqol ko‘rinib turibdi.
Demak, nikoh yoshining qisqartirilishi tufayli oila qurgan er-xotin
to‘la muomala layoqatiga ega bo‘lgan hisoblanib, fuqarolik huquqiy
munosabatlardan kelib chiqadigan holatlarda ishlarda tegishli huquq va
majburiyatlarga ega bo‘ladilar.
Nikoh yoshini qisqartirish to‘g‘risidagi qoidaning yana bir yangi
jihatlari shundaki, nikohlanuvchilarga xohlagan davlat ro‘yxatidan
o‘tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimiga murojaat qilish huquqini


bermaydi, balki nikoh davlat ro‘yxatidan qayerda o‘tkaziladigan bo‘lsa,
shu joydagi tuman, shahar hokimiga murojaat etish huquqini beradi. Bu
qoida amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, suiiste’molchiliklar yoki turli asossiz
harakatlarning oldini olishga imkon beradi. Nikoh tuzish shartlariga rioya qilinmasdan
tuzilgan nikoh haqiqiy
emas deb hisoblashdan tashqari, qonunni buzgan shaxslarni jinoiy
javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi. Mazkur holat Jinoyat kodeksining
126-moddasida ko‘rsatilgan ko‘p xotinlik, ya’ni umumiy ro‘zg‘or asosida
ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashash eng kam ish
haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum
etish bilan jazolanishi kabi oqibatlarga olib kelishi belgilangan.
Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar qatoriga qonun nasl-nasab
shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va
o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, shuningdek, farzandlikka
oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasidagi munosabatlarni
kiritgan.
Ayrim MDH davlatlarining Oila kodekslarida (Ozarbayjon, Belorus
respublikalari) agar qiz va o‘g‘il bolalarning onalari boshqa-boshqa bo‘lib nikohdan
o‘tmagan, otasi bir bo‘lsa-yu, ularning otaligi sud tartibida begilangan bo‘lmasa
ham ularning nikoh tuzishiga qonun yo‘l qo‘ymagan, chunki unda ota qoni bir
ekanligi nazarda tutilgan.
Nikoh tuzishga monelik qiladigan hollardan yana biri,
nikohlanuvchilardan birining loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy
kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz
deb topilgan bo‘lsa, nikoh tuzishga yo‘l qo‘yilmasligi Oila kodeksining
16-moddasi 3-qismida o‘z ifodasini topgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
14-yanvardagi 18-son qaroriga 2-ilova bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston
Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi to‘g‘risida”gi nizomga binoan,
mazkur organlar asosan aholi salomatligini saqlash va yaxshilashni,sog‘lom avlodni
tarbiyalash uchun shart-sharoitlarni shakllantirishni,
profilaktik sog‘liqni saqlashni rivojlantirishni, sog‘lom turmush tarzini
keng ommalashtirishni ta’minlovchi davlat siyosatini amalga oshiradi.

Download 156,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish