Odilqoriyev X. T



Download 1,16 Mb.
bet273/370
Sana01.01.2022
Hajmi1,16 Mb.
#297353
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   370
Bog'liq
777 (1)

Birinchi shakl huquq normasi talablariga rioya etish. Bu yerda taqiqlovchi va muhofaza qiluvchi normalar amalga oshadi. Rioya etish amalga oshirishning bir shakli bo‘lib, u subyektlarning yuridik taqiqlarga mos ravishda ish ko‘rishida ifodalanadi. Bu shaklga subyektlarning passiv xulq-atvori xosdir. Ular yuridik normalar bilan man etilgan harakatlarni bajarmaydi, ya’ni o‘zlariga yuklangan passiv majburiyatlarni bajaradilar. Muhofaza qiluvchi normalarning barchasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilmasa-da, norma ma’nosidan mantiqan kelib chiquvchi taqiq ifodalanadi: agar biron-bir harakat uchun norma sanksiyasida yuridik javobgarlik nazarda tutilgan bo‘lsa, o‘z-o‘zidan ravshanki, bunday ha- rakatni qonun chiqaruvchi organ man etgan. Masalan, bunday taqiqlar Jinoyat
kodeksi Maxsus qismi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks Maxsus qismi normalari bilan belgilangan.

Ikkinchi shakl majburiyatlarni bajarish. Bajarish huquqni amalga oshirishning shunday bir shakliki, u huquqiy qoidaning bajarilishida ifodala- nadi. Amalga oshirishning mazkur shaklida subyektlar xulq-atvori faol xu- susiyatga ega bo‘ladi: ular yuridik normalar bilan belgilangan harakatlar sodir etadi, ya’ni o‘zlariga yuklangan faol harakat qilish majburiyatlarini bajaradilar. Mas’uliyatni nazarda tutuvchi majburiyat yuklovchi normalarni amalga oshirish uchun faol xulq-atvor, chunonchi: soliq to‘lash, xaridorga mahsulot yetkazib berish, mehnat shartnomasi bo‘yicha ishni bajarish kabilar talab etiladi.

Uchinchi shakl subyektiv huquqdan foydalanish. Dispozitsiyalarida subyektiv huquqlar nazarda tutilgan vakolat beruvchi normalar shu shaklda amalga oshiriladi. Foydalanish amalga oshirishning shunday bir shakliki, u berilgan ruxsatlardan kelib chiquvchi imkoniyatlarni amalga oshirishda ifo- dalanadi. Subyektlarning faol xulq-atvori bu shaklga xos xususiyatdir. Ayni holda subyektiv huquqlar, o‘z faol xulq-atvori, huquq orqali berilgan yuridik imkoniyatlardan foydalanish huquqlari (masalan, himoyalanish huquqi, mulk obyektlarini yuridik jihatdan tasarruf etish huquqi, saylov huquqidan foydala- nish) to‘g‘risida so‘z yuritilmoqda. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi FKning 164-moddasida shunday deyilgan: «Mulk huquqi shaxsning o‘ziga qarashli mol- mulkka o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilish, undan foy- dalanish va uni tasarruf etishdan iboratdir». Subyektiv huquq ham faol, ham passiv xulq-atvorni nazarda tutadi. Subyekt o‘z huquqidan foydalanishdan bosh tortsa, o‘zini passiv tutadi. Subyektiv huquq vakolatli shaxsning o‘z harakatlari orqali (ashyo egasi undan ashyoning bevosita vazifasiga ko‘ra foydalanadi), yuridik harakatlarni amalga oshirish yo‘li bilan (ashyoni garovga berish, uni hadya qilish, sotish va hokazo), majburiyat olgan shaxsga talab qo‘yish orqali (qarzdordan qarzni qaytarishni talab qilish) va da’vo shaklida, ya’ni vakolatli davlat organiga poymol etilgan huquqini himoya qilishni so‘rab murojaat etish yo‘li bilan (agar qarzdor qarzni qaytarishdan bosh tortsa, qarz beruvchi qarzini majburiy tarzda undirishni so‘rab sudga murojaat etadi) amalga oshirilishi mumkin.

To‘rtinchi shakl – huquqni qo‘llash. Huquqni qo‘llash uchun vakolatli davlat organlari, mansabdor shaxslar, vakolat berilgan nodavlat-notijorat tash- kilotlar tomonidan huquq normasida, qonunda mujassamlangan imperativ ta- labni, yuridik qoidani hayotga joriy qilish lozim bo‘ladi. Huquqni qo‘llash alo- hida hokimiyat mazmuniga ega faoliyat hisoblanadi. Bu faoliyat uyushtiruvchi, tashkil etuvchi xususiyatga ega. U faol xatti-harakat orqali sodir etiladi.
Huquqni amalga oshirish to‘g‘risida eng aniq ma’noda bajarish shakli bilan bog‘liq holda so‘z yuritish mumkin. Huquqni amalga oshirishning qolgan ikki shakli (foydalanish va rioya etish)ga kelsak, bu yerda huquqni amalga oshirish haqidagi umumiy qoidalar aniqlik kiritishga va hatto eslatmalarga, izohlarga muhtojdir. Avvalambor, ko‘rsatilgan bu ikki shaklga birlikda, uyg‘unlikda va tartibga solish turiga ko‘ra qaralishi lozim. Foydalanishda doim rioya etish ham bo‘ladi: umumiy ruxsat beruvchi huquqiy tartibga solishda – muayyan man etuvchi normalarni buzmaslik tarzida, ruxsat beruvchi tartibga solishda – sub- yektiv huquq belgilagan xulq-atvor chegarasiga qat’iy rioya qilish, bu chega- radan chetga chiquvchi harakatlar sodir etmaslik tarzida namoyon bo‘ladi.

Binobarin, eng muhimi bunda emas. Umumiy ruxsat beruvchi huquqiy tartibga solishda ham, aniq ruxsat beruvchi tartibga solishda ham vakolatli subyekt faol harakat qiladi. Bu faol xulq-atvorga faqat shartli ravishda huquqni amalga oshirish sifatida qaralishi mumkin. Subyektlarning faol xulq-atvorida asosan ijtimoiy hayotning obyektiv belgilangan ehtiyojlariga asoslangan mod- diy, siyosiy, ma’naviy va boshqa manfaatlar amalga oshadi. Tegishli – vakolat beruvchi va man etuvchi yuridik normalarni, shuningdek umumiy ruxsat va taqiqlarni amalga oshirish esa, amalda namunaviy konstruksiyalar, umumiy va mutlaq huquqiy munosabatlarning yaratilishi va subyektlarning ularga muvofiq ijtimoiy ehtiyojlari bilan belgilangan o‘z faol xulq-atvorini amalga oshirishidan iborat bo‘ladi.

Huquqni amalga oshirish aksariyat hollarda davlat va uning organlari ishtirokisiz yuz beradi. Fuqarolar va tashkilotlar o‘z ixtiyori bilan, majburlovsiz, o‘zaro kelishuvga ko‘ra huquqiy munosabatlarga kirishadilar va bu munosabat- lar doirasida subyektiv huquqlardan foydalanadilar, majburiyatlarni bajaradilar va qonunda belgilangan taqiqlarga rioya qiladilar. Shu bilan birga, ayrim hol- larda, davlatning aralashuviga zarurat tug‘iladi, bunday aralashuvsiz huquqni amalga oshirish mumkin bo‘lmaydi. Huquqiy tartibga solish jarayoniga uning yakunlovchi bosqichida huquqni qo‘llash maydonga chiqadi.

Huquqni qo‘llashning zaruriyati quyidagilar bilan izohlanadi:




Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish